Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.2019 30.04.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2222
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 30.04.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2222
Kuchga kirish sanasi
10.05.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.08.2019
Hujjat 17.02.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 30-aprelda 2222-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respubliksi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 31-iyuldagi 87, 62, 24, 21-qq, 15 va 01-02/5-49-sonli ““Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2222-5, 06.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-noyabrdagi PF-1289-son “Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 239-modda), 1998-yil 23-apreldagi PF-1990-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 65-modda), 2004-yil 7-dekabrdagi PF-3521-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimlarida ishlovchi ayollarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 48-49-son, 493-modda), 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda) farmonlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 563-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati hamda Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DOʻSANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01-02/5-31-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2011-yil 30-martdagi 27, 26, 2, 84, 126, 01-02/5-31-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 338-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-noyabrdagi PF-1289-son “Ishlayotgan pensionyerlarga pensiya toʻlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 239-modda), 1998-yil 23-apreldagi PF-1990-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 65-modda), 2004-yil 7-dekabrdagi PF-3521-son “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimlarida ishlovchi ayollarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 48-49-son, 493-modda), 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 559-modda) farmonlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 563-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagi toifadagi ishlovchi pensionyerlarga pensiyalar toʻliq miqdorda (100 foiz) toʻlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) urush nogironlari va qatnashchilariga, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslarga. Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 37-son, 377-modda) qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1 va 2-ilovalarida belgilab berilgan;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 31-avgustdagi 66, 30, 10, 227, 98, 01-02/5-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2222-1, 03.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 40-son, 472-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy xizmatni oʻtagan yoki front orqasida ishlagan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) I va II guruh nogironlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolar. Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan fuqarolar doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-apreldagi 170-sonli “Chernobil halokatidan ziyon koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash haqida”gi qarorida belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) fuqarolar yigʻinlari va mahallalarning raislariga;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya boʻyicha maslahatchi lavozimlarida ishlovchi pensioner ayollarga — yoshga doir pensiyani olganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining barcha xodimlariga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qolgan barcha ishlovchi pensionyerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50 foiz miqdorida pensiyalar toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. 2014-yil 1-yanvaridan boshlab fuqarolik-huquqiy tarzidagi shartnomalar boʻyicha ishlaydigan va qonun hujjatlari bilan belgilangan yoshga doir pensiyalarning minimal miqdoridan past daromad (gonorar, mukofot va boshqalar) oladigan pensionyerlarga pensiya toʻliq miqdorda toʻlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 28-yanvardagi 5, 2, 1, 1, 2, 01-02/5-02-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2222-2, 10.02.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 7-son, 75-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarida roʻyxatda turuvchi ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarida (keyingi oʻrinlarda — Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi) roʻyxatda turuvchi hamda tashkilotlarda ishlovchi pensionyerlarga pensiyalar ish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻrindoshlik asosida ishlovchi pensionyerlarga, pensiya asosiy ish joyidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ish joyidan pensiya toʻlovi oʻtgan oy uchun oylik ish haqining ikkinchi qismi toʻlovlari bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Pensiyalar alohida vedomostlar orqali toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oʻziga oluvchi shaxslar ishga qabul qilinganda yoki predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish boʻlgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar (bundan buyon matnda fuqarolik-huquqiy shartnomalar deb yuritiladi) tuzilganda, ularga pensiya ish joyidan 50 foiz miqdorida amalga oshiriladi (pensiyalarini toʻliq miqdorda olish huquqiga ega pensionyerlardan tashqari).
