23.03.2011 yildagi 84-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT VA XO‘JALIK BOSHQARUVI ORGANLARI HAMDA BOSHQA TASHKILOTLARNING, SHUNINGDEK INVESTITSIYA LOYIHALARI YUZASIDAN TASHABBUS KO‘RSATISH VA AMALGA OSHIRISH UCHUN MAS’UL YIRIK KORXONALARNING TARKIBIY BO‘LINMALARINI MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2010-yil 15-dekabrdagi PQ-1442-son, “2011 — 2015-yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 21-dekabrdagi PQ-1446-son, “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida” 2010-yil 29-dekabrdagi PQ-1455-son qarorlarining va har yil qabul qilinadigan investitsiya hamda mahalliylashtirish dasturlarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan modernizatsiyalash, mahalliylashtirish va mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish va ularni amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish tizimini yanada takomillashtirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek investitsiya loyihalari yuzasidan tashabbus ko‘rsatish va amalga oshirish uchun mas’ul yirik korxonalarning tarkibiy bo‘linmalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga hamda boshqa tashkilotlarga, shuningdek investitsiya loyihalari yuzasidan tashabbus ko‘rsatish va amalga oshirish uchun mas’ul yirik korxonalarga quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan modernizatsiyalash, mahalliylashtirish va mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish va ularni amalga oshirishning tizimli jarayonini ta’minlash topshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishlarning zamonaviy texnologiyalarini joriy etishning zarurligi yuzasidan texnik auditini o‘tkazish, uning natijalariga ko‘ra asbob-uskunalarni va texnologiya jarayonlarini modernizatsiyalash loyihalari bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan hamda ishlab chiqarish o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar nomenklaturasi bo‘yicha doimiy marketing tadqiqotlarini tashkil etish, ularning natijalariga ko‘ra mahsulotlarning yangi turlarini mahalliylashtirish va ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiquvchi va ularga egalik qiluvchi xorijiy tashkilotlarni aniqlash, ularni modernizatsiyalash, mahalliylashtirish va mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha strategik sherik sifatida jalb qilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
modernizatsiyalash va tarmoqlarni, tashkilotlarni va yirik korxonalarni rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan loyihalar ro‘yxatini va moliyalashtirish manbalarini ko‘rsatgan holda mahsulotlarni chuqur mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan dasturlarni har yili yangilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tashkilotlarni rivojlantirish va modernizatsiyalashning davlat va tarmoq dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishga strategik sherik sifatida jalb qilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish maqsadida ular bilan tizimli ish olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlantirish va modernizatsiyalashning davlat va tarmoq dasturlariga kiritilgan loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq tanlov (tender) savdolarini tashkil etish va kontraktlar tuzish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya muhitini yaxshilash va tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning, shuningdek yirik korxonalarning rahbarlari ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq modernizatsiyalash, mahalliylashtirish va mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish va ularni amalga oshirishga oid vazifalarni bajarishga qodir tarkibiy bo‘linmalar mavjud bo‘lmagan taqdirda ularni xodimlarning umumiy soni doirasida tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya bo‘linmalari mavjud bo‘lgan taqdirda ularning tuzilmasini ushbu qaror talablariga muvofiq qayta ko‘rib chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud va tashkil etilayotgan investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish bo‘linmalarini tegishli sohada ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan butlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma to‘g‘risidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish bo‘yicha bo‘linmaning namunaviy tuzilmasi 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 23-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv apparatlari tuzilmasida investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish bo‘linmasi faoliyat ko‘rsatishi lozim bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek yirik korxonalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.‎

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ‎

11.

