Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2004 18.12.2001 yildagi F-1494-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.07.2004
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoyishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“QARIYALARNI QADRLASh YILI” DAVLAT DASTURINI IShLAB ChIQISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmoyish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 24-iyuldagi PF-3467-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari va farmoyishlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” gi Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizning keksa fuqarolariga davlat va jamiyat tomonidan diqqat-e’tibor, g‘amxo‘rlik hamda ijtimoiy himoyani, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha Davlat dasturini ishlab chiqish maqsadida va 2002-yil “Qariyalarni qadrlash yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Qariyalarni qadrlash yili” Davlat dasturini ishlab chiqish bo‘yicha Respublika komissiyasi ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda bir oy muddatda “Qariyalarni qadrlash yili” Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda, qariyalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ilgari qabul qilingan hukumat qarorlarida ko‘zda tutilgan tadbirlar bajarilishini davom ettirish bilan bir qatorda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qariyalarni qadrlashdan iborat xalqimizga xos asriy an’analarni, oilada tinchlik va totuvlik, jamiyatda barqarorlik muhitini shakllantirishga qariyalarning qo‘shayotgan munosib hissasini yoritish va targ‘ib qilishda, ulardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishda oila. mahalla, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar hamda ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qariyalarni ijtimoiy himoya qilish, ularning pensiya ta’minotini takomillashtirish tibbiy, sanatoriy-kurort, kommunal-maishiy va transport xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlar, urush qatnashchilari va nogironlari to‘g‘risida g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning dori-darmon bilan va ijtimoiy jihatdan ta’minlanish darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni tubdan o‘zgartirishda, sog‘lom avlodni tarbiyalashda, boy kasbiy va hayotiy tajribaning, ezgu an’analar hamda madaniy qadriyatlarning davom ettirilishida va ularni yoshlarga yetkazishda qariyalarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar va yoshlarni ota-onalar hamda qariyalarni izzat-hurmat qilish, qadrlash va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish ruhida tarbiyalash va ta’lim berish tizimini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 18-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F-1494-son