Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
KORXONALAR BANKROTLIGI VA SANATSIYASI MASALALARI BOʻYIChA HUKUMAT KOMISSIYASI TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi PF-3675-sonli “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Iqtisodiy nochor korxonalar bankrotligi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi bilan qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiyalash masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi birlashtirilib, korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha yagona Hukumat komissiyasi tuzilsin.
2. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
3. Hukumat komissiyasining raisi (R. S. Azimov) bir hafta muddatda korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
5. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 29-sentabrdagi PF-2720-son Farmoniga 3 va 4-ilovalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 29-oktabrdagi F-776-son Farmoyishi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 31-yanvar,
PF-3204-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 13-modda)