Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2001 08.01.1993 yildagi PF-538-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2001
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON AVTOMOBIL TRANSPORTI (“OʻZAVTOTRANS”) DAVLAT AKSIONERLIK KORPORATSIYASI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-iyundagi PF-2871-son “Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chiqarish va boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida respublika avtomobil transporti boshqaruvi tizimini takomillashtirish, mustaqilligini kengaytirish va avtotransport korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi tugatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning umumiy foydalinishdagi avtomobil transporti tizimi birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari mehnat jamoalarining ixtiyoriy asosda Oʻzbekiston avtomobil transporti (“Oʻzavtotrans”) davlat aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklar va yoʻlovchilarni avtomobillarda tashishni taʼminlovchi davlat, aksionerlik, jamoa, ijara hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarni aksionerlik prinsiplari asosida birlashtiruvchi yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektdir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, korporatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining roziligi bilan taʼsischilar yigʻilishi tasdiqlangan Nizomi asosida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv, ishlab chiqarish —xoʻjalik, moliyaviy va ijtimoiy faoliyat masalalarini vakil qilingan taʼsischilarining huquqlarini hisobga olib oʻz-oʻzini boshqaruv va toʻla xoʻjalik hisobi prinsiplari asosida mustaqil hal etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporatsiya tarkibiga kiruvchi davlat korxonalari va tashkilotlarini boshqaradi, ularni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni va mehnat jamoalarining manfaatlarini hisobga olib belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Oʻzbekiston avtomobil transporti davlat aksionerlik korporatsiyasi faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika xalq xoʻjaligining va aholisining yuk hamda yoʻlovchilar tashishga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻlaroq taʼminlash uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil transportini butun choralar bilan rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha mulkchilik shaklidagi umumiy foydalanishda boʻlgan avtomobil transporti birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining shaharlarda, shaharlararo va xalqaro yuk hamda yoʻlovchilar tashishni amalga oshirishda, respublika aholisiga, korxonalari va tashkilotlariga transport-ekspeditsiya xizmati koʻrsatishda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti tizimida zamonaviy avtotransport texnikasini va yuk tashish texnalogiyasini joriy etishni, avtomobillar va korxonalardan samarali foydalanishni, aholiga transport xizmati koʻrsatish darajasini oshirishni taʼminlaydigan yagona ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korporatsiyaga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga bozor munosabatlariga oʻtishda, ularni aksionerlik, jamoa, ijara va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga oʻtkazishda koʻmaklashish, ularga axborot va maslahat xizmatlari koʻrsatish, malakali kadrlar tayyorlashda yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy munosabatlarning yangi ilgʻor shakllarini rivojlantirish, korporatsiya korxonalari va tashkilotlari bilan boshqa mamlakatlardagi sheriklar oʻrtasida bevosita ishlab chiqarish hamda ilmiy-texnikaviy aloqalar oʻrnatishga faol koʻmaklashish, ular bilan birga qoʻshma korxonalar va xalqaro birlashmalar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Oʻzbekiston avtomobil transporti (“Oʻzavtotrans”) davlat aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish masalalari va uning faoliyatiga doir qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 8-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-538-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 2-son, 85-modda)