Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017 01.04.2011 yildagi 98-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh, HISOBGA QOʻYISh VA RUXSAT BERUVChI HUJJATLARNI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni tashkil etish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlarini yanada soddalashtirish, kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 1-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-apreldagi 98-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 12-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xorijiy muassis toʻgʻrisida yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi savdo reyestridan koʻchirma yoki, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan ushbu yuridik shaxs faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjat, bular mavjud boʻlmagan taqdirda esa — muassis roʻyxatdan oʻtkazilgan davlat Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida legalizatsiya qilinib, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasida tasdiqlangan boshqa hujjat, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa. Xorijiy muassis toʻgʻrisida savdo reyestridan koʻchirmada yoki ushbu yuridik shaxsning faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjatda xorijiy yuridik shaxsning, u joylashgan joyning nomi, xorijiy yuridik shaxs nomidan imzolash huquqiga ega boʻlgan shaxsning maʼlumotlari mavjud boʻlishi kerak. Koʻrsatib oʻtilgan koʻchirma berilgan paytidan boshlab bir yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi. Jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti oʻz pasportining nusxasini taqdim etadi. Ushbu hujjatlar belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Agar xorijiy muassisning korxona (tashkilot) ustav fondiga ulushi intellektual mulk boʻlsa, u holda ariza beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan tayyorlangan baholash toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etishi kerak”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) birinchi xatboshidagi “7 ish kunida” soʻzlari “1 oyda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) toʻrtinchi xatboshidagi “matnining” soʻzidan keyin “vakolatli shaxs tomonidan imzolangan va” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ulush (hissa) yoki aksiya boshqaga oʻtgan taqdirda — ushbu ulush (hissa) yoki aksiyaning boshqaga oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat va shu kabilar)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻqqizinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻninchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 74-bandning birinchi xatboshidagi “yoki yuridik shaxsni” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi mazmundagi 761-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“761. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma oʻrniga tadbirkorlik subyekti arizasiga binoan uning dublikati berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma dublikatini berishda eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi yoʻqolgan guvohnomaning haqiqiy emasligi haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berishi, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga eʼlon qilingan xabarni va dublikat berilganligi uchun belgilangan miqdorda toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisidagi bank toʻlov hujjatini taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov summasi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning alohida shaxsiy gʻazna hisob raqamiga oʻtkaziladi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning dublikatni tayyorlash va berish xarajatlarini qoplashga yoʻnaltiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarning 31-dekabrdagi holatiga koʻra qoldiqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar adliya boshqarmalarining shaxsiy gʻazna hisob raqamlaridan — respublika budjeti daromadiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiyalarning shaxsiy gʻazna hisob raqamlaridan — tegishli mahalliy budjetlar daromadiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi yaroqsiz holga kelgan guvohnoma roʻyxatdan oʻtkazgan organga qaytariladi va yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dublikatni berish muddati uch ish kunidan oshmasligi kerak”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 136-modda)