Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
FARMOYIShI
Respublika aholisi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 28-yanvardagi qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimiz” hamda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-yanvardagi majlisidagi “Asosiy vazifamiz — Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” maʼruzalarining mazmuni va ulardagi xulosalarni chuqur oʻrganishni tashkil etish maqsadida:
1. Oliy taʼlim muassasalarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda, oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimida, respublika ilmiy muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 28-yanvardagi qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimiz” hamda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-yanvardagi majlisidagi “Asosiy vazifamiz — Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” maʼruzalarining mazmuni va ulardagi xulosalarni chuqur oʻrganish boʻyicha Chora-tadbirlar kompleksi (keyingi oʻrinlarda Chora-tadbirlar kompleksi deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh tashkil etilsin.
Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
oliy taʼlim muassasalarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda, oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimida, respublika ilmiy muassasalarida, taʼlim va mutaxassisliklarning iqtisodiyot va boshqa yoʻnalishlari xususiyatlarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimiz” hamda “Asosiy vazifamiz — Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” maʼruzalarini oʻrganishni metodik taʼminlash;
zarur oʻquv va metodik adabiyotlarni, koʻrgazmali qoʻllanmalar va didaktik materiallarni, ushbu maqsadlar uchun yetakchi olimlar va amaliyotchi-iqtisodchilarni jalb etgan holda, tayyorlash va nashr etish ishlarini muvofiqlashtirish;
barcha taʼlim muassasalarida maʼruzalarni oʻrganish boʻyicha mashgʻulotlarning muntazam oʻtkazilishini taʼminlash.
3. Ishchi guruh (S.Bekenov) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi bilan birgalikda:
Chora-tadbirlar kompleksi asosida besh kun muddatda, muddatlar va masʼul shaxslarni belgilagan holda, tashkiliy tadbirlarni tayyorlasin va tasdiqlasin;
Chora-tadbirlar kompleksining sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini hamda uni amalga oshirish samaradorligining doimiy monitoringi olib borilishini taʼminlasin;
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga Chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari va vakolatxonalarida maʼruzalarning taqdimotlari oʻtkazilishini taʼminlasinlar, bunda respublikaning Inqirozga qarshi choralar dasturini 2009-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan belgilab berilgan vazifalarni amalda roʻyobga chiqarish asosida erishilgan natijalar yorqin namoyish etilishini nazarda tutsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy bankining 2010-yil aprel oyida Toshkent shahrida “Inqirozga qarshi choralar dasturining samaradorligi hamda inqirozdan keyingi rivojlantirishning ustuvor vazifalari (Oʻzbekiston misolida)” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya (keyingi oʻrinlarda Xalqaro konferensiya deb ataladi) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
6. Quyidagilar:
Xalqaro konferensiyani tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq;
Xalqaro konferensiyani oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimiz” hamda “Asosiy vazifamiz — Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” maʼruzalari asosida mamlakatimizda va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida, shuningdek Xalqaro konferensiyada, oliy taʼlim muassasalarida, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida, oʻqituvchilar malakasini oshirish institutlari va kurslarida namoyish etish uchun “Oʻzbekistonning inqirozga qarshi dasturi: dastlabki natijalar, tendensiyalar va istiqbollar” ilmiy-ommabop filmini yaratsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalqaro konferensiyani oʻtkazish hamda maʼruzalar materiallari boʻyicha ilmiy- ommabop filmni yaratish uchun asoslangan hisob-kitoblarga binoan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
9. Mazkur Farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 23-fevral,
101-f-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-fevraldagi 101-f-son farmoyishiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2010-yil 28-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimiz” hamda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-yanvardagi majlisidagi “Asosiy vazifamiz — Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” maʼruzalarining mazmuni va ulardagi xulosalarni oliy taʼlim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda, oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimida, respublikaning ilmiy muassasalarida oʻrganish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR KOMPLEKSI
