Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.04.2011 yildagi 120-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-2012 YILLARDA TOShKENT VILOYATINING PISKENT TUMANINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRIShGA DOIR KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR DASTURINI AMALGA OShIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati Piskent tumanining iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yer, suv va mehnat resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2011-2012-yillarda Toshkent viloyatining Piskent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Piskent tumanidagi “nol” qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan investorlarga bepul beriladigan foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan obyektlar ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Piskent tumanidagi ommaviy savdolar orqali sotiladigan bo‘sh turgan obyektlar ro‘yxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*3-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklari tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisobiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishda zamonaviy agrosanoat texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish, qishloq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, jumladan ichki yo‘llarni ta’mirlash, aholini ichimlik suv, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash hamda boshqa ijtimoiy-maishiy xizmatlar ko‘rsatish darajasini yaxshilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 2 va 3-ilovalarga muvofiq xususiylashtirilishi belgilangan davlat obyektlarini savdolarga qo‘yish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, 2-ilovaga muvofiq Piskent tumanida “nol” qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan investorlarga bepul beriladigan foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan obyektlar Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi hududiy tanlov komissiyasining qaroriga asosan belgilangan tartibda sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Dasturga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha 4-ilovaga* muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*4-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Dasturni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan Toshkent viloyati va Piskent tumani hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan chora-tadbirlarning Dasturda nazarda tutilgan parametrlar va muddatlarga muvofiq to‘liq bajarilishini ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha Dastur parametrlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borsinlar, ularni hal etish yuzasidan zarur tezkor va qat’iy chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 10-sanasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Dasturning bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har chorak yakunida tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda mazkur Dasturning bajarilishi holati haqida materiallarni ko‘rib chiqish uchun Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent viloyati va Piskent tumani hokimliklari yer uchastkalari va turarjoy bo‘lmagan obyektlarni ajratishda, shuningdek biznesni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlarini amalga oshirishda loyihalar tashabbuskorlariga har tomonlama ko‘maklashsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov va Toshkent viloyati hokimi R.Q. Xolmatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 27-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 17-son, 171-modda)