Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 02.08.2006 yildagi 156-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 28-fevraldagi PQ-294-son qarori talablarini bajarish va O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash tartibini, shu jumladan yo‘lovchi tashishda qatnashuvchi haydovchilar tarkibini tayyorlash va o‘qitish qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi o‘quv yurtlarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni o‘tkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Respublika mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining markaziy kengashi, O‘zbekiston avtomotohavaskorlar jamiyati, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi tarkibidagi hamda mulkchilikning barcha shakllaridagi haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi o‘quv yurtlari o‘z faoliyatini mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi barcha o‘quv yurtlari faoliyatini o‘rnatilgan yagona talab va tartiblar asosida muvofiqlashtirib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda haydovchilikka nomzodlar o‘quv yurtini tugatganligini tasdiqlovchi guvohnomaning yagona namunasini ishlab chiqib tasdiqlasin va barcha o‘quv yurtlarini buyurtmalar asosida ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda o‘quv yurtlari o‘quv va moddiy negizining namunaviy normativlarini hamda ularga doir uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi va muddatini mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqsin va takomillashtirish choralarini amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasining xalqaro talablarga mos bo‘lgan takomillashtirilgan yangi namunasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilik guvohnomalari to‘g‘risidagi yagona elektron ma’lumotlar bankini yuritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash (malakasini oshirish), imtihondan o‘tkazish va ularga milliy haydovchilik guvohnomalari berish tartibi to‘g‘risida” 1998-yil 19-oktabrdagi 445-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, shuningdek qarorga 1- va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov va Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 2-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 2-avgustdagi 156-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni o‘tkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish, shuningdek Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb ataladi) bo‘linmalarida imtihonlarni o‘tkazish hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Barcha transport vositalari o‘z turi, vazifasi va boshqarilish xususiyatlariga ko‘ra “A”, “V”, “S”, “D” va “E” toifalariga hamda tramvay va trolleybuslarga bo‘linadi. Ularni boshqarish uchun berilgan haydovchilik guvohnomasining tegishli katagida ruxsat beruvchi yoki transport vositasining toifasi yozilgan belgi qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Haydovchilik guvohnomasining “A”, “V”, “S”, “D” va “E” katagida ruxsat beruvchi belgisi bo‘lgan shaxslar quyidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“A” — mototsikl, motoroller, motochana va boshqa mototransport vositalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“V” — ruxsat etilgan to‘la vazni 3500 kilogrammdan yoki haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo‘lmagan, shuningdek ular bazasida ishlab chiqarilgan qo‘l bilan boshqariladigan avtomobillarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“S” — ruxsat etilgan to‘la vazni 3500 kilogrammdan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“D” — yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan, haydovchi o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo‘lgan avtomobillarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“E” — “V”, “S”, “D” toifali tirkamali avtomobillarni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tramvay haydovchisiga faqat tramvay, trolleybus haydovchisiga faqat trolleybus boshqarishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan avtomobillarga avtobuslar, tegishli o‘rindiqlarga ega bo‘lgan mikroavtobuslar, ishlab chiqaruvchi zavodda seriyali tayyorlangan yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan yuk avtomobillarining shassisidagi avtofurgonlar, shuningdek, yo‘lovchilar tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Haydovchilar “V”, “S” va “D” toifasidagi transport vositalarini ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kilogrammdan ko‘p bo‘lmagan tirkama bilan ham boshqarishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Haydovchilar “V”, “S” va “D” toifasidagi transport vositalarini to‘la vazni 750 kilogrammdan ortiq bo‘lgan tirkama bilan, shuningdek bo‘g‘imli avtobuslarni boshqarishlari uchun haydovchilik guvohnomasida “E” toifasini boshqarishga ruxsati bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tirkamaning ruxsat berilgan eng ko‘p massasi “V” toifaga tegishli bo‘lgan jihozlangan avtomobilning massasidan ortiq bo‘lmasa, transport vositalari bunday tarkibining ruxsat berilgan eng ko‘p massasi esa 3500 kilogrammdan ortiq bo‘lmasa, u holda bunday vositani boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasida “V” ustunida ruxsat beruvchi belgi qayd etilishi yetarlidir.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalariga qo‘yiladigan talablar va ushbu muassasalarni hisobga olish