Suv xo‘jaligi vazirligi

2.‎

Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi ‎

3.‎

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ‎

4.‎

“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ‎

5.‎

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi ‎

6.‎

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi ‎

8.‎

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi ‎

9.‎

“O‘zpaxtasanoat” AJ

10.‎

O‘zbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasi ‎

12.‎

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi ‎

13.‎

O‘zbekiston farmatsevtika sanoati davlat-aksiyadorlik konserni ‎

14.‎

“O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ‎

15.‎

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi ‎

16.‎

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ‎

17.‎

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi‎

18.‎

“O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati ‎

19.‎

“O‘zsharobsanoat” AJ‎

20.‎

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎

21.‎

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ‎

22.‎

Navoiy kon-metallurgiya kombinati ‎

23.‎

“O‘zbekko‘mir” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I.Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Namunaviy nizom O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida” va “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qaroriga, Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik ko‘maklashish mablag‘larini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son va “Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarorlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Namunaviy nizom davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek investitsiya loyihalari yuzasidan tashabbus ko‘rsatish va amalga oshirish uchun mas’ul yirik korxonalarning (keyingi o‘rinlarda ijro etuvchi agentliklar deb ataladi) investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmasi (keyingi o‘rinlarda investitsiyalar departamenti (bo‘limi) deb ataladi) maqomini belgilaydi va ishini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijro etuvchi agentlikning birinchi rahbarlari departament (bo‘lim)ning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiyalar departamenti (bo‘limi) o‘z ishini ijro etuvchi agentlikning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda amalga oshiradi, shuningdek investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga hisob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ijro etuvchi agentlik o‘z faoliyati xususiyatlaridan va loyihalarni moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqib Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishgan holda ushbu Namunaviy nizomga muvofiq ijro etuvchi agentlikning birinchi rahbari tomonidan tasdiqlanadigan investitsiyalar departamenti (bo‘limi) to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Investitsiyalar departamenti (bo‘limi)ning tuzilmasi va asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ijro etuvchi agentlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan shtatdagi umumiy soni 50 nafar va undan ortiq bo‘lganda investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish bo‘yicha bo‘linma departament, ijro etuvchi agentlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan shtatdagi umumiy soni 50 nafardan kam bo‘lganda — bo‘lim shaklida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Investitsiyalar departamenti (bo‘limi)ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishlarning zamonaviy texnologiyalarga muvofiqligi yuzasidan ularning texnik auditini o‘tkazish, uning natijalariga ko‘ra faoliyat ko‘rsatib turgan ishlab chiqarishlarning asbob-uskunalarini va texnologiya jarayonlarini modernizatsiyalash bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish va loyihalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan hamda ishlab chiqarish o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar nomenklaturasi bo‘yicha doimiy marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, mahsulotlarning yangi turlarini mahalliylashtirish va ishlab chiqarish loyihalari yuzasidan tashabbus ko‘rsatish bo‘yicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiquvchi va ularga egalik qiluvchi xorijiy tashkilotlar aniqlanishini va ularni modernizatsiyalash, mahalliylashtirish va mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish loyihalari bo‘yicha strategik sherik sifatida jalb qilish uchun o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
modernizatsiyalash va tarmoqlarni, tashkilotlarni va yirik korxonalarni rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan loyihalar ro‘yxatini va moliyalashtirish manbalarini ko‘rsatgan holda mahsulotlarni chuqur mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan dasturlarni har yili yangilash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy tashkilotlarni rivojlantirish va modernizatsiyalashning davlat va tarmoq dasturlariga, har yilgi Investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishga strategik sheriklar sifatida jalb qilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish maqsadida ular bilan tizimli ish olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlantirish va modernizatsiyalashning davlat va tarmoq dasturlariga, har yilgi Investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish ishlarini tashkil etish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq tanlov (tender) savdolarini tashkil etish va loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq kontraktlarni tuzishga tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning amalga oshirilishi monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investorlar va kreditorlar bilan kelishilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarni amalga oshirish jadvallariga qat’iy rioya qilgan holda, loyihalarning o‘z vaqtida va samarali ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash uchun tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish guruhlari ishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya muhitini yaxshilash va tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash va kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Investitsiyalar