O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2006 YIL HOSILI UChUN KUZGI BOShOQLI DON EKINLARINI EKISh, NAVLARNI JOYLAShTIRISh VA XARID QILIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mamlakatimizda g‘alla mustaqilligi milliy Dasturini bajarish borasida kompleks ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Yuqori sifatli urug‘lik materiallar o‘zimizda yetishtirilishi yo‘lga qo‘yildi, agrotexnologiyaning ilg‘or usullari va qishloq xo‘jaligi xodimlari mehnatini rag‘batlantirish tizimi joriy etilmoqda. Natijada boshoqli ekinlar yetishtirish muttasil ko‘payib, hosildorligi ortib bormoqda, don sifati va uning iste’mol xususiyatlari yaxshilanmoqda.
Masalan, joriy yilda Izboskan, Paxtaobod, Romitan, Do‘stlik, Kasbi, Oqdaryo, Sariosiyo va Toshloq tumanlarida o‘rtacha hosildorlik gektariga 65—75 sentnerni tashkil qildi, bir qator xo‘jaliklarda esa bundan ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi, bu esa ularning yuksak rentabellik bilan ishlashlarini ta’minlamoqda.
Shu bilan birga mahalliy tuproq iqlim sharoitlariga moslashmagan navlarni tanlashdan, yerlarni ekin ekishga sifatsiz tayyorlash, boshoqli ekinlarni oqilona joylashtirmaslik, ekish muddatlariga hamda agrotexnika tadbirlari kompleksiga rioya etmaslikdan boshlab ekinni parvarish qilish agrotexnikasini qo‘pol ravishda buzishdan iborat mavjud faktlarni qat’iyan qoralamoq lozim. Qonliko‘l, Konimex, Mirzaobod, Ohangaron, Oxunboboyev va boshqa tumanlarning bir qator xo‘jaliklarida mavjud bo‘lgan mana shunday noto‘g‘ri amaliyot oqibatida sug‘orma yerlarning har gektaridan atigi 10—15 sentnerdan olingan hosil xo‘jaliklarning sarf-xarajatlarini qoplamayapti, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli yomonlashib bormoqda.
Kuzgi boshoqli don ekinlari ekishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, ularning navlarini oqilona joylashtirish, shuningdek kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda serhosil va tezpishar navlarni tanlashga, ekishni eng maqbul muddatlarda o‘tkazish hamda agrotexnika tadbirlarining butun kompleksini tashkil qilishga alohida e’tibor qaratgan holda xo‘jaliklarning to‘plangan ijobiy tajribasini umumlashtirsin va tatbiq qilsin.
2. Boshoqli don ekinlarini parvarish qilishda qo‘pol xatoliklar va agrotexnika tadbirlarini o‘tkazishni sust tashkil etish hollari aniqlangan Qonliko‘l (Ibrohimov), Konimex (Istamov), Mirzaobod (Boboqulov), Ohangaron (Mirzaboyev) va Oxunboboyev (Omonov) tumanlari hokimlarining ishi qoniqarsiz deb topilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari boshoqli don ekinlarini parvarish qilish agrotexnikasini buzish hollarini amaliy ravishda ko‘rib chiqib, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish va bundan buyon shunday xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ta’sirchan choralar ko‘rsin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining g‘allakor xo‘jaliklar bilan don mahsulotlari korxonalari o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida tayyorlangan:
2006-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlar hamda ularning tezpishar va serhosil navlarini joylashtirish to‘g‘risida 1-ilovaga muvofiq;
2006-yil hosilidan 2 va 3-ilovalarga muvofiq yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urug‘ligi tayyorlash va yetkazib berish hajmlari to‘g‘risidagi;
boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish hamda Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari tomonidan 2006-yil hosilidan superelita urug‘lik tayyorlanishi to‘g‘risida 4-ilovaga muvofiq takliflari qabul qilinsin.
4. Kuzgi ekishga boshoqli don ekinlarining sifatli, kalibrlangan, sertifikatlangan urug‘larini tayyorlash hamda sug‘oriladigan yerlarda asosan birinchi klassdan past bo‘lmagan birinchi-ikkinchi reproduksiyali urug‘lar va lalmi yerlarda uchinchi reproduksiyadan past bo‘lmagan urug‘lar ekilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi zimmasiga yuklansin.
