Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 31.12.2010 yildagi 325-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Hujjat 04.05.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-avgustdagi PQ-1392-son qarori)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-avgustdagi PQ-1392-son qarorini bajarish yuzasidan hamda haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish, haydovchilik guvohnomalari berish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qoʻyilsinki, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash davlat taʼlim muassasalari, shuningdek Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Transkasb” uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Avtomotohavaskorlar koʻngilli jamiyati, “Avtotest Report” MChJ va ustav fondida ulushlarning (aksiyalarning) kamida 51 foizi “Avtotest Report” MChJga tegishli boʻlgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-apreldagi 106-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 17-son, 209-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Transkasb” uyushmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Avtomotohavaskorlar koʻngilli jamiyati bilan birgalikda barcha toifalardagi haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun oʻquv rejalari va dasturlarini qayta ishlab chiqsinlar, bunda yuk va yoʻlovchilar tashishda qatnashuvchi haydovchilar tarkibini tayyorlashni takomillashtirishga alohida eʼtibor bersinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 545-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 31-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
325-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) qarorning nomidagi “avtomototransport vositalarini” soʻzlari “avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 3-band chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni oʻtkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (1-ilova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Nizomning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni oʻtkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Ushbu Nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish, shuningdek Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb ataladi) boʻlinmalarida imtihonlarni oʻtkazish hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini berish tartibini belgilaydi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 5-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar tirkamaning ruxsat berilgan eng koʻp massasi “V” toifaga tegishli boʻlgan jihozlangan avtomobilning massasidan ortiq boʻlmasa, transport vositalari bunday tarkibining ruxsat berilgan eng koʻp massasi esa 3500 kilogrammdan ortiq boʻlmasa, u holda bunday vositani boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasida “V” ustunida ruxsat beruvchi belgi qayd etilishi yetarlidir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) II boʻlimning nomi va 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“II. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalariga qoʻyiladigan talablar va ushbu muassasalarni hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat taʼlim muassasasi haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oʻz faoliyati boshlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda YHXBB deb ataladi)ning xulosasini oladi. Davlat taʼlim muassasasi YHXBBga oʻzi qarashli boʻlgan davlat organi orqali belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosa chiqarilgunga qadar YHXBB qarori asosida tekshiruv komissiyasi tomonidan haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasasining moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazasi har tomonlama koʻrikdan oʻtkaziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“hokimliklar” soʻzidan keyin “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Komissiya ishiga haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi boshqa mutaxassislar, shu jumladan boshqa taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari, shuningdek tasarrufida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar vakillari ham jalb qilinishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 8 — 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Komissiya tomonidan tekshirilayotgan taʼlim muassasasining quyidagi talablarga javob berishi oʻrganib chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamida 48 kv m maydonga ega boʻlgan oʻquv xonalari mavjudligi, qishda isitilishi va yoritilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv transport vositalarini saqlash uchun maydoncha va ularni tuzatish uchun alohida usti yopiq joy mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv xonalari moddiy-texnika bazasining Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq taʼminlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasasining ish rejasiga kiritilgan avtomobilni boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni toʻliq oʻtkazish uchun yetarli darajada yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandis-pedagoglar, instruktorlar hamda ishlab chiqarish ustalarining maʼlumoti va bilim darajasi, shuningdek oʻquv xonalarining haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash darslarini oʻtkazishga tayyorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilikka nomzodlarga amaliy boshqarishni oʻrgatish uchun belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan yopiq maydoncha, avtodrom mavjudligi yoki undan foydalanish toʻgʻrisida shartnoma borligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv transport vositalarining texnik holati, ularning qoʻshimcha tepki (pedal)lari hamda taniqlik belgilari bilan jihozlanganligi va boshqa masalalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasasining unga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan oʻquv xonalari, ulardagi jihozlar va mashq avtomobillaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Taʼlim muassasasining ushbu Nizom talablariga muvofiqligi oʻrganib chiqilishi yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi va hududiy YHXB boshligʻi tomonidan tasdiqlanib, YHXBBga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma toʻrt nusxada tuziladi va hududiy YHXBda, roʻyxatdan oʻtkazish-imtihon boʻlimida (keyingi oʻrinlarda RIB deb ataladi) yoki YHXBBning tumanlararo RIBlarida (keyingi oʻrinlarda TRIB deb ataladi), Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarida hamda taʼlim muassasasining oʻzida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya qarori natijalari boʻyicha YHXBB xulosa chiqaradi. Ushbu xulosa ikki nusxada tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YHXBB tomonidan davlat taʼlim muassasasiga berilgan hujjatning birinchi nusxasi hisobga qoʻyish uchun hududiy YHXBga yuboriladi. Ikkinchi nusxasi tasarrufida taʼlim muassasasi boʻlgan davlat organiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarini hududiy YHXBlarda hisobga qoʻyish taʼlim muassasasining nomi, manzili, bank rekvizitlari, ustavni tasdiqlash (roʻyxatdan oʻtkazish) toʻgʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori raqami, tayyorlanadigan haydovchilarning toifalari koʻrsatilgan holda alohida jurnalda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarini hisobga olish jurnali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi va belgilangan muddatlar mobaynida hududiy YHXBda saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Taʼlim muassasalari rahbarlari hududiy YHXB bilan oʻquv guruhlarining sonini, nazariy va amaliy mashgʻulotlarning boshlanishini va oʻqish muddatini kelishib oladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 12-banddagi “30 kishidan” soʻzlari “25 kishidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 13-banddagi “hududiy YHXB kotibiyatiga” soʻzlari “hududiy YHXBga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 14-banddagi “oʻquv yurtlarining”, “YHXB RIB (TRIB)larida” va “oʻquv yurtlariga” soʻzlari tegishli ravishda “taʼlim muassasalarining”, “hududiy YHXBga” va “taʼlim muassasalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 15-16-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“15. Agar taʼlim muassasasi koʻrsatmada koʻrsatilgan muddat mobaynida kamchiliklarni bartaraf etmasa, ushbu taʼlim muassasalarining yangi oʻquv guruhlarini YHXB RIB (TRIB)da roʻyxatdan oʻtkazish toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yangi oʻquv guruhlarini roʻyxatdan oʻtkazish koʻrsatmada koʻrsatilgan kamchiliklar taʼlim muassasasi tomonidan bartaraf etilgandan keyin tiklanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 17-banddagi “DYHXX”, “oʻquv yurtlari”, “yoʻl” va “oʻquv guruhlarida darslarni” soʻzlari tegishli ravishda “hududiy YHXB”, “taʼlim muassasalari”, “yoʻnalishli” va “oʻquv guruhlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. “A”, “V” va “S” toifalardagi avtomototransport vositalarini, shuningdek tramvaylar va trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olishni istagan shaxslar tayyorgarlikdan oʻtishlari kerak, “D” va “E” toifali avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olishni istagan shaxslar esa YHXBB bilan kelishilgan hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlovchi taʼlim muassasalarida qayta tayyorgarlikdan oʻtishlari shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) 19, 21, 25, 27, 32, 36, 37, 40, 41, 50, 58, 74, 87-bandlardagi “DYHXX” qisqartmasi “hududiy YHXB” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) 20-banddagi “oʻquv yurtlari” soʻzlari “taʼlim muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“22. “V” yoki “VD” toifali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan shaxslardan “S” toifali haydovchilarni qayta tayyorlashda, “V”, “S”, “VS” toifali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan shaxslardan “D” toifasiga haydovchilarni qayta tayyorlashda nazariy va amaliy imtihonlar topshiriladi. Haydovchilarni “E” toifasiga qayta tayyorlashda faqat amaliy imtihon topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs, agar transport vositasini oxirgi uch yil mobaynida boshqargan boʻlsa, “D” toifasiga qayta tayyorlashga va imtihonlar topshirishga qoʻyiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) 25-bandning birinchi xatboshidagi va 26-banddagi “oʻquv yurti” va “oʻquv yurtlarini” soʻzlari tegishli ravishda “taʼlim muassasasi” va “taʼlim muassasalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) 