departamenti (bo‘limi) texnik, iqtisodiy, moliyaviy, yuridik ma’lumotga va tegishli ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Investitsiyalar departamenti (bo‘limi)ning funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Investitsiyalar departamenti (bo‘limi) unga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishlab chiqarish jarayonlari zamonaviy texnologiyalarga muvofiqligi yuzasidan ularning texnik auditini o‘tkazish, bozor ehtiyojlarining, ilm-fan, texnika va yangi texnologiyalar yutuqlarining marketing tahlillari asosida modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash loyihalarini, mahalliylashtirish dasturini ishlab chiqish, loyiha hujjatlarini tayyorlash, shuningdek investitsiyalarni, kreditlar va grantlarni jalb etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marketing bo‘linmalari bilan birgalikda ishlab chiqariladigan va o‘zlashtirish potensial mumkin bo‘lgan mahsulotlar nomenklaturasi bo‘yicha ichki va tashqi sotish bozorlari konyunkturasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarni tizimli asosda tayyorlaydi, uning o‘rtacha va uzoq muddatli istiqbolda bozor rivojlanishini prognozlashtirishni o‘z ichiga oladigan tarkibi va dinamikasini belgilab beradigan asosiy omillarni aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika tarmoqlarining import qilinadigan mahsulotlari (xizmatlari) hajmi, tarkibi va nomenklaturasini chuqur tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili tarmoqni/tashkilotni modernizatsiyalash va rivojlantirish, loyihalar ro‘yxatini va ularni moliyalashtirish manbalarini o‘z ichiga oladigan shu jumladan mahsulotni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va yangilaydi va shu asosda — O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini shakllantirishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat tarmoqlarini, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar va iqtisodiyotning ijtimoiy sohasini rivojlantirish va modernizatsiyalash davlat va tarmoq dasturlariga kiritish uchun loyiha takliflari ro‘yxatini shakllantiradi va doimiy ravishda yangilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya taklifini va pasport, biznes-rejani, dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash/texnik-iqtisodiy asoslash, dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash/texnik-iqtisodiy hisoblash hamda loyihaning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda boshqa zarur hujjatlarni o‘z ichiga oladigan loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatda modernizatsiyalash, sanoatni rivojlantirish, mahalliylashtirish dasturlariga va har yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha investitsiya takliflarining loyiha hujjatlarini investitsiya loyihalarining yagona bazasiga kiritish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga tizimli asosda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb etilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlaydi hamda ularni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash va ushbu yo‘nalishda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlar va transmilliy korporatsiyalarning investitsiya qo‘yish va sanoat ixtisoslashuvi imkoniyatlarini tahlil qiladi, potensial investorlarning texnik va moliyaviy imkoniyatlarini o‘rganadi va shu asosda ularning investitsiyalarini aniq tarmoq va loyihaga jalb etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha jahon darajasidagi yangi ilg‘or texnologiyalarni, texnik parametrlarni va asbob-uskunalar, texnologiyalar va xizmatlarning qiymatlarini tahlil qiladi, ularning ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va doimiy ravishda yangilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish uchun memorandumlar, ta’sis hujjatlari, investitsion va moliyaviy bitimlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi va belgilangan tartibda kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini tayyorlash tarmoq jadvallarini ishlab chiqadi, kelishadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi hamda ularning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarining tayyorlanishi to‘g‘risidagi axborotni tayyorlaydi hamda uning muntazamlilik asosida Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
delegatsiyalar, missiyalar, xorijiy investorlar, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari vakillarining muvaffaqiyatli va samarali ishlashi uchun zarur tashkiliy, axborot va maslahat yordami ko‘rsatadi, shuningdek loyihalarni tayyorlash, baholash va sharhlash uchun zarur tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda ularga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida Hukumat qarorlari loyihalari tayyorlanishi, kelishilishi va tasdiqlash uchun kiritilishini ta’minlashga oid zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) investitsiya loyihalarini amalga oshirish (tenderlar o‘tkazish, kontraktlar tuzish va ularni ro‘yxatga olish, tarmoq jadvallarining, investitsiya majburiyatlarining bajarilishi), mahalliylashtirish dasturlari monitoringi sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoatni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlariga, tarmoq dasturlariga va Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallarini ishlab chiqadi, kelishadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etuvchi agentlik tuzilmasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi investitsiya loyihalari loyihani amalga oshirish tarmoq jadvaliga muvofiq ularni foydalanishga topshirishga qadar o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tender hujjatlari o‘z vaqtida ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda kelishilishini ta’minlaydi, tender (tanlov) savdolari o‘tkazilgunga qadar xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar bozori konyunkturasini marketing yo‘li bilan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan konsalting kompaniyalarini jalb etgan holda o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tender (tanlov) savdolari o‘z vaqtida o‘tkazilishini, kontraktlar tuzilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi, ularni ekspertizadan va ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, xalqaro qoidalarga hamda