Tovarbop don, kalibrlanmagan, sifatsiz tayyorlangan va dorilanmagan urug‘larni ekish, nazarda tutilmagan navlarni joylashtirish hamda ularni ishlov berishga yaroqsiz yerlarga ekish taqiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev:
boshoqli don ekinlari navlarini tasdiqlangan tarzda joylashtirishga muvofiq agrotexnika tadbirlariga rioya etilishi, sug‘oriladigan yerlarda kuzgi don ekinlari ekishni 2005-yil 20-oktabrgacha va lalmi yerlarda 15-noyabrgacha tugallanishi tashkil qilinishi ustidan nazoratni;
tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan holda, g‘alla ekadigan xo‘jaliklarga boshoqli don ekinlarining yuqori sifatli urug‘ligi, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va kimyoviy preparatlarni o‘z vaqtida yetkazib berish borasidagi ishlar muvofiqlashtirilishini;
yerlarning sifatli tayyorlanishini, moddiy resurslarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga, nazarda tutilgan navlar joylashtirilishi va kuzgi don ekish muddatlariga rioya etilishini ta’minlamayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan qattiq intizomiy javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan birgalikda 2006-yil hosili doniga xarid narxlari tasdiqlangunga qadar 2005-yil hosili doniga o‘rtacha shakllangan narxlar bo‘yicha texnologiya kartalariga muvofiq muddatlar va kutilayotgan xarajatlar (shu jumladan urug‘lik qiymati)ga binoan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlari yetishtirishga kredit bersin.
Belgilansinki, qishloq xo‘jalik korxonalariga boshoqli don ekinlari yetishtirish sarf-xarajatlarini moliyalashtirishga ajratiladigan kreditlar o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash uchun qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari birinchi navbatda davlat ehtiyojlari uchun g‘alla xarid qilish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarishlari zarur.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zstandart” agentligi ikki oy muddatda don ekinlarining yanada takomillashtirilgan texnikaviy ko‘rsatkichlar va yuqori iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lgan serhosil, tezpishar, issiqqa chidamli navlarini joriy etganlik uchun topshiriladigan don sifatiga qarab haq to‘lashning tabaqalashtirilgan stavkalarini nazarda tutgan holda qishloq xo‘jalik korxonalarini rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
8. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi shu yilning 10-sentabrigacha respublikaning elita-urug‘chilik xo‘jaliklari buyurtmanomalari bo‘yicha 2005-yilda kuzgi ekish uchun xorijiy ilmiy muassasalardan 240 tonna hajmida boshoqli don ekinlarining superelita urug‘lari keltirilishini ta’minlasin.
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi olib kelinayotgan bug‘doyning superelita urug‘lari uchun istisno tariqasida bojxona to‘lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 23-avgust,
PQ-160-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 23-avgustdagi PQ-160-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2006-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarining tezpishar va serhosil navlarini joylashtirish
| | | | | | | | | |
(ming ga) | |
| Mintaqalarda | Ekin maydoni | Shu jumladan sug‘oriladigan yerlarda: | ||||||||
| hammasi | shu jumladan | Kroshka | Polovchanka | Chillaki | Kupava | Umanka | Krasnodar - 99 | Pal-Pich | ||
| sug‘oriladigan yerlarda | lalmi yerlarda | |||||||||
