O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING
Qarori
IShLOVChI PENSIONERLARGA PENSIYA TO‘LASh TO‘G‘RISIDAGI TARTIBNI HAMDA UNGA KIRITILGAN O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALARNI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 198-2]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 559-modda) farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 562-modda), 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 563-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladilar:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan tasdiqlangan Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi (ro‘yxat raqami 198, 1995-yil 20-dekabr);
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan tasdiqlangan Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash tartibiga qo‘shimcha (ro‘yxat raqami 214, 1996-yil 4-yanvar);
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini Ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining 2005-yil 6-iyuldagi 103, 361, 3/3-413a hamda 80-son “Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 198-1, 2005-yil 20-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 218-modda).
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-mart,
4-P-son
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-mart,
1-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-mart,
25-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-mart,
125-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2011-yil 30-mart
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 18-son, 184-modda)