O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI” DAVLAT KORXONASINING USTAVIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qarorini bajarish yuzasidan hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi ishining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashda ijro etuvchi organ faoliyatini va xodimlarning moddiy manfaatdorligini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-yanvar,
4-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 4-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 2.2-bandning 2.2.9-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2.2.9. O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida qimmatbaho metallar, uran hamda ularga yo‘ldosh foydali qazilmalarga oid geologiya-qidiruv ishlarini bajarish”.
2. 3.12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3.12.Bosh direktor Kuzatuvchi kengash bilan kelishgan holda Kombinat xodimlarining ish haqi miqdorini tasdiqlaydi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 1-2-son, 6-modda)