28-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tijorat asosida yoʻlovchilarga transport xizmati koʻrsatish uchun yengil avtomobillarni boshqarishga ruxsat transport vositalarini oxirgi uch yil mobaynida uzluksiz boshqargan shaxslarga beriladi. Ularning faoliyati muddatini belgilashda mehnat daftarchasidan koʻchirma, avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma, ijara shartnomasi yoki ishonchnoma asos boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) 30-31-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“30. “SE” va “DE” toifalardagi transport vositalari tarkiblarini boshqarish huquqi oxirgi ikki yil mobaynida tegishli toifalardagi transport vositalarini boshqarishning uzluksiz haydovchilik stajiga ega boʻlgan va taʼlim muassasasida qayta tayyorgarlikdan oʻtgan hamda hududiy YHXBning RIB (TRIB)da amaliy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“DE” toifasidagi transport vositalari tarkibini boshqarish huquqini olish uchun “D” toifasiga ega boʻlgan haydovchilardan amaliy imtihonlar boʻgʻimli avtobuslarda olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. “D” toifasidagi transport vositasini boshqarish huquqi oxirgi uch yil mobaynida “V” yoki “S” toifasidagi transport vositalarini boshqarishning uzluksiz haydovchilik stajiga ega boʻlgan, taʼlim muassasalarida qayta tayyorgarlikdan oʻtgan hamda hududiy YHXBning RIB (TRIB)da nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) quyidagi mazmundagi 311-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“311. Tijorat asosida yoʻlovchilar tashish boʻyicha transport xizmatlari koʻrsatadigan, haydovchining oʻrnidan tashqari toʻrttadan ortiq oʻtirish oʻrinlariga ega boʻlgan, biroq “D” toifasiga tegishli boʻlmagan yengil avtomobillarni boshqarishga oxirgi besh yil mobaynida tegishli toifali avtotransport vositalarini uzluksiz boshqargan haydovchilar qoʻyiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishda yoʻlovchilar tashiydigan avtobuslar va mikroavtobuslarni boshqarishga oxirgi besh yil mobaynida “D” toifali avtotransport vositalarini uzluksiz boshqargan haydovchilar qoʻyiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) 34-banddagi “haydovchilik tajribasiga ega boʻlgan haydovchilar uchun — 30 soat, haydovchilik tajribasiga ega boʻlmagan haydovchilar uchun — 60 soat” soʻzlari “D” toifali transport vositalarida haydovchilik tajribasiga ega boʻlgan haydovchilar uchun — 60 soat, haydovchilik tajribasiga ega boʻlmagan haydovchilar uchun — 224 soat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) 42-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“42. Hududiy YHXBning RIB (TRIB) komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy YHXBning RIB (TRIB) boshligʻi (komissiya raisi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarining haydovchilar tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻqituvchilari (imtihon topshirayotgan oʻquv guruhi oʻqituvchisi, shuningdek taʼlim muassasasidan bir nafardan ortiq oʻqituvchi jalb etilmasligi kerak), avtotransport korxonasi, mudofaa ishlari boʻlimi va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) 44-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“44. Oʻquv guruhlari mashgʻulotlari tugagandan soʻng haydovchilikka nomzodlarning oʻquv jarayonida dasturda koʻrsatilgan barcha fanlarni oʻzlashtirganliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hududiy YHXB RIB (TRIB) xodimi tomonidan tekshiriladi va ularning roʻyxati oldin taqdim etilgan roʻyxat bilan solishtiriladi, shundan keyin oʻsha xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “DYHXX RIB (TRIB)” soʻzlari “hududiy YHXB RIB (TRIB)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidan “18-bandining ikkinchi xatboshida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “oʻlchami 3,5 x 4,5 sm” soʻzlari “3 x 4 sm (haydovchilikka nomzod fuqaro kiyimida suratga tushirilgan boʻlishi kerak)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi xatboshidagi “oʻquv yurti” soʻzlari “taʼlim muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) 47-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“47. Haydovchilikka nomzodlar, shuningdek haydovchilik guvohnomasini almashtirish va avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tamom boʻlgandan keyin haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish uchun imtihonlarga yuborilgan haydovchilar uchun takroriy imtihonlar oldingi imtihondan soʻng kamida oʻn kun oʻtgandan keyin oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi marta imtihon sinovlaridan oʻtmagan shaxslar kamida besh soatdan iborat qoʻshimcha mashgʻulotlardan oʻtganlaridan soʻng (bu haqda taʼlim muassasasi tomonidan tegishli maʼlumotnoma beriladi) imtihon topshirishga qoʻyiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olti oy mobaynida imtihon sinovlaridan oʻtmagan shaxslar belgilangan tartibda yana taʼlim muassasalarida tayyorlash va qayta tayyorlashdan oʻtishlari kerak, haydovchilik guvohnomasini almashtirish va avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tamom boʻlgandan keyin haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish uchun imtihonlarga yuborilgan haydovchilar bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25) 49-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26) 52-bandning ikkinchi xatboshidagi “oʻquv yurtini” soʻzlari “taʼlim muassasasini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27) 56-bandning birinchi xatboshidagi “DYHXX” qisqartmasi “hududiy YHXB” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28) 69-banddagi “oʻqishni tamomlaganligi haqidagi oʻquv yurtining guvohnomasi yoki DYHXX RIB (TRIB)larining tasdiqnomasi” soʻzlari “oʻqishni tamomlaganligi haqidagi taʼlim muassasasining guvohnomasi yoki hududiy YHXB RIB (TRIB)larining tasdiqnomasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29) 71-banddagi “DYHXX boʻlinmalari yoki RIB (TRIB)lar” soʻzlari “hududiy YHXBning RIB (TRIB)lari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30) 76-banddagi “oʻquv yurtlaridan” soʻzlari “taʼlim muassasalaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31) 77-banddagi “1968-yildagi Yoʻl harakati haqidagi Vena konvensiyasi” soʻzlari “Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32) 78-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“78. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar vakolatxonalari va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari boshliqlari va boshqa xodimlarining (diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlarning), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob bermaydigan milliy haydovchilik guvohnomalari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining YHXBBga murojaat qilish sharti bilan almashtiriladi. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi haydovchilik guvohnomalari imtihonlar topshirilmasdan almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli bitim mavjud boʻlgan taqdirda nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy xodimlariga milliy haydovchilik guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining YHXBBga murojaat qilish va tibbiy koʻrikdan oʻtish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasining haydovchilik guvohnomalariga almashtirilishi mumkin. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi haydovchilik guvohnomalarini almashtirish imtihonlar topshirilgandan keyin amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (2-ilova):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Nizom hamda II boʻlim nomiga “Avtotransport vositalari” soʻzlaridan keyin “va shahar elektr transporti vositalari” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha barcha (yangi ochilayotgan) taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb ataladi) uchun yagona va rioya etilishi majburiy hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash quyidagi taʼlim tizimidan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “A”, “V”, “S” toifalaridagi avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish uchun shaxslarni tayyorlash, “S”, “D” va “E” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun shaxslarni qayta tayyorlash oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻligʻining holati boʻyicha maxsus tibbiy talablarga javob beradigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumoti umumiy oʻrta maʼlumotdan kam boʻlmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv muddati yakunida “A” toifasidagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlish uchun — 16 yoshga, “V” va “S” toifalari uchun — 18 yoshga, “D” toifasi hamda tramvay va trolleybuslarni boshqarish uchun — 21 yoshga toʻlgan shaxslar bilan olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “V”, “S”, “VS”, “VD” va “VSD” toifasidagi, boshqa toifadagi avtotransport vositalarini boshqaruvchi haydovchilarni qayta tayyorlash tegishli oʻquv rejasi va dasturiga muvofiq tashkil qilinadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “Oʻquv yurtlarida avtomototransport vositalari” soʻzlari “Taʼlim muassasalarida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash muddatlari tasdiqlangan rejalar va oʻquv dasturlariga muvofiq belgilanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 7-banddagi “oʻquv yurtlarida” soʻzlari “taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 8-banddagi “Avtomototransport vositalari” soʻzlaridan keyin “va shahar elektr transporti vositalari” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) 9 — 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. “A”, “V”, “S” toifalaridagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda “S”, “D” va “E” toifalaridagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlash uchun nomzodlarni taʼlim muassasalariga qabul qilish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tashkilotlar yoʻllanmasi (ular tomonidan oʻqishga yuborilgan shaxslar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sogʻligʻi va tegishli toifalardagi transport vositalarini boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3 x 4 santimetrli 3 dona fotosurat (haydovchilikka nomzod fuqaro kiyimida suratga tushgan boʻlishi kerak);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Haydovchilarni “S” yoki “E” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun qayta tayyorlashda, ular tomonidan ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari, tegishli ravishda “V”, “VC”, “VD” yoki “VDE” toifalaridagi haydovchilik guvohnomasi ham taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilarni “D” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga qayta tayyorlashda 9-bandda koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari, “V”, “VS” yoki “VSE” toifalaridagi haydovchilik guvohnomasi hamda uzluksiz uch yillik staji mavjudligini tasdiqlovchi hujjat ham taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilikka nomzodlarni oʻqishga qabul qilish, guruhdan guruhga oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish va oʻqishni tugatganlik taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim muassasalari guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlar soni 25 kishidan oshmasligi kerak. Taʼlim muassasalarining rahbarlari guruhlarda mashgʻulotlar boshlangungacha oʻquvchilar roʻyxatini tuzishlari va hududiy YHXBga taqdim etishlari lozim.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 12-13-bandlardagi “avtomototransport vositalarini” va “avtomototransport vositalari” soʻzlaridan keyin tegishli kelishikda “va shahar elektr transporti vositalari” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“14. Nazariy tayyorgarlik boʻyicha mashgʻulotlar oʻquv jurnallarida qayd etiladi, avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar esa — yoʻl varaqalarida qayd etiladi. Avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar, avtotrenajyorlarda oʻtkazilgan mashqlar haydovchilikka nomzodning mashgʻulotlarni hisobga olish shaxsiy kitobchasida ham qayd etiladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) III boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“III. Taʼlim muassasalarining avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha ishlarini tashkil etish va faoliyatini nazorat qilish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) 15, 16, 20, 21-bandlardagi, IV, V boʻlimlar nomidagi va 24-banddagi “oʻquv yurtlarining”, “avtomotoransport vositalari” va “oʻquv yurtlarida” soʻzlari tegishli ravishda “taʼlim muassasalarining”, “avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari” hamda “taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“19. Avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar instruktori lavozimiga bilimi oʻrta maʼlumotdan kam boʻlmagan, tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish boʻyicha uzluksiz besh yil (“D” toifasidagi transport vositasi boʻyicha — uzluksiz yetti yil) stajga, shuningdek avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transporti vositasini boshqarishni oʻrgatish uslubi boʻyicha kurslarni tugatganligi haqidagi guvohnomaga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) 22-23-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“22. Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yoʻlovchilar tashish bilan shugʻullanuvchi transport vositalari haydovchilari bir yilda bir marta, yuk tashish bilan shugʻullanuvchi haydovchilar esa — har ikki yilda bir marta 30 soatlik dastur asosida mashgʻulot oʻtishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Transport vositalari haydovchilarini tayyorlovchi va qayta tayyorlovchi taʼlim muassasalari nazariy va amaliy mashgʻulotlar uchun mulkiy huquq bilan jihozlangan oʻquv kabinetlariga, oʻquv-texnik uskunalarga, koʻrgazmali oʻquv qoʻllanmalariga, transport vositalarini boshqarish mashqlarini oʻtkazish uchun oʻquv avtodromiga yoki yopiq maydonga, oʻquv transport vositalariga ega boʻlishlari kerak. Taʼlim muassasasining unga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan oʻquv xonalari, ulardagi jihozlar va mashq avtomobillaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“25. Taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasining namunaviy normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan belgilanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) 26, 27, 28, 31, 32 va 35-bandlardagi “avtomotoransport vositalari” va “oʻquv yurtlari”, soʻzlari tegishli kelishikdagi “avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari” hamda “taʼlim muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) 33-34-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“33. Taʼlim muassasasining imtihon va sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga imtihon komissiyasi protokoliga asosan oʻqishni bitirganlik haqida yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yagona namunadagi guvohnoma bosmaxona usulida tayyorlangan boʻlishi, hududiy kodga, seriya va tartib raqamiga ega boʻlishi kerak. Oʻqishni tugatganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar blankalari Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan taʼlim muassasalari buyurtmanomalariga binoan tarqatiladi hamda qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Avtomototransport vositalari hamda shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqishni tugatganlik haqidagi guvohnoma avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini bermaydi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 525-modda; 2013-y., 41-son, 545-modda; 2015-y., 17-son, 209-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)