20.02.2007 yildagi PQ-587-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HAZRATI IMOM (HASTIMOM) JAMOATCHILIK JAMGʻARMASINI QOʻLLAB-QUVVATLASH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida joylashgan, xalqimiz maʼnaviy merosining uzviy bir qismi boʻlgan Hazrati Imom (Hastimom) meʼmoriy majmuasi yurtimiz va musulmon olamida katta obroʻ-eʼtibor qozongan tabarruk maskan hisoblanadi. Majmua tarkibidagi Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon va Moʻyi muborak madrasalari, Tilla shayx va Namozgoh masjidlari kabi tarixiy obidalar xalqimiz tomonidan asrlar davomida asrab-avaylab kelinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu qutlugʻ dargoh diyorimizda muqaddas islom dini va falsafasini, uning insonparvarlik gʻoyalarini keng yoyishda yirik ilmiy-maʼrifiy markaz boʻlib xizmat qilayotganini, ayniqsa, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasida saqlanayotgan Qurʼoni karimning eng qadimiy va moʻtabar nusxalaridan biri boʻlgan mashhur Usmon Qurʼoni, shuningdek, ming-minglab noyob qoʻlyozmalar jahon jamoatchiligining eʼtiborini oʻziga tortib kelayotganini taʼkidlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hazrati Imom majmuasining tariximiz, maʼnaviy hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini inobatga olib hamda uning asl tarixiy qiyofasini tiklash, bu yerda keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, majmuaning infratuzilmasini har tomonlama rivojlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar akademiyasi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi hamda bu savobli ishga hissa qoʻshish va unda ishtirok etish istagini bildirgan jismoniy va yuridik shaxslarning tashabbusi bilan Toshkent shahar hokimligi qoshida Hazrati Imom (Hastimom) jamoatchilik jamgʻarmasi taʼsis etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin va keng jamoatchilikning mazkur jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning mamlakatimizdagi tashkilotlar, idoralar, korxonalar, tijorat banklari va boshqa muassasalardan iborat homiylar guruhi ilovaga muvofiq eʼtiborga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jamgʻarma Hazrati Imom majmuasida qurilish-taʼmirlash, qayta tiklash va obodonlashtirish ishlari olib boriladigan davrda buyurtmachi sifatida faoliyat yuritishi, uning asosiy vazifasi majmua hududida amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash, qayta tiklash va obodonlashtirish ishlariga koʻmaklashish uchun zarur mablagʻlarni toʻplash va ularning maqsadli ravishda sarflanishini taʼminlashdan iborat ekani belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jamgʻarma notijorat tashkilot boʻlib, unga notijorat tashkilotlar uchun qonunchilikda koʻzda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 15 kun muddatda Hazrati Imom jamoatchilik jamgʻarmasining Nizomini oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Hazrati Imom jamoatchilik jamgʻarmasining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 500 million soʻm miqdorida mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Hazrati Imom majmuasida amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash, qayta tiklash, obodonlashtirish, uning infratuzilmasini rivojlantirish bilan bogʻliq ishlarni muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 20-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-587-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi PQ-587-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hazrati Imom jamoatchilik jamgʻarmasining homiylar guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi‎
2.‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi‎
3.‎ “Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi‎
4.‎ “Oʻzbekyengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi‎
5.‎ “Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi ‎
6.‎ “Oʻzbekneftegaz” davlat aksiyadorlik kompaniyasi‎
7.‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki‎
8.‎ Olmaliq kon-metallurgiya kombinati‎
9.‎ Navoiy kon-metallurgiya kombinati‎
10.‎ “Oʻzmetkombinat” birlashmasi‎
11.‎ “Oʻzavtosanoat” kompaniyasi‎
12.‎ “Asaka” bank‎
13.‎ “Ipotekatbank”‎
14.‎ “Paxtabank”‎
15.‎ “Kapitalbank”‎
16.‎ “Oʻzsanoatqurilishbank”‎
17.‎ “Gʻallabank”‎
18.‎ “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi‎
19.‎ “Oʻzbekinvest” kompaniyasi‎
20.‎ “Savdogarbank” ‎
21.‎ Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi‎
22.‎ “Fayz” kompaniyasi‎
23.‎ “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” kompaniyasi‎
24.‎ “Ipak yoʻli” banki‎
25.‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi‎
26.‎ “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmasi‎