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 28-yanvardagi 5, 2, 1, 1, 2, 01-02/5-02-sonli qarori (roʻyxat raqami 2222-2, 10.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 7-son, 75-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa oila aʼzolariga (vasiylikka olinganlarga) boquvchisini yqotganlik pensiyasi oluvchi ishlovchi fuqarolarga (vasiylarga) pensiyalar, ularning yashash joyidan toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xususiy (yakka tartibda) tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi hamda dehqon xoʻjaliklarida ishlovchi pensionyerlarga, pensiyalar ularning yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan 50 foiz miqdorida toʻlanadi (pensiyalarini toʻliq miqdorda olish huquqiga ega pensionyerlardan tashqari).
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ishga qabul qilinganda fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganda, mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomaning muddati va shartlaridan qatʼi nazar, pensiya toʻlovlari quyidagi hollarda toʻliq toʻxtatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga asosan, texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud tashkilotning tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin muddatidan oldin pensiya tayinlangan ishsizlar umumiy belgilangan yoshga (erkaklar — 60 yosh, ayollar — 55 yosh) yetkunga qadar ishga qabul qilinganda (fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 1994-yil 1-iyulgacha (yaʼni, Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining kuchga kirguniga qadar) belgilangan muddat xizmat qilgani uchun pensiyalar tayinlangan shaxslar, yoshga doir imtiyozli yoxud umumiy tartibda pensiya olish huquqiga egalik qilishdan oldin ishga qabul qilinganda (fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganda).
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 31-avgustdagi 66, 30, 10, 227, 98, 01-02/5-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2222-1, 03.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 40-son, 472-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Pensiya toʻlovining ish joyi orqali amalga oshirilishi uchun pensionerning yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan beriladigan F-25 (mazkur Nizomga ilova) topshiriqnoma asos boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. F-25 topshiriqnomasi (keyingi oʻrinlarda — topshiriqnoma) qatʼiy hisobot varaqasi hisoblanib, uni roʻyxatga olishda pensionerning (pensiya ishining) shaxsiy hisobvaraqasi raqami koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari topshiriqnomada quyidagi maʼlumotlarni aks ettiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) viloyat, shahar, tuman, topshiriqnomani joʻnatuvchi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining nomi hamda tashkilotning nomi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) pensionerning familiyasi, ismi, otasining ismi va oladigan pensiya turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) pensiya miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ish joyidan pensiya toʻlovining amalga oshirilishi zarur boʻlgan sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Topshiriqnoma Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlim boshligʻi va bosh hisobchisi imzosi bilan tasdiqlanib, maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi va tashkilot vakili yoki pensioner tasdigʻi bilan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Topshiriqnomaning qolgan grafalari pensioner ishlaydigan tashkilotning ijtimoiy sugʻurta boʻyicha komissiyasi va maʼmuriyati tomonidan toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qayta hisoblash natijasida pensiya miqdori oʻzgarganda, Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi topshiriqnomaning orqa tarafiga yangi pensiya miqdori boʻyicha belgi kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Pensiyaning bir turidan boshqa turiga oʻtishda hamda pensiya toʻlovi shartlari oʻzgarganda (masalan, nogironlik guruhi oʻzgarishi bilan bogʻliq), tashkilot Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga oldingi topshiriqnoma uchun xabarnoma yoʻlaydi. Koʻrsatilgan xabarnoma yetib kelgandan soʻng, Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi ish joyidan pensiya toʻlovini amalga oshirishga yangi topshiriqnoma taqdim qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Pensioner bilan mehnat shartnomasini yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasini bekor qilishda tashkilot pensiya toʻlovini toʻxtatadi va Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga qaysi davrga pensiya toʻlovi amalga oshirilganligini koʻrsatgan holda topshiriqnomaga xabarnoma yoʻllaydi. Pensioner qaytadan ishga qabul qilinganda yoxud fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzilganda yangi topshiriqnoma taqdim qilinadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 31-avgustdagi 66, 30, 10, 227, 98, 01-02/5-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2222-1, 03.