(II bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat ta’lim muassasasi haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘z faoliyati boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda YHXBB deb ataladi)ning xulosasini oladi. Davlat ta’lim muassasasi YHXBBga o‘zi qarashli bo‘lgan davlat organi orqali belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosa chiqarilgunga qadar YHXBB qarori asosida tekshiruv komissiyasi tomonidan haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasasining moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasi har tomonlama ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tekshiruv komissiyasi tarkibi hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda YHXB), hokimliklar, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari qoshidagi harakat xavfsizligi komissiyasi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining hududiy bo‘linmalari vakillaridan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishiga haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi boshqa mutaxassislar, shu jumladan boshqa ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari, shuningdek tasarrufida ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar vakillari ham jalb qilinishi mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya tomonidan tekshirilayotgan ta’lim muassasasining quyidagi talablarga javob berishi o‘rganib chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamida 48 kv.m. maydonga ega bo‘lgan o‘quv xonalari mavjudligi, qishda isitilishi va yoritilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv transport vositalarini saqlash uchun maydoncha va ularni tuzatish uchun alohida usti yopiq joy mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv xonalari moddiy-texnika bazasining Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq ta’minlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasasining ish rejasiga kiritilgan avtomobilni boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni to‘liq o‘tkazish uchun yetarli darajada yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandis-pedagoglar, instruktorlar hamda ishlab chiqarish ustalarining ma’lumoti va bilim darajasi, shuningdek o‘quv xonalarining haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash darslarini o‘tkazishga tayyorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilikka nomzodlarga amaliy boshqarishni o‘rgatish uchun belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan yopiq maydoncha, avtodrom mavjudligi yoki undan foydalanish to‘g‘risida shartnoma borligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv transport vositalarining texnik holati, ularning qo‘shimcha tepki (pedal)lari hamda taniqlik belgilari bilan jihozlanganligi va boshqa masalalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim muassasasining unga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan o‘quv xonalari, ulardagi jihozlar va mashq avtomobillaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ta’lim muassasasining ushbu Nizom talablariga muvofiqligi o‘rganib chiqilishi yakunlari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va hududiy YHXB boshlig‘i tomonidan tasdiqlanib, YHXBBga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma to‘rt nusxada tuziladi va hududiy YHXBda, ro‘yxatdan o‘tkazish-imtihon bo‘limida (keyingi o‘rinlarda RIB deb ataladi) yoki YHXBBning tumanlararo RIBlarida (keyingi o‘rinlarda TRIB deb ataladi), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalarida hamda ta’lim muassasasining o‘zida saqlanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya qarori natijalari bo‘yicha YHXBB xulosa chiqaradi. Ushbu xulosa ikki nusxada tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YHXBB tomonidan davlat ta’lim muassasasiga berilgan hujjatning birinchi nusxasi hisobga qo‘yish uchun hududiy YHXBga yuboriladi. Ikkinchi nusxasi tasarrufida ta’lim muassasasi bo‘lgan davlat organiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim muassasalarini hududiy YHXBlarda hisobga qo‘yish ta’lim muassasasining nomi, manzili, bank rekvizitlari, ustavni tasdiqlash (ro‘yxatdan o‘tkazish) to‘g‘risida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori raqami, tayyorlanadigan haydovchilarning toifalari ko‘rsatilgan holda alohida jurnalda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim muassasalarini hisobga olish jurnali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi va belgilangan muddatlar mobaynida hududiy YHXBda saqlanishi kerak.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ta’lim muassasalari rahbarlari hududiy YHXB bilan o‘quv guruhlarining sonini, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning boshlanishini va o‘qish muddatini kelishib oladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash guruhlarida nomzodlar soni 25 kishidan ziyod bo‘lmasligi kerak.