Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT XARIDLARINI TASHKIL ETISHGA DOIR NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb etishni kengaytirish toʻgʻrisida” 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1475-son qarorini bajarish yuzasidan hamda davlat xaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Utverdit:
Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 260-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 36-son, 411-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 1-aprel,
100-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasi ishchi organining (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari va ishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi ishchi organ hisoblanadi.
II. Ishchi organning asosiy vazifalari va funksiyalari
3. Quyidagilar ishchi organning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat xaridlari boʻyicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narxlarni shakllantirish jarayonini nazorat qilish;
Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Hukumat komissiyasi deb ataladi) qonun hujjatlari bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha materiallarini va qarorlari loyihalarini tayyorlash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari jarayonida ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Hukumat komissiyasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda qatnashish.
4. Quyidagilar ishchi organning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat xaridlari boʻyicha axborot bazasini, shu jumladan, davlat xaridlari boʻyicha budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan joylashtiriladigan buyurtmalar, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hukumat komissiyasining qonun hujjatlari bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar, shu jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlarining har bir turi boʻyicha kichik biznes subyektlari, Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hamda markazlashtirilgan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun kvotalar belgilash masalalari boʻyicha qarorlari loyihalarini tayyorlash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
bitta kontrakt boʻyicha qiymati ekvivalentda 100 ming AQSH dollaridan ortiq boʻlmagan Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlaridan xarid qilinadigan, eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxatini Hukumat komissiyasining koʻrib chiqishi uchun tayyorlash;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-martdagi 69-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 12-son, 139-modda)
davlat xaridlari jarayonini va mamlakatimizdagi kichik biznes subyektlari uchun ajratiladigan kvotalarning bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish, Hukumat komissiyasining koʻrib chiqishiga kiritish uchun tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
Hukumat komissiyasining qarorlari va topshiriqlarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati tegishli organlariga, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari jarayonida ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yetkazish, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari toʻgʻrisidagi yagona respublika maxsus axborot portalini yuritish uchun Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasiga zarur axborotlarni taqdim etish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi 166-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 24-son, 315-modda)
davlat xaridlari jarayonini belgilaydigan, shuningdek kichik biznes subyektlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish yuzasidan davlat buyurtmalari olishini kengaytirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish, davlat xaridlarini joylashtirishda oshkoralik, aniq-ravshanlik va raqobat muhiti qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash;
kichik biznes subyektlari uchun ajratiladigan kvotalar boʻyicha davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlashda qatnashish;
davlat xaridlari sohasida xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda, xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro aloqani va hamkorlikni tashkil etishda qatnashish.
III. Ishchi organning huquqlari
5. Ishchi organ oʻziga yuklangan vazifalarga va bajaradigan funksiyalariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur materiallarni olish;
davlat xaridlari jarayoni qatnashchilaridan kichik biznes subyektlari uchun ajratilgan kvotalarni bajarishga taalluqli axborotlarni soʻrab olish.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ishchi organ davlat xaridlarini amalga oshirishda, shu jumladan, budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olishda narxlar oshirib yuborilgan holatlar aniqlangan taqdirda mavjud materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga va uning hududiy boʻlinmalariga topshirishi shart.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
IV. Ishchi organ ishlarini tashkil etish
7. Ishchi organ oʻz ishlarini ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, shuningdek Hukumat komissiyasi topshiriqlariga muvofiq olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-sentabrdagi 260-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 36-son, 411-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 100-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash (toʻlash) tartibiga quyidagi mazmundagi 381-band qoʻshilsin:
“381. Oʻz boʻlinmalari uchun markazlashtirilgan xaridni amalga oshiradigan budjet tashkilotlari rahbarlari davlat xaridlarini tashkil etish va samarali amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaxsan javob beradilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalarni xarid qilish boʻyicha tender savdolari oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“300 AQSH dollaridan 100 ming AQSH dollarigacha teng summadagi bitta kontrakt boʻyicha yetkazib berishlarni amalga oshirishda xaridlar buyurtmachi tomonidan tashkil etiladigan maxsus komissiya qaroriga koʻra quyidagi yoʻllar bilan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tender savdolari oʻtkazmasdan (ushbu Nizomning 54-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari) amalga oshiriladi”;
b) 51-bandda:
3-kichik banddagi “eng kam ish haqining oʻn baravaridan” soʻzlari “300 AQSH dollariga teng” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-kichik banddagi “tegishli moliya organlari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda moliya organlari deb ataladi) bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 53 va 54-bandlar qoʻshilsin:
“53. Roʻyxati Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan markazlashtirilgan manbalar hisobiga davlat xaridlarini amalga oshiradigan tashkilotlar maxsus axborot portalida, mazkur Nizomning 51-bandi 1, 3-9-kichik bandlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, tovarlar yetkazib beruvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchini aniqlash sanasigacha kamida 30 kun oldin kelgusi xaridlar toʻgʻrisida, shuningdek birja savdolarida tovarlar xarid qilish va Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan boshqa holatlar toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtirishi shart.