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 53,0 | 53,0 | — | 15,5 | 34,2 | — | — | — | 0,7 | 1,8 |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | |
| Andijon | 74,0 | 74,0 | — | 28,8 | 26,8 | 8,8 | — | — | 6,4 | 1,6 |
| Buxoro | 61,0 | 61,0 | — | 24,5 | 12,5 | — | — | — | — | 0,2 |
| Jizzax | 176,0 | 106,0 | 70,0 | 52,8 | 32,1 | 11,5 | 2,5 | — | 2,8 | 2 |
| Qashqadaryo | 205,0 | 142,0 | 63,0 | 26,3 | 39,8 | 20,3 | 18,1 | 20,7 | 2,8 | 2,5 |
| Navoiy | 40,8 | 38,0 | 2,8 | 15,4 | 18,5 | — | 2,2 | — | 0,2 | 0,6 |
| Namangan | 74,0 | 74,0� | — | 44,1 | 1,1 | 19,5 | — | — | — | — |
| Samarqand | 152,0 | 103,0 | 49,0 | 67,4 | 3,1 | 11,4 | 6,2 | 5,6 | 1,2 | 2,7 |
| Surxondaryo | 99,2 | 95,0 | 4,2 | 36,3 | 47,9 | — | — | 1,1 | 4,3 | 2,4 |
| Sirdaryo | 85,0 | 85,0 | — | 49,4 | 13,1 | 16,1 | — | — | 1,5 | 2,6 |
| Toshkent | 129,5 | 115,5 | 14,0 | 66,9 | 32,8 | 2,2 | — | — | 1,5 | 2,2 |
| Farg‘ona | 105,5 | 105,5 | — | 30,5 | 25,5 | 25,0 | — | — | 0,2 | 2,4 |
| Xorazm | 31,0 | 31,0 | — | 15,7 | 5,5 | — | 5,2 | — | — | — |
| Jami | 1286,0 | 1083,0 | 203,0 | 473,6 | 292,9 | 114,8 | 34,2 | 27,4 | 21,6 | 21,0 |
Davomi
| | | | | | | | | |
(ming.ga) | |
|
Mintaqalar |
Shu jumladan sug‘oriladigan yerlarda: | |||||||||
| Selyanka | Hosildor | Mars-1 | Starshina | Intensiv | G‘ayrat | Yonbosh | Boshqa navlar | Yangi navlar | Arpa | |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | — | — | — | 0,1 | — | — | 0,1 | — | — | 0,5 |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | |
| Andijon | — | — | — | — | — | — | — | — | 0,5 | 1,0 |
| Buxoro | 15,8 | — | — | 5,8 | — | — | 0,3 | 0,8 | 1,0 | |
| Jizzax | — | — | 1,2 | — | — | — | — | — | — | 1,0 |
| Qashqadaryo | — | 2,4 | — | 2,2 | 2,6 | — | — | 0,6 | 1,4 | 2,1 |
| Navoiy | — | — | — | — | — | — | — | — | — | 1,0 |
| Namangan | — | — | — | — | — | 6,0 | — | — | 1,4 | 1,0 |
| Samarqand | — | 0,1 | 3,1 | — | — | — | — | 0,4 | 0,7 | 1,0 |
| Surxondaryo | — | — | 1,5 | — | — | — | — | — | 0,4 | 1,0 |
| Sirdaryo | — | 1 | — | — | — | — | — | — | 0,2 | 1,0 |
| Toshkent | — | 1 | 0,8 | 0,8 | 3,5 | — | — | — | 2,7 | 1,0 |
| Farg‘ona | 0,9 | 10,1 | 2,1 | — | — | — | 4,4 | — | 3,3 | 1,0 |
| Xorazm | — | — | 0,8 | — | 1,8 | — | — | 0,3 | 1 | 0,5 |
| Jami | 16,7 | 14,6 | 9,5 | 8,9 | 7,9 | 6,0 | 4,5 | 1,5 | 12,4 | 13,9 |
Davomi
| | | | | | | | | |
(ming. ga) | |
|
Mintaqalar |
Shu jumladan sug‘oriladigan yerlarda: | |||||||||
| Roj | Surxak-5688 | Krasnovodopad | Sanzar-4,6,8 | Mars-1 | Tezpishar | Ko‘kbuloq | Intensivnaya | Boshqa navlar | Arpa | |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 0,1 | — | — | — | — | — | — |
— |
— |
— |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | |
| Andijon | 0,1 | — | — | — | — | — | — | — | — |
— |
| Buxoro | 0,1 |
— |
— | — |
— |
— | — | — |
— |
— |
| Jizzax | 0,1 | 41,7 | 9,0 |
— |
— | 4,4 | — | — | 1,6 | 13,3 |
| Qashqadaryo | 0,2 | — | 14,4 | 17,4 | 6,8 | 1,7 | — | — | 3,3 | 19,4 |
| Navoiy | 0,1 | 0,4 | 2,4 | — | — | — | — | — | — |
— |
| Namangan | 0,1 | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Samarqand | 0,2 | 2,1 | — | — | — | 4,1 | 8,7 | 0,4 | 24,7 | 9,0 |
| Surxondaryo | 0,1 | — | — | — | 3,8 | — | — | — | 0,4 | — |
| Sirdaryo | 0,1 | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Toshkent | 0,1 | — | — | 5,4 | — | — | — | 7,0 | 0,6 | 1,0 |
| Farg‘ona | 0,1 | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Xorazm | 0,2 | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Jami | 1,6 | 44,2 | 25,8 | 22,8 | 10,6 | 10,2 | 8,7 | 7,4 | 30,6 | 42,7 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 23-avgustdagi PQ-160-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