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘quv guruhlarining ro‘yxati mashg‘ulotlar boshlanishidan avval hududiy YHXBga taqdim etiladi. Ro‘yxat RIB (TRIB) tomonidan o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish kitobida qayd etiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hududiy YHXBga belgilangan tartibda hisobga olingan ta’lim muassasalarining o‘quv moddiy-texnika bazasi va faoliyati har yili kamida bir marta atroflicha, har bir o‘quv guruhlarining o‘quv jarayoni esa har oyda kamida bir marta tekshiriladi. Tekshiruv natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, ish faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan kelayotgan ta’lim muassasalariga taqdimnoma yuboriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agar ta’lim muassasasi ko‘rsatmada ko‘rsatilgan muddat mobaynida kamchiliklarni bartaraf etmasa, ushbu ta’lim muassasalarining yangi o‘quv guruhlarini YHXB RIB (TRIB)da ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yangi o‘quv guruhlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘rsatmada ko‘rsatilgan kamchiliklar ta’lim muassasasi tomonidan bartaraf etilgandan keyin tiklanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Hududiy YHXB RIB (TRIB)larida haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalari bo‘yicha nazorat-kuzatuv jildi yuritiladi. Unga ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi, o‘quv avtomobillarining ro‘yxati, amaliy mashg‘ulot o‘tkaziladigan yo‘nalishli xaritasining nusxasi, o‘quv guruhlarini tekshirish haqidagi ma’lumotlar, tekshirish dalolatnomalari, yil davomida amalga oshirilgan ishlarning tahlili va boshqalar tikib boriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Davlat harakati xavfsizligi xizmatida imtihonlarga va
transport vositalarini boshqarishga ruxsat berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “A”, “V” va “S” toifalardagi avtomototransport vositalarini, shuningdek tramvaylar va trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olishni istagan shaxslar tayyorgarlikdan o‘tishlari kerak, “D” va “E” toifali avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olishni istagan shaxslar esa YHXBB bilan kelishilgan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlovchi ta’lim muassasalarida qayta tayyorgarlikdan o‘tishlari shart.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqarolar doimiy yoki vaqtinchalik turar joylaridagi, majburiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar esa xizmat joylaridagi hududiy YHXB RIB (TRIB)larida topshiradilar.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Alohida holatlarda (favqulodda holatlar yuz bergan vaqtda, ta’lim muassasalari olish joylaridan uzoq masofada joylashgan hududlarda va hokazo), istisno tariqasida, qabul qilish joyi yoki muddati YHXB rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. “A”, “V”, “S” va “D” toifalaridagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalari hududiy YHXB RIB (TRIB)larida nazariy va amaliy imtihonlarni, tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalari esa nazariy imtihonlarni topshirgan shaxslarga beriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. “V” yoki “VD” toifali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardan “S” toifali haydovchilarni qayta tayyorlashda, “V”, “S”, “VS” toifali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardan “D” toifasiga haydovchilarni qayta tayyorlashda nazariy va amaliy imtihonlar topshiriladi. Haydovchilarni “E” toifasiga qayta tayyorlashda faqat amaliy imtihon topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs, agar transport vositasini oxirgi uch yil mobaynida boshqargan bo‘lsa, “D” toifasiga qayta tayyorlashga va imtihonlar topshirishga qo‘yiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nazariy imtihonda imtihon topshiruvchining yo‘l harakati qoidalari va o‘quv dasturida nazarda tutilgan fanlar bo‘yicha bilimi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Amaliy imtihonda qaysi toifali transport vositasini boshqarish huquqini berish uchun olinayotgan bo‘lsa, topshiruvchining faqat shu toifadagi transport vositasini boshqarish bo‘yicha malakasi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Amaliy imtihonlar ta’lim muassasasi tomonidan taqdim etilgan tegishli toifadagi transport vositasida olinadi. Bunda “D” toifali transport vositasida imtihon olish o‘rta (uzunligi 8,0-9,5 m.) yoki katta sig‘imli (uzunligi 10,5-12,0 m.) avtobuslarda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaliy olinadigan transport vositalarining texnik holati hududiy YHXB ning oluvchi xodimi tomonidan ko‘zdan kechirilib, belgilangan talabga javob berishi tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tramvay va trolleybus haydovchiligiga o‘qiyotgan shaxslardan amaliy imtihonlar olishda hududiy YHXB RIB (TRIB)lari xodimi qatnashishi shart.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini kasbiy yo‘nalishi avtomototransport haydovchilarini tayyorlash uchun tasdiqlangan yagona o‘quv dasturiga kiritilgan fanlarni to‘liq o‘qitilishini taqozo etgan ixtisosliklar bo‘yicha tugatgan shaxslarga “V” yoki “VS” toifali guvohnomasini olish uchun imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. O‘quv muddati yakunida mototransportni boshqarishni o‘rganuvchi 16 yoshga; yengil va yuk avtomobillarini boshqarishni o‘rganuvchi 18 yoshga; tramvay, trolleybus, avtobuslar va mikroavtobuslarni boshqarishni o‘rganuvchi 21 yoshga to‘lgan shaxslarga hududiy YHXB RIB (TRIB)da topshirishga ruxsat etiladi. Ushbu Nizomning 56-bandida ko‘rsatilgan holat bundan mustasno.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Maxsus tovushli va yorug‘lik signallari bilan jihozlangan yoki xavfli yuklarni tashiydigan transport vositalarini boshqarish uchun oxirgi uch yil, shuningdek, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishda qatnaydigan avtobuslarni va mikroavtobuslarni boshqarish uchun oxirgi besh yil mobaynida tegishli toifadagi transport vositalarida haydovchi bo‘lib ishlagan shaxslarga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat asosida yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish uchun yengil avtomobillarni boshqarishga ruxsat transport vositalarini oxirgi uch yil mobaynida uzluksiz boshqargan shaxslarga beriladi. Ularning faoliyati muddatini belgilashda mehnat daftarchasidan ko‘chirma, avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma, ijara shartnomasi yoki ishonchnoma asos bo‘ladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. “S” yoki “D” toifalarga oid transport vositalarini boshqarish uchun bo‘lgan ayollarga yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan belgilangan ma’lum cheklashlar (avtomobillarning yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan, avtobusda yo‘lovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. “SE” va “DE” toifalardagi transport vositalari tarkiblarini boshqarish huquqi oxirgi ikki yil mobaynida tegishli toifalardagi transport vositalarini boshqarishning uzluksiz haydovchilik stajiga ega bo‘lgan va ta’lim muassasasida qayta tayyorgarlikdan o‘tgan hamda hududiy YHXBning RIB (TRIB)da amaliy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“DE” toifasidagi transport vositalari tarkibini boshqarish huquqini olish uchun “D” toifasiga ega bo‘lgan haydovchilardan amaliy imtihonlar bo‘g‘imli avtobuslarda olinadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. “D” toifasidagi transport vositasini boshqarish huquqi oxirgi uch yil mobaynida “V” yoki “S” toifasidagi transport vositalarini boshqarishning uzluksiz haydovchilik stajiga ega bo‘lgan, ta’lim muassasalarida qayta tayyorgarlikdan o‘tgan hamda hududiy YHXBning RIB (TRIB)da nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
311. Tijorat asosida yo‘lovchilar tashish bo‘yicha transport xizmatlari ko‘rsatadigan, haydovchining o‘rnidan tashqari to‘rttadan ortiq o‘tirish o‘rinlariga ega bo‘lgan, biroq “D” toifasiga tegishli bo‘lmagan yengil avtomobillarni boshqarishga oxirgi besh yil mobaynida tegishli toifali avtotransport vositalarini uzluksiz boshqargan haydovchilar qo‘yiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchilar tashiydigan avtobuslar va mikroavtobuslarni boshqarishga oxirgi besh yil mobaynida “D” toifali avtotransport vositalarini uzluksiz boshqargan haydovchilar qo‘yiladi.
(311-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Har qanday transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan shaxslar, 12 oydan ko‘p vaqt transport vositasini boshqarmagan bo‘lsalar, ish beruvchi tomonidan ular hududiy YHXB RIB (TRIB)lariga nazariy va amaliy topshirish uchun yuboriladi. Imtihonlarni ijobiy topshirgan shaxslar tashkilotlarda kamida 30 soatlik amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikma (stajirovka)dan o‘tganidan keyin, ularga transport vositalarini mustaqil boshqarishiga ruxsat etiladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Agar tramvay yoki trolleybus haydovchilari 12 oydan ko‘p vaqt shu toifali transport vositalarida haydovchi sifatida ishlamagan bo‘lsalar, DYHXX RIB (TRIB)larda nazariy, tashkilot attestatsiya komissiyasi tomonidan ularning kasbiy bilimi va boshqarish tajribasi tekshirilib, amaliy imtihon olingandan so‘ng, belgilangan yo‘nalishlarda (70—140 soatlik) amaliy boshqaruvdan o‘tganlaridan keyingina tramvay yoki trolleybusni mustaqil boshqarishlariga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan haydovchilar yuridik shaxslarda belgilangan muddat va yo‘nalishlarda (“D” toifali transport vositalarida haydovchilik tajribasiga ega bo‘lgan haydovchilar uchun — 60 soat, haydovchilik tajribasiga ega bo‘lmagan haydovchilar uchun — 224 soat) amaliy boshqaruvdan o‘tganlaridan keyingina tegishli toifadagi avtomobillarni mustaqil boshqarishlariga ruxsat etiladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Barcha transport vositalari haydovchilari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan muddatda, tijorat asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar esa bir yilda bir marta majburiy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Agar hududiy YHXB organlari yoki transport tashkilotlaridagi mansabdor shaxslarda haydovchining sog‘lig‘iga nisbatan shubha tug‘ilgan bo‘lsa, unga belgilangan muddatdan oldin kasbiga layoqati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tish uchun yo‘llanma berilishi mumkin.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Agar haydovchi kasbiga layoqati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tishdan bo‘yin tovlasa yoki u tibbiy komissiya tomonidan transport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilsa unga doir hujjatlar hududiy YHXB xodimi tomonidan, belgilangan tartibda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish masalasini ko‘rib chiqish uchun sud idoralariga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchini tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tkazish haqida qaror hududiy YHXB bo‘linmalarining boshlig‘i yoki guruhlarining katta inspektori, ular bo‘lmaganida esa ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Haydovchilarni transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilinadi. Transport vositalarini mast holda boshqarganligi uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilingan shaxslar, haydovchilik guvohnomasini olish uchun mahrum qilish muddatidan qat’i nazar, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari hamda nazariy va amaliy topshirishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu holda imtihon komissiyasining qaroriga muvofiq haydovchilikdan mahrum qilingan boshqarish huquqiga oid biror toifa bo‘yicha, “D” toifasi mavjud bo‘lgan holatlarda aynan “D” toifa bo‘yicha amaliy imtihon olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Birinchi marotaba haydovchilik guvohnomalarini olish uchun murojaat qilgan barcha xorijiy fuqarolarga haydovchilik guvohnomalarini berish ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Imtihonlarni o‘tkazish, haydovchilik guvohnomasi va uning talonini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Imtihonlarni qabul qilish va “A”, “V”, “S”, “D”, “E” toifalaridagi transport vositalarini, shuningdek, tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni berish hududiy YHXB RIB (TRIB)lari tomonidan amalga oshiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Barcha toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni (tramvay, trolleybusdan tashqari) hududiy YHXB RIB (TRIB)larining komissiyalari qabul qiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Hududiy YHXBning RIB (TRIB) komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy YHXBning RIB (TRIB) boshlig‘i (komissiya raisi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasalarining haydovchilar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchilari (imtihon topshirayotgan o‘quv guruhi o‘qituvchisi, shuningdek ta’lim muassasasidan bir nafardan ortiq o‘qituvchi jalb etilmasligi kerak), avtotransport korxonasi, mudofaa ishlari bo‘limi va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Imtihon komissiyasi a’zolari Yo‘l harakati qoidalarini va imtihon olish uslubini bilishi, amaliy va nazariy olayotganlar esa, bundan tashqari, boshqarish bo‘yicha malakasi tekshirilayotgan toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. O‘quv guruhlari mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng haydovchilikka nomzodlarning o‘quv jarayonida dasturda ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hududiy YHXB RIB (TRIB) xodimi tomonidan tekshiriladi va ularning ro‘yxati oldin taqdim etilgan ro‘yxat bilan solishtiriladi, shundan keyin o‘sha xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Haydovchilik guvohnomasi va uning talonini olish uchun haydovchilikka nomzodlar hududiy YHXB RIB (TRIB)larga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
(45-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda) II.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish uchun dasturlar bo‘yicha o‘qishni tugatganligi haqidagi guvohnomani (ushbu Nizom 26-bandida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari);
(45-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) diplom va o‘quv dasturidagi fanlarni o‘tganligi to‘g‘risidagi diplom varaqasidan ko‘chirmaning nusxalari (ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan shaxslar uchun);
(45-bandining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3 x 4 sm (haydovchilikka nomzod fuqaro kiyimida suratga tushirilgan bo‘lishi kerak) bo‘lgan 2 dona fotosurat;
(45-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sog‘ligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) bank muassasalariga topshirish va haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lovlar to‘langanligi haqidagi to‘lov qog‘ozi (to‘lovlar miqdori O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ta’lim muassasasi tomonidan to‘ldirib tasdiqlangan haydovchining imtihon varaqasi va fuqaroning pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat.
(45-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Imtihonlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi: avval — nazariy, keyin — amaliy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazariy imtihon topshira olmagan shaxslar amaliy imtihonlarga qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Haydovchilikka nomzodlar, shuningdek haydovchilik guvohnomasini almashtirish va avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tamom bo‘lgandan keyin haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish uchun imtihonlarga yuborilgan haydovchilar uchun takroriy imtihonlar oldingi imtihondan so‘ng kamida o‘n kun o‘tgandan keyin o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchi marta imtihon sinovlaridan o‘tmagan shaxslar kamida besh soatdan iborat qo‘shimcha mashg‘ulotlardan o‘tganlaridan so‘ng (bu haqda ta’lim muassasasi tomonidan tegishli ma’lumotnoma beriladi) imtihon topshirishga qo‘yiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olti oy mobaynida imtihon sinovlaridan o‘tmagan shaxslar belgilangan tartibda yana ta’lim muassasalarida tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tishlari kerak, haydovchilik guvohnomasini almashtirish va avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tamom bo‘lgandan keyin haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish uchun imtihonlarga yuborilgan haydovchilar bundan mustasno.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Nazariy imtihonlarda olingan ijobiy baho 2 oy davomida haqiqiy deb hisoblanadi. Agar haydovchilikka nomzod ushbu muddatda amaliy imtihonlarni topshira olmasa, u yana qayta nazariy imtihonga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Yo‘l harakati qoidalari va amaliy boshqarish bo‘yicha natijalari haydovchining imtihon varaqasiga yoziladi hamda imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imtihonda qatnashgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va hududiy YHXB RIB (TRIB)lari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslarga mazkur bayonnoma asosida haydovchilik guvohnomasi va uning taloni yozib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilik guvohnomasi va uning taloni qayd etish kitobiga seriyasi va tartib raqamini o‘sishi bo‘yicha yoziladi hamda imtihon varaqasiga qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilik guvohnomasi va uning talonidagi yozuvlar maxsus siyoh bilan yoki boshqa texnik vositalar bilan yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Haydovchilik guvohnomasi va uning taloni berilishining asosliligi va to‘g‘ri to‘ldirilganligi imtihon komissiyasi raisi (RIB (TRIB)lar boshlig‘i) tomonidan tekshirilib, imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilik guvohnomasi va uning taloni berilganida shaxsning ta’lim muassasasini tamomlaganligi haqidagi guvohnomasiga haydovchilik guvohnomasi va talonining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi yozib qo‘yiladi.
(52-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Haydovchilik guvohnomasidagi boshqarilishi ruxsat etilgan transport vositalari toifasi kataklariga lotin grafikasida “RUXSAT” va ingliz tilida “ENABLE” belgilari qo‘yiladi. Haydovchilik guvohnomasi va uning talonidagi boshqarilishiga ruxsat berilmagan transport vositalari toifasining kataklariga diagonali bo‘yicha chiziq tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Tramvay va trolleybuslarni boshqarish huquqiga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishda “Alohida belgilar uchun” katagiga transport vositalarining tegishli toifasi ko‘rsatilgan yozuvli tamg‘a qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Tibbiy komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan o‘tish muddati belgilangan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini berishda “Alohida belgilar uchun” katagiga “Tibbiy ma’lumotnoma majburiy” degan muhr qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Mudofaa vazirligi tomonidan transport vositalari haydovchilari mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga jalb etilgan chaqiriluvchilar o‘qishni tugatganlaridan so‘ng, 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsalarda, hududiy YHXB imtihonlariga kiritiladilar.
(56-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ularga, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng, tegishli toifadagi (“V”, “S” yoki “VS”) transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Alohida belgilar uchun” katagida uning egasi qaysi muddatdan (18 yoshga to‘lganidan keyin) avtomobil boshqarish huquqiga ega ekanligi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Haydovchilik guvohnomasi faqat uning egasiga beriladi. Mazkur shaxs pasportini yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni ko‘rsatib, haydovchilik guvohnomasi va taloni beriladigan kitobga shaxsan imzo qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilik guvohnomasi vakolatnoma (ishonchnoma) bilan berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Ozodlikdan mahrum qilinib jazo muddatini o‘tayotgan, lekin transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinmagan shaxslarning haydovchilik guvohnomasi jazoni ijro etish muassasasi rahbariyatining iltimosnomasiga asosan (haydovchilik guvohnomasi saqlanayotgan) hududiy YHXB RIB (TRIB) tomonidan ushbu muassasaga yuborilishi mumkin.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Haydovchilik guvohnomasi va uning talonini almashtirish
hamda yo‘qolganlari o‘rniga boshqasini berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni belgilangan tartibda ariza, eski haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni haydovchining imtihon varaqasi yoki haydovchilik guvohnomasini bergan hududiy YHXB tasdiqnomasi, tibbiy ma’lumotnoma hamda fuqaroning pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilganidan so‘ng almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilik guvohnomasi almashtirilganida uning taloni almashtirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Transport vositalarini oxirgi 12 oy davomida boshqargan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari tegishli imtihonlarsiz almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Quyidagilar transport vositalarini 12 oy mobaynida boshqarganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib hisoblanishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishlayotgan haydovchilar uchun mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki ishlayotgan joyida unga biriktirilgan avtotransport turi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma (buyruqdan ko‘chirma);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shaxsiy transport haydovchilari uchun ularga tegishli bo‘lgan transport vositasining ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ishonchnoma yoki ijara shartnomasi bilan avtomobil boshqargan shaxslar uchun avtomobil ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi va uni boshqarish uchun notarial idora tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma yoki ijara shartnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Transport vositasini oxirgi 12 oy davomida boshqarmagan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari nazariy va amaliy imtihon topshirganlaridan so‘ng almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bir necha toifadagi transport vositalarini boshqarishga ruxsati bo‘lgan shaxslardan imtihon komissiyasining qaroriga ko‘ra “V” yoki “C” toifali transport vositasida, “D” toifali avtotransport vositasini boshqarish huquqi bo‘lgan shaxslardan esa faqat “D” toifasidagi transport vositasida amaliy imtihon olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. “C”, “VS”, “D”, “CD”, “CDE”, “CE”, “DE” toifalariga tegishli haydovchilik guvohnomalariga ega bo‘lgan va oxirgi 12 oy mobaynida transport vositasini boshqarmagan, qo‘shimcha “A” yoki “V” toifalarini olish uchun murojaat qilgan shaxslarning haydovchilik guvohnomasini almashtirishda, ulardan nazariy imtihon hamda guvohnomada mavjud toifalardan bittasi bo‘yicha (“D” toifali avtotransport vositasini boshqarish huquqi bo‘lgan shaxslardan esa aynan “D” toifasidagi transport vositasi bo‘yicha), shuningdek so‘ralayotgan “A” yoki “V” toifadagi transport vositasi bo‘yicha amaliy imtihon olinadi. Olingan barcha imtihonlar natijasi imtihon komissiyasi bayonnomasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Eski namunadagi “V” “Yollanib ishlash huquqiga ega emas” toifali haydovchilik guvohnomasi “V” toifali haydovchilik guvohnomasiga nazariy va amaliy imtihon topshirilganidan so‘ng almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Bir necha toifali transport vositalarini boshqarishga ruxsati bo‘lgan shaxs haydovchilik guvohnomasini almashtirishda o‘z xohishiga ko‘ra mavjud toifalardan birortasini yoki tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra belgilangan toifalardan ruxsat etilganini olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda amaliy imtihon o‘z xohishi bilan qoldirgan (yoki tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra ruxsat etilgan) transport vositasi toifasi bo‘yicha olinadi va berilayotgan haydovchilik guvohnomasida faqat ushbu toifaga ruxsat belgisi qo‘yiladi. Haydovchining avval ega bo‘lgan toifalarini qayta tiklash ushbu Nizomning 59-62-bandlaridagi talablarga muvofiq, uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Yaroqsiz holga kelgan haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni ushbu Nizomning 59-64-bandlariga muvofiq almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Haydovchilik guvohnomasi almashtirilganda yangi berilayotgan guvohnomaning “Alohida belgilar uchun” ajratilgan katagiga birinchi marotaba olgan eski guvohnomaning seriyasi, tartib raqami va berilgan kuni yozib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Tibbiy ko‘rik ma’lumotnomasi va haydovchining imtihon varaqasi barcha rekvizitlar to‘ldirilganidan so‘ng yangi haydovchilik guvohnomasi bilan birga egasiga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Yo‘qolgan (o‘g‘irlangan, yong‘in, tabiiy ofat oqibatida va boshqa hollarda) haydovchilik guvohnomasi (yoki uning taloni) dublikati haydovchining arizasi, imtihon varaqasi, tibbiy ma’lumotnoma, zarur hollarda, o‘qishni tamomlaganligi haqidagi ta’lim muassasasining guvohnomasi yoki hududiy YHXB RIB (TRIB)larining tasdiqnomasi asosida beriladi.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Haydovchilik guvohnomasining dublikatini rasmiylashtirish davomida bir oy muddat bilan vaqtinchalik ruxsatnoma beriladi. Tasdiqlovchi hujjatlar olingunga qadar vaqtinchalik ruxsatnoma muddatini yana bir oygacha uzaytirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Istisno tariqasida, hududiy YHXB boshlig‘ining ruxsati bilan, yashash joyi o‘zgarishi, xizmat safari, davolanish va boshqa sabablarga ko‘ra O‘zbekiston hududidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarga haydovchilik guvohnomalarining dublikatlari, hududiy YHXBning RIB (TRIB)lari kartotekalari bo‘yicha qayta tekshiruvdan so‘ng, mazkur Nizomning 70-bandida ko‘rsatilgan muddatdan oldin yozib berilishi ham mumkin.