Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 02.03.2001 yildagi PF-2815-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TEMIR YO‘L TrANSPORTINI MONOPOLIYADAN CHIQARISH VA AKSIYALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Temir yo‘l transportining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, tarmoqni monopoliyadan chiqarish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish asosida transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishni, harakatdagi sostavni texnika bilan qayta jihozlashni ta’minlash, respublika aholisiga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga temir yo‘l transporti xizmati ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar temir yo‘l transporti sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mononoliyadan chiqarish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish va temir yo‘l transporti xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘lovchilar tashish, harakatdagi sostavni, refrijerator va konteyner xo‘jaligini ta’mirlash korxonalarini bosqichma-bosqich aksiyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy infratuzilma, yuk va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish obyektlarini, ta’mirlash-qurilish, savdo va ta’minot tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish, ular negizida mulkchilikning nodavlat shakllaridagi korxonalar shu jumladan xususiy korxonalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv tizimiga va tashish jarayoni qatnashchilari o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalariga bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yo‘l kompleksini rekonstruksiya qilish, yangilash va zamonaviylashtirishga chet el investitsiyalarini keng jalb qilish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakat iqtisodiyotining samarali va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashda temir yo‘l transportining ahamiyatini kuchaytirish, temir yo‘l transporti kommunikatsiyalarini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-oktabrdagi 401-son qarori bilan tuzilgan Temir yo‘l transporti korxonalari va tashkilotlarini monopoliyadan va davlat tasarrufidan chiqarish hamda aksiyalashtirish masalalari bo‘yicha maxsus komissiyaning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuk va yo‘lovchilar tashish bo‘yicha hududiy direksiyalari hamda Orolbo‘yi bo‘limi negizida funksional tarkibiy bo‘linmalar va korxonalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuk va yo‘lovchilar tashishni tashkil etish, yo‘lovchilar va yuk tashish vagonlari, refrijerator va konteyner xo‘jaligini ta’mirlash korxonalarini bosqichma-bosqich ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuk va yo‘lovchilar tashishni tashkil etish va amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ijtimoiy obyektlarni, yordamchi va xizmat ko‘rsatish korxonalarini davlat tasarrufidan va “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan chiqarish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 Belgilab qo‘yilsinki, yuk va yo‘lovchilar tashuvchi, xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi, shuningdek yuk jo‘natuvchilar va yo‘lovchilarga transport-ekspeditorlik va servis xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqariladi va xususiylashtiriladi, shu jumladan xususiy mulk sifatida sotiladi, shuningdek turli tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va qiymatini pasaytirish maqsadida o‘z faoliyatini raqobat asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yo‘l transportining barqaror va samarali ishlashini, yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlash, ko‘rsatiladigan transport xizmatlari sifatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vokzallarda va poyezdlarda yo‘lovchilarga servis xizmati ko‘rsatish, boshqa servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mulkchilikning nodavlat shakllaridagi korxonalar, shu jumladan xususiy korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yo‘llarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning tarmoqlarini yanada rivojlantirish va ularning poyezdlar o‘tkazish qobiliyatini oshirish, yagona texnika siyosati asosida ilg‘or texnologiyalarni, menejmentning zamonaviy usullarini keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el investitsiyalarini keng jalb qilish va temir yo‘l transporti hamda xalqaro yuk va yo‘lovchilar tashish sohasida xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-martdagi PF-5971-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PF-5157-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida” 1994-yil 7-noyabrdagi PF-982-son Farmonining 2- va 4-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan o‘n kun muddatda qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 2-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2815-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 2001-y., 3-con, 54-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)