| T/r | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | Masʼul bajaruvchilar |
| Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari | |||
| 1. | Oliy taʼlim muassasalarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimiz” hamda “Asosiy vazifamiz — Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” maʼruzalari nashrlari bilan, shuningdek ularning elektron versiyasi bilan zarur miqdorda taʼminlash. | 2010-yil mart | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Navoiy KMK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi |
| 2. | Taʼlim muassasalarining barcha kurslarida maʼruzalarni oʻrganish boʻyicha oʻquv dasturni ishlab chiqish va maxsus kurs joriy etish: iqtisodiy mutaxassisliklar (bakalavriat, magistratura) uchun — 8 soat hajmida (4 soat leksiya va 4 soat seminar mashgʻulotlari); boshqa mutaxassisliklar (bakalavriat, magistratura) uchun — 6 soat hajmida (4 soat leksiya va 2 soat seminar mashgʻulotlari). | 2010-yil mart-may | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar |
| 3. | Taʼlim muassasalarining maxsus kursni oʻqitish uchun jalb qilinadigan professor-oʻqituvchilar tarkibini tanlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish. | 2010 yil mart | Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi |
| 4. | Taʼlim muassasalari va ilmiy muassasalarning axborot-resurs markazlarini oʻquv, ilmiy va axborot materiallari, kitobni oʻrganish boʻyicha elektron va multimedia dasturlari bilan taʼminlash. | 2010-yil mart-aprel | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Navoiy KMK, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Fanlar akademiyasi |
| 5. | Oʻquv qoʻllanmasini tayyorlash va nashr etish, shuningdek ushbu maxsus kurs boʻyicha taqdimotning elektron versiyasini tayyorlash. | 2010-yil 10-aprelgacha | Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Fanlar akademiyasi |
| 6. | Talabalarning mashgʻulotlari va mustaqil ishlarini tashkil etish uchun yordamchi oʻquv-metodik va axborot-maʼlumotnoma materiallarni ishlab chiqish. | 2010-yil aprel | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
| 7. | Taʼlim muassasalarining rahbarlari, oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va mutaxassislar oʻrtasida maʼruzalarda bayon qilingan materiallarni, mazmuni va xulosalarni oʻrganish boʻyicha seminarlar va treninglar tashkil etish. | 2010-yil mart-may | Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi |
| 8. | Ommaviy axborot vositalarida maʼruzalardan kelib chiqadigan vazifalarga bagʻishlangan ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar eʼlon qilish ishlarini tashkil etish. Televideniye va radioda maʼruzalarda koʻtarilgan masalalar yuzasidan yetakchi iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning chiqishlarini tashkil etish. | 2010-yil mobaynida | Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 9. | Yetakchi olimlar, mutaxassislar, talabalar va oʻquvchilar ishtirokida maʼruzalar materiallari boʻyicha konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar va munozaralar tashkil etish. | 2010-yil mart-oktyabr | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, Iqtisodiy tadqiqotlar instituti |
| 10. | “Ziyonet” tarmogʻiga maʼruzalarda bayon qilingan qoidalar va xulosalarga bagʻishlangan taʼlim, metodik, ilmiy va axborot-maʼlumotnoma resurslarni joylashtirish. | 2010-yil mart | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 11. | Talabalar va oʻquvchilar oʻrtasida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga, Oʻzbekiston sharoitlarida uni bartaraf etish yoʻllari va choralariga, Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishning dastlabki natijalariga bagʻishlangan tanlovlar, viktorinalar va amaliy oʻyinlar tashkil etish. | 2010-yil mart-may | Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati |
| 12. | Jahon moliyaviy inqirozi muammolariga va uning oqibatlariga, Inqirozga qarshi cho�alar dasturini amalga oshirishning bugungi kundagi mavjud natijalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston sharoitlarida uni bartaraf etish choralariga bagʻishlangan darsliklar va monografiyalar yaratish. | 2010-yil aprel-avgust | Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
| 13. | Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirish natijalariga va inqirozdan keyingi rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bagʻishlangan ilmiy konferensiyalar oʻtkazish. | 2010-yil mart-iyun | Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi |
| 14. | Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yuzaga kelishi sabablarini oʻrganishga va uning yuz berishi mumkin boʻlgan oqibatlarini prognozlashtirishga, uni bartaraf etishga bagʻishlangan fundamental, innovatsion va amaliy-ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishni tashkil etish. | 2010-yil mobaynida | Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, idoraviy mansub oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Oliy attestatsiya komissiyasi |