tegishli xalqaro moliyaviy iqtisodiy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining tartib-qoidalariga muvofiq tuzilgan kontraktlar bo‘yicha asbob-uskunalar, materiallar yetkazib berish hamda ishlar va xizmatlarni bajarish monitoringini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imzolangan kontraktlar bo‘yicha investitsiya bitimlarining xorijiy sheriklari, yetkazib beruvchilar va pudratchilar, investitsiya loyihalarini tuzilgan kontraktlarga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida moliyalashtirish bo‘yicha vakolatli banklar tomonidan majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat investitsiya dasturi va boshqa dasturlar, shu jumladan tarmoq dasturlarini shakllantirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalari amalga oshirilishi to‘g‘risidagi axborotni kelishilgan shakl bo‘yicha muntazamlilik asosida Iqtisodiyot vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalar va kreditlar jalb etilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va tahlil qilish asosida ularni tezkor bartaraf etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, investitsiyalarni jalb etish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash va ushbu yo‘nalishda ish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasida boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Investitsiyalar departamenti (bo‘limi) ijro etuvchi agentlik rahbari bilan kelishgan holda ishlarning holati va loyihalar amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalar, shuningdek ularni hal etishga doir takliflar mufassal bayon qilingan axborotni Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasiga hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentiga har choraklik asosda taqdim etadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Investitsiyalar departamenti (bo‘limi)ning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Investitsiyalar departamenti (bo‘limi) unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasida ijro etuvchi agentlik va barcha idoraviy mansub tashkilotlarning manfaatlarini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, xo‘jalik subyektlaridan, shuningdek ijro etuvchi agentlikning tegishli bo‘linmalaridan investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha axborotlar, materiallar, takliflar va xulosalarni belgilangan tartibda olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) vazirliklar, idoralar, xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, loyihalarni amalga oshirish guruhlari vakillari bilan birgalikda muammoli masalalarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish, shuningdek loyihalarni amalga oshirish jadvallaridan orqada qolish sabablarini bartaraf etish uchun uchrashuvlar tashkil etish va o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari missiyalarining ishini o‘z vaqtida va samarali tashkil etish uchun ularga zarur tashkiliy, axborot va maslahat yordami ko‘rsatish, shuningdek loyihani tayyorlash va baholash uchun zarur tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish uchun loyihalarni amalga oshirish guruhlari rahbarlari va xodimlari nomzodlari yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) investorlar va kreditorlar bilan tuziladigan protokollar, memorandumlar va boshqa hujjatlarni tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) investorlar va kreditorlar bilan erishilgan ahdlashuvlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borilishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Investitsiyalar departamenti (bo‘limi) xodimlari taqsimotga ko‘ra o‘zlari mutasaddilik qiladigan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi barbod qilinganligi uchun shaxsan javob beradilar, shuningdek yuklangan funksional vazifalarning o‘z vaqtida bajarilmaganligi va sifatsiz bajarilganligi uchun intizomiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Investitsiyalar departamenti (bo‘limi) rahbari hisobotlarda, shu jumladan loyihalarni amalga oshirish guruhlari hisobotlarida loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishning holati to‘g‘risida taqdim etiladigan ma’lumotlarning va boshqa ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Investitsiyalar departamenti (bo‘limi) xodimlari malaka oshirish, loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, davlat monitoringi jarayonlari bilan tanishish, investitsion va moliyaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha xorijiy delegatsiyalar bilan muzokaralar o‘tkazish tajribasini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida, Iqtisodiyot vazirligida, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasida, Qurilish vazirligida va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankida belgilangan tartibda stajirovkadan o‘tadilar.
(punkt 14 v redaksii postanovleniya Kabineta Ministrov 14-iyunya 2019 goda № 498 — Natsionalnaya baza dannix zakonodatelstva, 20.06.2019 g., № 09/19/498/3310)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar departamentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI

Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek yirik korxonalar markaziy apparati boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan shtatdagi umumiy soni 50 nafar va undan ortiq bo‘lganda investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma departament shaklida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-martdagi 84-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar bo‘limining

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek yirik korxonalar markaziy apparati boshqaruv xodimlarining tasdiqlangan shtatdagi umumiy soni 50 nafardan kam bo‘lganda investitsiya loyihalarini kompleks boshqarish bo‘yicha tarkibiy bo‘linma bo‘lim shaklida tashkil etiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 12-13-son, 118-modda, 50-son, 515-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; 2016-y., 14-son, 132-modda, 52-son, 602-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1019/0463-son, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son, 19.07.2018-y., 09/18/555/1540-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 20.06.2019 g., № 09/19/498/3310; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)