54. 300 AQSH dollaridan 100 ming AQSH dollarigacha summaga bitta kontrakt boʻyicha roʻyxati Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning ayrim turlari davlat xaridlari Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan tashkil etiladigan elektron auksion savdolar orqali amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 51 bandi 1, 3 — 9-kichik bandlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek tovarlarni birja savdolarida xarid qilish va Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilangan boshqa hollar bundan mustasno”;
g) 47-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tenderga kamida uchta qatnashchining taklifi taqdim etilsa”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“kichik biznes subyektlari uchun ajratilgan kvotalar boʻyicha oʻtkaziladigan tender qatnashchilari orasida ushbu toifa tashkilotlar boʻlmasa”;
d) 55-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Boshqa teng sharoitlarda kichik biznes subyektlariga afzallik beriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi PF-3161-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 69-modda):
a) 1-banddagi “71 nafardan” soʻzlari “uning hududiy boʻlinmalari xodimlari sonini tegishli ravishda qisqartirish hisobiga koʻrsatilgan xodimlar sonini 4 nafarga koʻpaytirishni nazarda tutgan holda 73 nafardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning birinchi xatboshidagi “17” raqami “16” raqami bilan almashtirilsin;
v) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining
TASHKILIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-iyundagi 173-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 340-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 57-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agar yopiq savdolarda qatnashishga rozilik bildirgan pudratchilar (yetkazib beruvchilar) soni uchtadan kam boʻlsa, u holda tanlov shartlari aniqlashtirilgan va/yoki unga tuzatishlar kiritilgan holda takroriy tanlov savdolari eʼlon qilinadi”;
b) quyidagi mazmundagi 271-band qoʻshilsin:
“271. Roʻyxati Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadigan markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan 500 mln soʻmgacha qiymatda boʻlgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarni bajarish uchun pudrat tashkilotlarini tanlash faqat kichik biznes subyektlari oʻrtasida amalga oshiriladi”;
v) 47-bandning oʻninchi xatboshidagi “narx preferensiyalari” soʻzlaridan keyin “shuningdek qonunchilikka muvofiq kichik biznes subyektlari uchun ajratiladigan kvotalar miqdorlari” soʻzlari qoʻshilsin.
g) 81-bandda:
ikkinchi xatboshidan “ushbu Nizomning 25-bandida koʻrsatilgan hollardan tashqari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“kichik biznes subyektlari uchun ajratilgan kvotalar boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov savdolari qatnashchilari oʻrtasida ushbu toifa korxonalar mavjud boʻlmasa”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda):
a) 1-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning, shu jumladan oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan tovarlarning auksion savdolari”;
b) 3-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“birja aʼzolari-dilerlar birja savdolarida ulgurji savdoni faqat ularda ulgurji savdoni amalga oshirish huquqiga litsenziya mavjud boʻlganda amalga oshiradilar”;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tovar-xom ashyo birjalarining auksion va koʻrgazma-yarmarka savdoni tashkil etishga xarajatlari bitishuvlar ishtirokchilaridan vositachilik yigʻimi olish hisobiga, shuningdek auksion va koʻrgazma-yarmarka savdo qatnashchilariga koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar (reklama, axborot, maslahat berish, oʻquv, noshirlik xizmatlari va shu kabilar) hisobiga qoplanadi”;
v) 4-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“ixtisoslashtirilgan va mintaqaviy savdo maydonlari tarmogʻini kengaytirish, shu jumladan koʻrsatib oʻtilgan savdo maydonlarini birja, koʻrgazma-yarmarka va auksion savdolarining elektron tizimiga ulagan holda yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish yoʻli bilan kengaytirish boʻyicha choralar koʻrish”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 8-bandga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“davlat xaridlari boʻyicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narxni shakllantirish jarayonini nazorat qilish”;
oltinchi—sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 9-bandda:
quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“kichik biznes subyektlari unda keng ishtirok etishini nazarda tutadigan davlat xaridlarini amalga oshirishda tanlov va tender tartib-taomillarini takomillashtirish va ularni qoʻllashni kengaytirish yuzasidan takliflar tayyorlash”;
oʻn sakkizinchi—oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn toʻqqizinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“davlat xaridlari boʻyicha maʼlumotlar, shu jumladan davlat xaridlari boʻyicha budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan joylashtiriladigan buyurtmalar, shuningdek budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar boʻyicha maʼlumotlar elektron bazasini shakllantirish va doimiy ravishda yangilab borish;
Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini amalga oshiradi”;
v) 10-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Davlat xaridlari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajarish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlardan zarur materiallarni olish;
davlat xaridlari jarayoni qatnashchilaridan kichik biznes subyektlari uchun ajratilgan kvotalarga rioya etilishiga tegishli boʻlgan axborotlarni soʻrash”;
g) 11-bandning uchinchi xatboshidagi “budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining sunʼiy koʻpaytirilishi” soʻzlari “davlat xaridlarini amalga oshirishda, shu jumladan budjetdan mablagʻ oluvchilar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinganda narxlarni oshirib yuborish mavjudligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 67-pozitsiya qoʻshilsin:
| “67. | Rieltorlik faoliyati. | ”. |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 137-modda; 2012-y., 31-son, 357-modda, 36-son, 411-modda; 2013-y., 24-son, 315-modda; 2015-y., 12-son, 139-modda, 26-son, 340-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 09/17/992/0426-son; 27.01.2021-y., 09/21/37/0067-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)