| 15. | Nomzodlik va doktorlik imtihonlari dasturiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimiz” hamda “Asosiy vazifamiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” maʼruzalari boʻyicha savollar kiritish. | 2010-yil aprel | Oliy attestatsiya komissiyasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirish�i muvofiqlashtirish qoʻmitasi |
| Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi | |||
| 16. | Taʼlim muassasalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimiz” hamda “Asosiy vazifamiz — Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” maʼruzalari nashrlari bilan zarur miqdorda taʼminlash. | 2010-yil mart | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 17. | Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining barcha kurslarida maʼruzalarni oʻrganish boʻyicha 8 soat hajmida (6 soat leksiya va 2 soat seminar mashgʻulotlari) maxsus kurs kiritish. | 2010-yil mart-may | Ishchi guruh Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar |
| 18. | Maxsus kursni oʻtish uchun jalb etiladigan taʼlim muassasalarining oʻqituvchilar tarkibini tanlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish. | 2010-yil mart-aprel | Ishchi guruh, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar |
| 19. | Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining axborot-resurs markazlarini maʼruzalarni oʻrganish boʻyicha oʻquv-ilmiy va axborot materiallari, elektron va multimedia dasturlari bilan taʼminlash. | 2010-yil mart | Ishchi guruh Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar |
| 20. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimiz” hamda “Asosiy vazifamiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” maʼruzalarini oʻrganish yuzasidan doimiy monitoring joriy etish. | doimo | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi |
| 21. | Mashgʻulotlarni va oʻquvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish uchun yordamchi oʻquv-metodik hamda axborot-maʼlumotnoma materiallarni ishlab chiqish. | 2010-yil aprel | Ishchi guruh, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
| 22. | “Iqtisodiyot asoslari” fani boʻyicha oʻquv dasturiga maxsus boʻlimlarni ishlab chiqish va joriy etish. | 2010-yil aprel | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi |
| 23. | Maʼruzalarning mazmunini oʻrganish boʻyicha taʼlim muassasalarining rahbarlari va oʻqituvchilari oʻrtasida seminarlar va treninglar tashkil etish. | 2010-yil mart-may | Ishchi guruh, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar |
| 24. | Yetakchi olimlar va mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari, seminarlar va uchrashuvlar tashkil etish. | 2010-yil mart-may | Ishchi guruh, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, idoraviy mansub kasb-hunar kollejlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Fanlar akademiyasi |
| 25. | Oʻquvchilar oʻrtasida jahon- moliyaviy iqtisodiy inqirozi masalalariga, Oʻzbekiston sharoitlarida uni bartaraf etish yoʻllari va choralariga bagʻishlangan tanlovlar, viktorinalar va amaliy oʻyinlar tashkil etish. | 2010-yil aprel-may | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-fevraldagi 101-f-son farmoyishiga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oliy taʼlim muassasalarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda, oʻqituvchilarning malakasini oshirish tizimida, respublika ilmiy muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 28-yanvardagi qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimiz” hamda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 29-yanvardagi majlisidagi “Asosiy vazifamiz — Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” maʼruzalarining mazmuni va ulardagi xulosalarni chuqur oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
| Bekenov S.X. | — | Iqtisodiyot vaziri, ishchi guruh rahbari |
| Javlonov Sh.S. | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining direktori |
| Maraximov A.R. | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari |
| Axliddinov R.Sh. | — | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Alimov B.Sh. | — | Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining bosh direktori |
| Hazratqulov M. | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining bosh direktori |
| Xadjayev A.D. | — | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi |
| Muxitdinov X.A. | — | Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining bosh direktori |
| Sodiqov A.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktorining oʻrinbosari |
| Xodiyev B.Y. | — | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori |
| Vahobov A.V. | — | Bank-moliya akademiyasi rektori |