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 40-son, 472-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi pensionerning shaxsiy hisob varaqasiga yangi topshiriqnoma berilganligi va oldingi topshiriqnomaga xabarnoma kelib tushganligi toʻgʻrisida belgi kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga pensioner yashash joyidan pensiyasini olganidan soʻng mazkur oyda ishga qabul qilinganligi (fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzganligi) maʼlum boʻlgan hollarda, ish joyidan pensiya toʻlovini amalga oshirish uchun kelgusi oyning 1-sanasidan boshlab, undirishga qoʻyilgan ortiqcha miqdorini koʻrsatgan holda, yangi topshiriqnoma yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar, pensionerning ishga qabul qilinganligi (fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzganligi) joriy oy uchun pensiya toʻlovini olgunga qadar maʼlum boʻlsa, pensiya Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan ishga qabul qilingan kuniga qadar toʻlanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 31-avgustdagi 66, 30, 10, 227, 98, 01-02/5-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2222-1, 03.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 40-son, 472-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomasi) bekor qilinganda, pensioner, yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga ishdan boʻshaganlik toʻgʻrisidagi buyruq tartib raqami va sanasini (fuqarolik-huquqiy shartnomani bekor boʻlishining sababi) koʻrsatgan holda topshiriqnomaga xabarnomani hamda mehnat shartnomasining bekor boʻlganligi toʻgʻrisidagi buyruq koʻchirmasini (fuqarolik-huquqiy shartnomaning nusxasi) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tegishli hujjatlarni qabul qiladi va kiruvchi xatlar uchun oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi. Topshiriqnomaga xabarnoma va mehnat shartnomasining bekor boʻlganligi toʻgʻrisidagi buyruq koʻchirmasi (fuqarolik-huquqiy shartnomaning nusxasi) pensiya ishiga tikiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 31-avgustdagi 66, 30, 10, 227, 98, 01-02/5-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2222-1, 03.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 40-son, 472-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ishlovchi pensionyerlarning pensiya toʻlov xarajatlari Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek xarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishining va yuridik shaxslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi xarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2262, 2011-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 37-son, 383-modda) 5-ilovasiga muvofiq hisobotida aks ettiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 31-avgustdagi 66, 30, 10, 227, 98, 01-02/5-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2222-1, 03.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 40-son, 472-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlovining oʻz vaqtida va toʻgʻri amalga oshirilishi hamda pensionerning ishga qabul qilinganligi (fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzilganligi) yoki mehnat shartnomasi (fuqarolik-huquqiy shartnomasi) bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlariga oʻz vaqtida va ishonarli taqdim etilishi boʻyicha javobgarlik qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 31-avgustdagi 66, 30, 10, 227, 98, 01-02/5-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2222-1, 03.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 40-son, 472-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Maʼmuriyat va ishlovchi pensioner oʻrtasidagi pensiya toʻlovlari bilan bogʻliq nizolarni hal qilish ijtimoiy sugʻurta komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarida, Milliy xavfsizlik xizmatida va Davlat bojxona qoʻmitasida hisobda turuvchi ishlovchi pensionyerlarning pensiyalarini toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa, favqulodda vaziyatlar vazirliklarida hamda Milliy xavfsizlik xizmatida hisobda turuvchi ishlovchi pensionyerlarning pensiyalari, pensionerning haqiqatda yashash joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki filiallari tomonidan toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida hamda Davlat bojxona qoʻmitasida hisobda turuvchi ishlovchi pensionyerlarning pensiyalari, pensionerning haqiqatda yashash joyidagi ichki ishlar hamda bojxona xizmati organlari tomonidan toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensiyalar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchi shaxslar ishga qabul qilingan taqdirda pensiya 50 foiz miqdorida toʻlanadi (pensiyalarini toʻliq miqdorda olish huquqiga ega pensionyerlardan tashqari).
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 28-yanvardagi 5, 2, 1, 1, 2, 01-02/5-02-sonli qarori (roʻyxat raqami 2222-2, 10.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 7-son, 75-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa oila aʼzolariga (vasiylikka olinganlarga) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchi ishlovchi fuqarolarga (vasiylarga) pensiyalar, ularning yashash joyidan toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan hamda dehqon xoʻjaliklarida yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha ishlovchi pensionyerlar oʻzining mehnat faoliyati toʻgʻrisida ularga pensiya tayinlagan idoralarga maʼlum qilishlari shart.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 31-avgustdagi 66, 30, 10, 227, 98, 01-02/5-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2222-1, 03.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 40-son, 472-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Pensioner toʻliq yoki toʻliqsiz ish kunida band boʻlishidan qatʼi nazar, pensiya 50 foiz miqdorda toʻlanadi (pensiyalarini toʻliq miqdorda olish huquqiga ega pensionyerlardan tashqari).