2006-yilda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan boshoqli don ekinlarining yuqori sifatli urug‘ini tayyorlash hajmi
| | |
(ming tonna) | |
| Mintaqalar | Boshoqli don ekinlari urug‘i tayyorlash, hammasi | Shu jumladan: | |
| sug‘oriladigan yerlar uchun urug‘lik tayyorlash | lalmi yerlar uchun urug‘lik tayyorlash | ||
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 3,0 | 3,0 | — |
| viloyatlar: | | | |
| Andijon | 98,0 | 9,8 | — |
| Buxoro | 14,2 | 14,2 | — |
| Jizzax | 19,1 | 10,0 | 9,1 |
| Qashqadaryo | 40,6 | 32,4 | 8,2 |
| Navoiy | 4,4 | 4,0 | 0,4 |
| Namangan | 18,5 | 18,5 | — |
| Samarqand | 27,1 | 20,7 | 6,4 |
| Surxondaryo | 17,2 | 16,7 | 0,5 |
| Sirdaryo | 3,0 | 3,0 | — |
| Toshkent | 18,8 | 17,0 | 1,8 |
| Farg‘ona | 25,4 | 25,4 | — |
| Xorazm | 7,8 | 7,8 | — |
| Jami | 297,1 | 270,7 | 26,4 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 23-avgustdagi PQ-160-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
2006-yilda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan sug‘oriladigan yerlar uchun boshoqli don ekinlarining yuqori sifatli urug‘i yetkazib berilishi hajmi
| | | |
(ming tonna) |
| Mintaqalar |
Hammasi |
Shu jumladan: | |
| “Andijondon-mahsulot” korxonalaridan yetkazib berish | boshqa viloyatlarning xo‘jaliklari tomonidan urug‘lik sifatida qaytarilgan holda ekish konditsiyalariga yetkazish maqsadida “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimi korxonalariga yetkazib berish | ||
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 13,2 | 10,2 | 30 |
| viloyatlar: | | | |
| Andijon | 18,5 | 18,5 | — |
| Buxoro | 15,2 | 1,0 | 14,2 |
| Jizzax | 26,5 | 16,5 | 10 |
| Qashqadaryo | 35,5 | 3,1 | 32,4 |
| Navoiy | 9,5 | 5,5 | 4,0 |
| Namangan | 18,5 | — | 18,5 |
| Samarqand | 25,8 | 5,1 | 20,7 |
| Surxondaryo | 23,7 | 7,0 | 16,7 |
| Sirdaryo | 21,3 | 18,3 | 3 |
| Toshkent | 28,8 | 11,8 | 17 |
| Farg‘ona | 26,4 | 1,0 | 25,4 |
| Xorazm | 7,8 | — | 7,8 |
| Jami | 270,7 | 98,0 | 172,7 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 23-avgustdagi PQ-160-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari tomonidan 2006-yil hosilidan boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va superelita urug‘lik tayyorlash
| | | | | | | | | | | |
(maydon-ga, urug‘lik-tonna) | |||
| Mintaqalar | Shu jumladan sug‘oriladigan yerlarda navlar bo‘yicha: | |||||||||||||
| Hammasi | Polovchanka | Kroshka | Chillaki | Umanka | Andijon-1 | Andijon-2 | ||||||||
|
ga |
tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 90 | 270 | 10 | 30 | — | — | — | — | — | — | 10 | 30 | 10 | 30 |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | | | | | |
| Andijon | 100 | 300 | 10 | 30 | 10 | 30 | 10 | 30 | 10 | 30 | 5 | 15 | 10 | 30 |
| Buxoro | 90 | 270 | 10 | 30 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Jizzax | 1285 | 855 | 10 | 30 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Qashqadaryo | 785 | 855 | 10 | 30 | 10 | 30 | 10 | 30 | 10 | 30 | 5 | 15 | 5 | 15 |
| Navoiy | 70 | 210 | 10 | 30 | — | — | 5 | 15 | — | — | — | — | 20 | 60 |
| Namangan | 115,5 | 346,5 | — | — | 32 | 96 | 15 | 45 | — | — | — | — | — | — |
| Samarqand | 503 | 510 | 10 | 30 | 5 | 15 | — | —� | — | — | 5 | 15 | — | — |
| Surxondaryo | 200 | 600 | 35 | 105 | 45 | 135 | — | — | 10 | 30 | — | — | — | — |
| Sirdaryo | 55 | 165 | 10 | 30 | 10 | 30 | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Toshkent | 78 | 234 | 5 | 15 | 16 | 48 | 2 | 6 | — | — | — | — | — | — |