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-fevraldagi 101-f-son farmoyishiga
3-ILOVA
3-ILOVA
“Inqirozga qarshi choralar dasturining samaradorligi hamda inqirozdan keyingi rivojlantirishning ustuvor vazifalari (Oʻzbekiston misolida)” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar
DASTURI
| T/r | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | Masʼul bajaruvchilar |
| 1 | Milliy va xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda mavzular boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish. | 2010-yil fevral | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
| 2 | Konferensiya dasturini ishlab chiqish: dastlabki; uzil-kesil. | 2010-yil fevral 2010-yil 5-apreldan kechikmay | Tashkiliy qoʻmita, Iqtisodiyot vazirligi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti |
| 3 | Konferensiya qatnashchilari roʻyxatini aniqlash. | 2010-yil fevral | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
| 4 | Konferensiya qatnashchilariga taklifnomalar yuborish. | 2010-yil fevral | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
| 5 | Konferensiya qatnashchilari joylashtiriladigan joylarni aniqlash. | 2010-yil mart | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
| 6 | Konferensiya qatnashchilarini viza bilan qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish. | 2010-yil aprel | Tashqi ishlar vazirligi |
| 7 | Konferensiya qatnashchilari uchun aviachiptalarni band qilib qoʻyish. | 2010-yil mart-aprel | “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Tashkiliy qoʻmita |
| 8 | Konferensiyaga tayyorgarlikning borishini va uning oʻtkazilishini ommaviy axborot . vositalarida yoritish. | 2010-yil aprel | Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya |
| 9 | Oʻzbek, rus va ingliz tillarida maʼruzalar, bukletlar, press-relizlar va boshqa axborot materiallarini tayyorlash. | 2010-yil mart-aprel | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti |
| 10 | Konferensiya qatnashchilarini Toshkent shahri aeroportida kutib olishni tashkil etish. | Kelishiga koʻra | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
| 11 | Konferensiya qatnashchilarini joylashtirish. | Kelishiga koʻra | Tashkiliy qoʻmita.Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
| 12 | Xalqaro konferensiyani oʻtkazish. | 2010-yil aprel | Tashkiliy qoʻmita |
| 13 | Konferensiya qatnashchilari uchun rasmiy tushlik va kechki ovqat tashkil etish. | Konferensiya oʻtkaziladigan kunda | Tashkiliy qoʻmita.Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti |
| 14 | Konferensiya qatnashchilarining joʻnab ketishini tashkil etish. | Chiptalarga muvofiq | Tashkiliy qoʻmita, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAK, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
| 15 | Konferensiya yakunlari boʻyicha press-relizlar, bukletlar va boshqa axborot materiallarini tayyorlash. | 2010-yil aprel | Tashkiliy qoʻmita, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti |
| 16 | Xalqaro konferensiya materiallarini oʻzbek, rus va ingliz tillarida nashr etish. | 2010-yil may | Tashkiliy qoʻmita |
| 17 | Konferensiya qatnashchilari uchun madaniy dastur tashkil etish. | Konferensiya oʻtkazil-gandan keyin | Tashkiliy qoʻmita, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-fevraldagi 101-f-son farmoyishiga
4-ILOVA
4-ILOVA
“Inqirozga qarshi choralar dasturining samaradorligi hamda inqirozdan keyingi rivojlantirishning ustuvor vazifalari (Oʻzbekiston misolida)” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
| Azimov R.S. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Moliya vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi |
| Aripov A.N | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| Gʻaniyev E.M. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari |
| Bekenov S.X. | — | Iqtisodiyot vaziri |
| Saidova G.K. | — | Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Komilov A.X. | — | Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosa�i |
| Gʻulomov R.A. | — | Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Solihov Sh.I | — | Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti |
| Alimov B.Sh. | — | Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining bosh direktori |
| Hazratkulov M. | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining bosh direktori |
| Xadjayev A.D | — | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi |
| Shayxov A.E | — | Savdo-sanoat palatasi raisi |
| Kamolov A.S. | — | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari |
| Xamdamov R.X | — | Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari ATD mudiri |
| Boqiyev F.X. | — | Vazirlar Mahkamasi Yigʻma axborot-tahlil departamenti mudirining birinchi oʻrinbosari |
| Asqarov M.A. | — | Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari axborot-tahlil departamentining shuʼba mudiri |