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 28-yanvardagi 5, 2, 1, 1, 2, 01-02/5-02-sonli qarori (roʻyxat raqami 2222-2, 10.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 7-son, 75-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisida ishlayotgan pensionyerlarga pensiyalar mazkur Nizomga asosan oʻrnatilgan miqdorda ularning yashash joyida toʻlanishi amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ishlovchi pensionyerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50 foiz miqdorida pensiyalar faqat pensioner shartnoma boʻyicha ishlagan kunlar uchun toʻlanadi. Pensioner shartnoma tuzmagan qolgan kunlarda pensiyalar qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlanayotgan pensiya miqdorini hisoblash misollari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-misol — 2014-yil 15-yanvarda yoshga doir pensiya oluvchi ishlamaydigan pensioner ishga qabul qilindi. Pensionerning har oylik pensiya miqdori 380 800 soʻm 00 tiyinni tashkil qiladi. 2014-yil 1-yanvardan 14-yanvargacha boʻlgan davr uchun pensiya 100 foiz miqdorida (380 800 : 31 x 14 = 171 974 soʻm 19 tiyin), 15-yanvardan 31-yanvargacha boʻlgan davr uchun 50 foiz miqdorida (380 800 : 31 x 17 x 50% = 104 412 soʻm 90 tiyin) toʻlanadi. 2014-yil yanvar oyi uchun pensiya toʻlovi miqdori 279 387 soʻm 09 tiyinni (171 974 soʻm 19 tiyin + 104 412 soʻm 90 tiyin) tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-misol — 2014-yil 2-yanvarda yoshga doir pensiya oluvchi ishlamaydigan pensioner bir martalik fuqarolik-huquqiy shartnomasini 150,0 ming soʻm miqdorida tuzdi va u boʻyicha majburiyatlar pensioner tomonidan yanvar oyi davomida bajarildi. Pensionerning har oylik pensiya miqdori 380 800 soʻm 00 tiyinni tashkil qiladi. Yanvar oyi uchun yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori 187 970 soʻm 00 tiyin miqdorini tashkil etadi. Yanvar oyi uchun pensiya 380 800 soʻm 00 tiyin miqdorida toʻlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-misol — 2014-yil 2-yanvarda yoshga doir pensiya oluvchi ishlamaydigan pensioner bir martalik fuqarolik-huquqiy shartnomasini 600,0 ming soʻm miqdorida tuzdi va u boʻyicha majburiyatlar pensioner tomonidan 3 oy davomida bajarildi. Pensionerning oʻrtacha oylik daromadi 200 ming soʻmni tashkil etadi. Pensionerning har oylik pensiya miqdori 380 800 soʻm 00 tiyinni tashkil qiladi. Yanvar, fevral va mart oylari uchun yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori 187 970 soʻm 00 tiyin miqdorini tashkil etadi. Yanvar, fevral va mart oylari uchun pensiya har oyda 190 400 soʻm 00 tiyin miqdorida toʻlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-misol — 2014-yil 15-yanvarda yoshga doir pensiya oluvchi ishlamaydigan pensioner ommaviy axborot vositalarida maqola chop etish uchun bir martalik fuqarolik-huquqiy shartnomasini 150,0 ming soʻm miqdorida tuzdi va u boʻyicha majburiyatlar pensioner tomonidan shu kunning oʻzida bajarildi. 2014-yil yanvar oyi uchun pensiya toʻliq miqdorda toʻlanishi lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 28-yanvardagi 5, 2, 1, 1, 2, 01-02/5-02-sonli qarori (roʻyxat raqami 2222-2, 10.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 7-son, 75-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tashkilot rahbarlari pensioner ishga qabul qilinganligini (fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzilganligini), pensionerning yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga hamda pensiya tayinlagan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklariga, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasiga 5 kunlik muddatda xabar berishlari va ishga qabul qilinganlik toʻgʻrisida buyruq koʻchirmasini (fuqarolik-huquqiy shartnomaning nusxasini) taqdim etishlari shart.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 31-avgustdagi 66, 30, 10, 227, 98, 01-02/5-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2222-1, 03.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 40-son, 472-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Pensioner (oilaning boshqa aʼzolari uchun boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchidan tashqari) ishga qabul qilinganda (fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzilganda) tegishli pensiya tayinlagan idoraga (oʻzining yashash joyidan) xabar berishi shart.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 31-avgustdagi 66, 30, 10, 227, 98, 01-02/5-27-sonli qarori (roʻyxat raqami 2222-1, 03.10.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 40-son, 472-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ishlovchi pensionyerlarning pensiya toʻlovlari uchun tashkilotlarga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari hamda davlat soliq xizmati organlari olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlovini amalga oshiruvchi tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarini oʻz vaqtida va maqsadli toʻlanish javobgarligini oʻz zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ishlovchi pensionyerlarning pensiya toʻlovlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlarining toʻgʻri hisoblanishi, toʻlanishi va sarflanishi ustidan nazorat, tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻngi

F-25 shakl

AA-000001‎

Ishlovchi pensionyerlar uchun

‎________________________________________________________

‎Ish joyidan pensiya toʻlash uchun

20___ yil ____________ dagi ___________ -sonli

TOPShIRIQNOMA

________________________________________________________

(tashkilot nomi va STIR)

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi _____________ (Respublikasi, viloyati, shahar) ___________ tuman (shahar) boʻlimi shuni maʼlum qiladiki, sizning tashkilotingizda ishlayotgan pensioner ___________________________ (F.I.Sh.) ____________________ soʻm ____ tiyin miqdorida yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oladi. (keraklisining tagiga chizing).

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining ____-moddasida koʻzda tutilgan, yoki _______________________________________________ (boshqa normativ-huquqiy hujjat koʻrsatilsin) pensiya toʻlash shartlarini qoʻllab, ijtimoiy sugʻurta badali hisobidan 20__ y. “___” __________dan 20__ y. “___” ______________gacha yoki ishdan boʻshatilgunga qadar (keraklisining tagiga chizing) pensiya har oyda _______________ soʻm _______ tiyin (_______________________________) miqdorida toʻlanishi kerak.

(soʻz bilan yozilsin)

M.Oʻ‎

Boʻlim boshligʻi

___________________________‎

Bosh hisobchi

___________________________‎
‎‎________________________________________________________
20____ yil “___” _____________ da 20____ yil “___” _____________ dagi _____-sonli topshiriqnoma hisobga olindi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining _____-moddasiga muvofiq, yoki ________________________________________________ (boshqa normativ-huquqiy hujjat koʻrsatilsin) ____________________________________________________ga (F.I.Sh.) pensiya 20__ yil “___” _____________ dan toʻlansin.

Korxona rahbari ___________
Ijtimoiy sugʻurta komissiyasi vakili ___________

‎20____ yil “___”____________ dagi ____-sonli topshiriqnomaga xabar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ________________ (Respublikasi, viloyati, shahar) ________________ tuman (shahar) boʻlimiga 20__yil “__”__________da yuborildi.

‎Bosh hisobchi ________________‎
‎---------------------------------------------------------------------------
----------------------------- Qirqish chizigʻi ---------------------------
‎‎---------------------------------------------------------------------------

20___ yil “___” _____________ dagi _________ -sonli TOPShIRIQNOMAGA 20__ yil “___” _____________ dagi XABARNOMA

‎‎________________________________________________________

(tashkilot nomi)

shuni maʼlum qiladiki, pensiya oluvchi (F.I.Sh.) ________________________ 20___ yil “___” __________ga qadar pensiya olgan. Pensiya toʻlash 20__ yil “___” ____________ dan, 20__ yil “___” ____________ dagi, ____-sonli buyruqqa asosan ishdan boʻshaganligi sababli, boshqa sababga koʻra _______________________________________ toʻxtatildi.

__________-sonli shaxsiy hisob‎

Bosh hisobchi _______________‎

M.Oʻ.‎

‎‎Korxona rahbari _______________________‎‎

20___ yil “___”__________ dan hisobdan chiqarildi.

AA-000001

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orqa tomoni

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20__ yil “___” ________dagi ___-sonli Farmoniga muvofiq _______________________________________ (F.I.Sh.) ning pensiyasi 20___ yil “___” ______________dan 20___ yil “___” ____________ gacha ____________________________ soʻm _______ tiyin (_______________________________) miqdorida toʻlansin.

(soʻz bilan yozilsin)

M.Oʻ Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi _____________‎
Bosh hisobchi ________________
________________________________________________________

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20__ yil “___” ________dagi ___-sonli Farmoniga muvofiq _______________________________________ (F.I.Sh.) ning pensiyasi 20___ yil “___” ______________dan 20___ yil “___” ____________ gacha ____________________________ soʻm _______ tiyin (_______________________________) miqdorida toʻlansin.

(soʻz bilan yozilsin)

M.Oʻ‎ Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi _____________

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 18-son, 183-modda; 2012-y., 40-son, 472-modda; 2014-y., 7-son, 75-modda; 2017-y., 14-son, 234-modda, 33-son, 869-modda)