Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.03.2011 yildagi 94-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISTE’MOL TOVARLARI BILAN ULGURJI VA ChAKANA SAVDONI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo sohasida bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va raqobat muhitini rivojlantirish, xususiy savdo korxonalari faoliyatini, avvalo qishloq joylarda faollashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining, “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalari aksiyadorlarining “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalarini tugatish, ularning tarkibiga kirgan ulgurji va chakana korxonalar kelgusida o‘z faoliyatini mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlar sifatida amalga oshirishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalarining rahbarlari hududiy soliq organlari, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari, boshqa manfaatdor tuzilmalar ishtirokida bir hafta muddatda tugatish komissiyalarini tashkil etsinlar hamda “Matlubotsavdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatsinlar, ularning ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish, ishlab chiqarish, tayyorlov tashkilotlari va boshqa tashkilotlardagi ulushlarini xususiy mulk etib sotsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning amalda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash uchun ilovaga* muvofiq tarkibda Maxsus komissiya tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq savdosida mulkchilik munosabatlarini, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish va monopoliyadan chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 24-martdagi 125-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 14-son, 135-modda)