Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 23.12.2003 yildagi PF-3367-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 23.12.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyalash va kreditlash tizimini yanada takomillashtirish hamda soddalashtirish, kredit resurslarini shakllantirish manbalaridan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi” (Biznes-fond) aksiyadorlik jamiyati va “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat banki muassislarining quyidagi taklifi qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes-fondni qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes-fondning 2004-yil 1-yanvardagi holatiga koʻra kredit resurslari qoldiqlarini “Tadbirkor” ATBga topshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Biznes-fond tomonidan “Tadbirkor” ATBga topshiriladigan mablagʻlar kichik va xususiy tadbirkorlik obyektlariga quyidagi maqsadlar uchun kredit resurslar tarzida ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi kichik korxonalar va yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlarining dastlabki (boshlangʻich) kapitalini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkor” ATB hamda lizing kompaniyalar oʻrtasida tuzilgan bosh bitimlarga muvofiq kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun texnika va uskunalar lizingi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkor” ATB mazkur kredit resurslarini tijorat banklari va lizing kompaniyalariga muddatli, toʻlovli va soʻzsiz qaytarish sharti bilan bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2004-yilning 1-yanvaridan boshlab ilgari Biznes-fond resurslarini shakllantirishga ajratilgan mablagʻlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar — 1991-yilga qadar koʻrilgan koʻp xonali turar joy binolarini kapital taʼmirlashni, shuningdek umumtaʼlim maktablari hamda maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini kapital taʼmirlash va jihozlashni moliyalash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga oʻtkaziladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan — yangi ish joylarini yaratish loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari vositasida kichik tadbirkorlik subyektlarini kreditlash orqali Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi dasturlarini moliyalashga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash fondi (Biznes-fond)ni tashkil etish haqida” 1995-yil 26-iyuldagi PF-1208-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmon ijrosi yuzasidan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 23-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3367-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 11-12-son, 186-modda; 2006-y., 27-son, 246-modda; 2013-y., 14-son, 175-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda)