Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI HUZURIDA “MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT” MARKAZINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash ishlarini kuchaytirish, taʼlim muassasalarining oʻquvchi va talabalarini kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek talaba yoshlarning dam olishini mazmunli tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi hamda Oʻzbekiston yoshlarining “Kamolot” ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining Toshkent shahridagi “Yoshlik” talabalar shaharchasining “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) aylantirish yoʻli bilan uni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida va talabalar (oʻquvchilar)ning turar joylarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar olib borish;
taʼlim tizimiga maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning samarali uslublarini joriy etish, oʻquvchi yoshlarning dam olishini tashkil etishga metodik yordam koʻrsatish hamda ularning maʼnaviy va uygʻun kamol topishi bilan bogʻliq qiziqishlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish;
yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularni giyohvandlikdan, axloqsizlikdan, ekstremistik markazlarning chetdan kirib kelayotgan halokatli taʼsirlari va tahdidlaridan hamda saviyasi past “ommaviy madaniyat”ning, reaksion mafkuralar va shiorlarning halokatli taʼsiridan himoya qilish, sogʻlom avlodni voyaga yetkazish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish;
yoshlar oʻrtasida ommaviy axborot-tushuntirish ishlarini va huquqiy targʻibotni tizimli asosda tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Markazning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazining 2-ilovaga* muvofiq tarkibdagi Jamoatchilik kengashi tashkil etilsin.
* 2-ilova berilmaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi yordamida bir oy muddatda Markazning ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda Toshkent shahar, Talabalar koʻchasi, 70-uyda joylashgan binoning Toshkent davlat texnika universiteti balansidan, shuningdek Toshkent shahridagi “Yoshlik” talabalar shaharchasining qayta tashkil etilayotgan “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi mol-mulki Markaz balansiga bepul berilishini belgilangan tartibda taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda Markaz xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari va shartlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Markazni zarur ixtisoslikka ega boʻlgan malakali kadrlar bilan taʼminlash, shuningdek uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilansinki, Markaz faoliyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari va hadyalari, xoʻjalik faoliyatidan va pulli xizmatlar koʻrsatishdan olingan mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
2011-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzishda “Madaniyat va ommaviy axborot vositalari” sohasi uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida Markaz taʼminoti uchun zarur budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni nazarda tutsin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1 ta yengil xizmat avtomobilini saqlashga limit belgilasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 12-yanvar,
11-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-yanvardagi 11-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 9-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2018-y., 09/18/736/1886-son)