Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 06.04.2011 yildagi PQ-1516-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING YIGIRMA YILLIGINI NIShONLAShGA TAYYORGARLIK KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz davlat mustaqilligini qoʻlga kiritgan buyuk tarixiy sana — 1-sentabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayotida beqiyos oʻrin tutadigan, har yili eng ulugʻ, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlugʻ ayyomdir. Bu yil Vatanimiz mamlakatimiz istiqlolining shonli sanasini — milliy mustaqilligimizning yigirma yilligini baland ruh va koʻtarinki kayfiyat bilan kutib olishga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarixan qisqa bir davrda, avvalo, el-yurtimizning xohish-irodasi, kuch-qudrati, mashaqqatli va bunyodkorona mehnati evaziga jahon xaritasida yangi, oʻz kuchi va salohiyatiga tayangan, bugun taraqqiyot yoʻlidan barqaror surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan mustaqil, suveren Oʻzbekiston davlatining paydo boʻlishi, hech shubhasiz, xalqimizning tarixiy gʻalabasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayniqsa, mamlakatimizda demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etish, iqtisodiyotimizni bozor munosabatlariga oʻtkazish va rivojlangan davlatlar qatoridan munosib joy olish yoʻlida erishgan marralarimiz jahon ahlini haqli ravishda hayratda qoldirmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda oʻtgan davr mobaynida qoʻlga kiritgan yutuq va natijalarimizni, mamlakatimizning salohiyati va qudrati, uning xalqaro maydonda nufuzi tobora yuksalib borayotgani, tub islohotlarimizning mohiyati va ahamiyatini aholining keng qatlamlariga yanada chuqurroq ochib berish va xalqaro jamoatchilikka yetkazish uchun tegishli tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish eʼtibor markazida boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni shu vazifalarni inobatga olgan holda va bayram tadbirlarini vatandoshlarimiz, xususan, yosh avlod qalbida chuqur taassurot qoldiradigan yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligiga bagʻishlab ishlab chiqilgan tashkiliy-amaliy, madaniy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturi 1-ilovaga*, Toshkent shahrida oʻtkaziladigan asosiy bayram tomoshasi dasturini tayyorlash boʻyicha ijodiy guruh tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bayramni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha tayyorgarlik ishlari va tadbirlarni “Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!” degan shior ostida tashkil etish maqsadga muvofiq deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi (Sh. Mirziyoyev) tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya yigʻilishlarida dasturda belgilangan chora-tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralar rahbarlarining hisoboti muntazam ravishda eshitib borilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayram tantanalari arafasida foydalanishga topshiriladigan ishlab chiqarish, ijtimoiy-madaniy obyektlarni oʻz vaqtida ishga tushirish choralari koʻrilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz yoshlari — umumiy oʻrta taʼlim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari, oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun moʻljallangan alohida tadbirlar rejasi amalga oshirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Barkamol avlod” sport oʻyinlarini (Termiz shahrida), mamlakatimiz yoshlari ishtirokida “Biz — yigirma yoshdamiz” forumini, mehnat va oʻquv jamoalari oʻrtasida sport turlari boʻyicha “Mustaqillik kubogi” musobaqalari va marafonini yuqori saviyada oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anʼanaviy “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini, yosh ijrochilar oʻrtasida “Nihol”, isteʼdodli yoshlar oʻrtasida “Kelajak ovozi”, jurnalistika sohasida “Eng ulugʻ, eng aziz”, “Oltin qalam”, “Ozod yurt toʻlqinlari”, zamonaviy sanʼat va folklor ijodiyoti sohasida “Navqiron Oʻzbekiston”, “Asrlar sadosi” respublika tanlovlarini, shuningdek yangitdan tashkil etilayotgan “Istiqlol tarix koʻzgusida” (mustaqillik tarixini yoritishga bagʻishlangan eng yaxshi ilmiy va ilmiy-ommabop ishlar uchun), “Vatan uchun yashaylik” (nasriy va sheʼriy yoʻnalishdagi eng yaxshi asarlar uchun), “Seni kuylaymiz, zamondosh!” (teatr sanʼati sohasidagi eng yaxshi asarlar uchun), “Istiqlol solnomasi” (kino sanʼati sohasidagi eng yaxshi asarlar uchun), “Ranglar jilosida — ona diyor” (tasviriy sanʼat sohasidagi eng yaxshi asarlar uchun) tanlovlarini yuqori darajada oʻtkazish taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligiga bagʻishlab tashkil etilayotgan yangi koʻrik-tanlovlarni oʻtkazish tartibi, mukofotlarning miqdori va darajasi, gʻoliblarni aniqlash va taqdirlash mezonlarini ishlab chiqsin va qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida mustaqillikning yigirma yillik bayramiga bagʻishlab aholining keng qatlamlari oʻrtasida maʼrifiy uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar oʻtkazish maqsadida taniqli olimlar, adib va sanʼatkorlardan iborat maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning belgilangan reja asosida faoliyat olib borishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirlik va idoralar hamda jamoat tashkilotlari rahbarlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddatda bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha hududiy komissiyalarni tuzish hamda ular tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarni aniq belgilab berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda yubileyga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni ishlab chiqishda yangi ijodiy kuchlarni, isteʼdodli yoshlarni keng jalb etish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur reja va dasturlardan oʻrin olgan tadbirlarni keng jamoatchilikni jalb etgan holda, barcha yurtdoshlarimizning qalbi va ongiga yetib boradigan, ularning ruhi va kayfiyatini koʻtaradigan, yangi marralar sari ilhomlantiradigan taʼsirchan shaklda, rasmiyatchilik va balandparvozlik koʻrinishlaridan xoli tarzda oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng va muntazam ravishda yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yilligiga bagʻishlangan tadbirlarning amalga oshirilishi uchun zarur mablagʻlarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 6-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1516-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 4-son, 111-modda)