11.02.2011 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 11.02.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA OID ISHLAR BOʻYICHA SUD AMALIYOTINING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan hamda mazkur toifadagi ishlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (bundan buyon matnda — daromadlarni legallashtirish) jamiyat hayotining turli sohalarida uyushgan jinoyatchilik tugʻilishi va faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoit yaratishi tufayli milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sudlarga tushuntirilsinki, daromadlarni legallashtirish tariqasidagi jinoyati tarkibi zarur elementi bu jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan mulk mavjud boʻlishidir. Bunday mulk alohida olingan bir shaxs tomonidan ham jinoiy uyushma yoki uyushgan guruh tomonidan ham, (JK 29-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlari) qasddan sodir etilgan bir yoki bir necha jinoyat natijasida qoʻlga kiritilgan boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuni nazarda tutish lozimki, daromadlarni legallashtirishning barcha hollarida jinoiy faoliyat natijasida topilgan mablagʻlar fuqarolik muomalasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.

3. Jinoyat kodeksi 243-moddasi mazmuniga koʻra, daromadlarni legallashtirish deganda aybdor tomonidan jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan mulk (pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk)ning kelib chiqishiga qonuniy tus berilishi tushunilishi lozim. Mulk obyekti sifatida bunday hollarda Fuqarolik kodeksi 169-moddasida nazarda tutilgan har qanday mulk boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday mulkka qonuniy tus berish pul mablagʻlari yoki boshqa bitimlar amalga oshirishda ifodalanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy operatsiyalarga kapital mablagʻlarni harakatlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan operatsiyalar, jumladan, pul mablagʻlarini hisobga kiritish, ularni turli banklardagi jamgʻarma hisobvaragʻlariga boʻlib joylashtirish, boshqa valyutaga oʻtkazish, qonunsiz topilgan pullarga qimmatli qogʻozlar sotib olish, pul mablagʻlarini bankdagi jamgʻarma hisobvaragʻiga qaytarish maqsadida chegaradan tashqariga chiqarish va h.k.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimlar orqali sodir etiladigan legalizatsiya deganda, fuqarolik huquqidagi singari tuziladigan oldi-sotdi, qarz, hadya, garov, ijara, ayirboshlash va h.k. shartnomalar tuzilishi tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat koʻrsatilgan moliyaviy operatsiya yoki bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab tamomlangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun mazmuniga koʻra, daromadlarni legallashtirish uchun javobgarlik jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mulk bilan hatto bitta operatsiya yoki bitim amalga oshirilgan holda ham kelib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tushuntirilsinki, shaxsning qilmishida JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun har bir holda legallashtirilgan mulk jinoyat natijasida kelib chiqqanligi fakti aniqlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sudlar daromadlarni legallashtirishni jinoiy yoʻl bilan topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish jinoyatidan farqlashlari lozim. Jumladan, jinoyat (masalan, oʻzganing mulkini talon-toroj qilish) natijasida topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish, agar bundan mulkka qonuniy egalik koʻrinishi berilmayotgan boʻlsa (masalan, texnik pasport yoki oʻgʻirlangan avtomobilni sotish uchun beriladigan ishonchnoma qalbakilashtirilgan), daromadlarni legallashtirish (JK 243-moddasi) tarkibini tashkil etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishning muayyan holatlaridan (jumladan, talon-toroj qilingan mulk bilan amalga oshirilgan bitim oldiga qoʻyilgan maqsaddan) kelib chiqqan xolda bunday harakatlar oʻzganing mulkini talon-toroj qilishda ishtirokchilik (yordamchi shaklida) yoki jinoiy yoʻl bilan topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish (JK 171-moddasi) sifatida, bunga asoslar mavjud boʻlganda esa, hujjatlarni qalbakilashtirish sifatida ham kvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkka nisbatan mulkiy huquq va majburiyatlarni vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki tugatishga qaratilgan harakatlarni sodir etishda ishtirok etgan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilish masalasini hal etishda, har bir holatda bu shaxs mazkur mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida orttirilganligini aniq bilgan-bilmaganligi aniqlanishi shart. Masalan, agar shaxs jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulkni legallashtirishni xohlab oldi-sotdi shartnomasi tuzgan boʻlsa va oluvchi sotuvchida mazkur mulkka qonuniy tus berish maqsadi borligini anglagan holda bu mulkni sotib olsa, oluvchining harakatlari daromadlarni legallashtirishga koʻmaklashish sifatida JK 28, 243-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday hukm keyinchalik mulkni oldi-sotdi shartnomasi fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida haqiqiy emas deb topilishi uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius tomonidan mansab vakolatlaridan pul mablagʻlari yoki boshqa mulkni legallashtirishga qaratilgan bitimni oʻzi bila turib tasdiqlash uchun foydalanilishi daromadlarni legallashtirishga koʻmaklashish sifatida (JK 28, 243-moddalari) bilan, bunga asoslar boʻlganda esa, Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi boshqa moddalari bilan ham bilan kvalifikatsiya qilinadi,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, daromadlarni legallashtirishdan olingan mulk JPK 211-moddasi 5-bandiga koʻra, JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat predmeti hisoblanadi va Fuqarolik kodeksi 204-moddasiga asosan jismoniy yoki yuridik shaxsga jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zarar qoplangandan soʻng konfiskatsiya qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shaxsni JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblashga doir ishni koʻrish chogʻida pul mablagʻlari yoki mulkning muayyan qismi jinoiy yoʻl bilan orttirilmaganligi aniqlansa, ular JPK 211-moddasi 4-bandiga asosan qonuniy egasiga qaytarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Daromadlarni legallashtirish jinoyatini sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan jazo belgilashda, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga qatʼiy rioya etishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, JK 243-moddasi dispozitsiyasida daromadlarni legallashtirish uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqadigan miqdor belgilanmaganligini, mazkur moddaning sanksiyasi esa, faqat ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutishini inobatga olib, sudlar, insonparvarlik va odillik prinsiplariga amal qilib jazo mutanosibligini JK sakkizinchi boʻlimida berilgan miqdorlar (ancha, koʻp, juda koʻp miqdor)ga doir tushunchalarga tayangan holda belgilashlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Daromadlarni legallashtirishga koʻmaklashuvchi omillardan biri jinoyatlarning oʻz vaqtida ochilmasligi ekanligini inobatga olgan holda, aybdor jinoyat natijasida qonunga xilof tarzda mulkni qoʻlga kiritgan har bir ishni koʻrishda sudlar bunday faktlarga nisbatan xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar daromadlarni legallashtirishga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari, bu toifadagi ishlar boʻyicha sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini chuqur tekshirishlari, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 11-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-son