| Farg‘ona | 120 | 360 | — | — | — | — | — | — | — | — | 10 | 30 | 20 | 60 |
| Xorazm | 50 | 150 | 1 | 3 | 1 | 3 | — | — | — | — | — | — | 3 | 9 |
| Jami | 3541,5 | 5125,5 | 121 | 363 | 129 | 387 | 42 | 126 | 30 | 90 | 35 | 105 | 68 | 204 |
Davomi
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
(maydon-ga, urug‘lik-tonna) | |||
| Mintaqalar | Shu jumladan sug‘oriladigan yerlarda navlar bo‘yicha: | |||||||||||||||||||
|
Andijon-4 |
Mars-1 | Bobur | Shavkat | Yonbosh | Zomin-1 | G‘ayrat | Bo‘zqal’a | Madaniyat | Yangi navlar | |||||||||||
| ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | — | — | — | — | 5 | 15 | — | — | 20 | 60 | 10 | 30 | — | — | 25 | 75 | — | — | — | — |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Andijon | 10 | 30 | 10 | 30 | 10 | 30 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | 15 | 45 |
| Buxoro | — | — | — | — | — | — | 15 | 45 | — | — | 25 | 75 | — | — | — | — | 40 | 120 | — | — |
| Jizzax | — | — | — | — | — | — | 20 | 60 | 15 | 45 | 30 | 90 | — | — | — | — | — | — | 10 | 30 |
| Qashqadaryo | 5 | 15 | — | — | 5 | 15 | 20 | 60 | — | — | 40 | 120 | — | — | — | — | 40 | 120 | 25 | 75 |
| Navoiy | — | — | 10 | 30 | 5 | 15 | 10 | 30 | — | — | 10 | 30 | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Namangan | — | — | — | — | — | — | 10 | 30 | 5 | 15 | 20 | 60 | 25 | 75 | — | — | — | — | 8,5 | 25,5 |
| Samarqand | — | — | 15 | 45 | — | — | 15 | 45 | — | — | 20 | 60 | ?? — | — | — | — | — | — | 33 | 100 |
| Surxondaryo | — | — | — | — | — | — | 20 | 60 | — | — | 30 | 90 | — | — | — | — | 40 | 120 | 20 | 60 |
| Sirdaryo | — | — | — | — | — | — | 10 | 30 | 5 | 15 | 20 | 60 | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Toshkent | — | — | — | — | — | — | 25 | 75 | — | — | 30 | 90 | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Farg‘ona | — | — | — | — | 10 | 30 | 40 | 120 | — | — | 40 | 120 | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Xorazm | — | — | — | — | — | — | 10 | 30 | — | — | 10 | 30 | — | — | 25 | 75 | — | — | — | — |
| Jami | 15 | 45 | 35 | 105 | 35 | 105 | 195 | 585 | 45 | 135 | 285 | 855 | 25 | 75 | 50 | 150 | 120 | 360 | 111,5 | 335,5 |
Davomi
| | | | | | | | | | | | |
(maydon-ga, urug‘lik-tonna) | ||||
| Mintaqalar | Shu jumladan sug‘oriladigan yerlarda navlar bo‘yicha: | |||||||||||||||
| Oq bug‘doy | Sanzar-6 | Mars-1 | Tezpishar-512 | Surxak 5688 | Zumrad | Marvarid | Leukurum-3 | |||||||||
| ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Andijon | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Buxoro | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Jizzax | 100 | 50 | 100 | 50 | — | — | 300 | 150 | 500 | 250 | 100 | 50 | 60 | 30 | 40 | 20 |
| Qashqadaryo | 50 | 25 | 200 | 100 | 300 | 150 | 50 | 25 | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Navoiy | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Namangan | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Samarqand | 100 | 50 | — | — | — | — | 200 | 100 | 100 | 50 | — | — | — | — | — | — |
| Surxondaryo | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Sirdaryo | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Toshkent | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Farg‘ona | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Xorazm | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Jami | 250 | 125 | 300 | 150 | 300 | 150 | 550 | 275 | 600 | 300 | 100 | 50 | 60 | 30 | 40 | 20 |