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasining dublikati nazariy va amaliy imtihonlar topshirilganidan hamda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilik guvohnomalari kartotekasi bo‘yicha tekshirilganidan so‘ng beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘g‘irlangan, yong‘in, tabiiy ofat oqibatida va boshqa shu kabi sabablarga ko‘ra yo‘qolgan hamda daxldor vakolatli idoralarning hujjatlari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Guvohnomaning dublikati rasmiylashtirilayotgan vaqtda berilgan vaqtinchalik ruxsatnoma alohida daftarga qayd etiladi va guvohnoma nusxasi berilgandan keyin ushbu ruxsatnoma asos bo‘lgan hujjatlarga tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Haydovchilik guvohnomasi o‘rniga dublikat guvohnoma berilganidan keyin, yo‘qolgan guvohnoma topilgan taqdirda, u haqiqiy emas deb hisoblanadi va hududiy YHXB RIB (TRIB)larga yo‘q qilib yuborish uchun topshirilishi kerak.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Eski nusxadagi haydovchilik guvohnomalari yangi nusxadagi haydovchilik guvohnomalariga umumiy asoslarda almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Uzluksiz haydovchilik mehnat faoliyati 10 yildan ortiq bo‘lgan “VS” toifali haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan shaxslarning haydovchilik guvohnomasini “VSE” toifaga almashtirish “E” toifaga 10 soat tirkamali avtomobilda qo‘shimcha amaliy boshqarishni o‘tganliklari haqida ta’lim muassasalaridan berilgan ma’lumotnoma va haydovchining mehnat daftarchasidan ko‘chirma asosida nazariy va amaliy imtihon topshirganlaridan so‘ng amalga oshiriladi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Xalqaro haydovchilik guvohnomalari va Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/35/0606-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar vakolatxonalari va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari boshliqlari va boshqa xodimlarining (diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarning), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob bermaydigan milliy haydovchilik guvohnomalari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining YHXBBga murojaat qilish sharti bilan almashtiriladi. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi haydovchilik guvohnomalari imtihonlar topshirilmasdan almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy xodimlariga milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining YHXBBga murojaat qilish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasining haydovchilik guvohnomalariga almashtirilishi mumkin. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi haydovchilik guvohnomalarini almashtirish imtihonlar topshirilgandan keyin amalga oshiriladi.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Boshqa xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalarini almashtirishdan oldin ular YHXBB orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi. Tekshirish natijasida tasdiq olingan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari, ular tibbiy ko‘rikdan o‘tib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Haydovchilik guvohnomalari va ularning talonlarini hamda boshqa
blankalarni tayyorlash, ta’minlash va hujjatlarni saqlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Haydovchilik guvohnomalari va talonlari blankalari YHXBB buyurtmasiga asosan tayyorlanadi. Buyurtma 1,5 yillik doimiy zaxirani bo‘lishini inobatga olib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Haydovchilik guvohnomalari va uning talonlari blankalari joylardan tushgan buyurtmalarga asosan YHXBB tomonidan tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Haydovchilik guvohnomalari va uning talonlari hamda qat’iy hisobot blankalari va raqam belgilarining kirim va chiqimlari hisobot daftarida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Haydovchilik guvohnomalari hamda talonlarning blankalari qat’iy hisobot hujjatlari tariqasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. To‘ldirish jarayonida buzilgan haydovchilik guvohnomalari va talonlarni qayta ishlatmaslik uchun ularning seriyasi va raqami qirqib olinib, navbatdagi taftishda yoqish yo‘li bilan yo‘q qilinadi va ushbu haqda tuzilgan dalolatnomaga haydovchilik guvohnomasi va talonining qirqib olingan seriya va raqami yopishtirib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Tibbiy ko‘rik xulosasi asosida transport vositalarini boshqarish huquqidan chetlatilgan, yo‘qolgani o‘rniga dublikati berilgandan so‘ng topib olingan, mahrum etilgan muddatdan keyin ikki yil davomida talab qilib olinmagan, vafot etgan fuqarolarning haydovchilik guvohnomalari va (yoki) talonlari navbatdagi taftishda belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Mazkur Nizomda nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkazish tartibi uchun ko‘zda tutilgan blankalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlarining YHXBlari tomonidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Haydovchilik guvohnomasini (talonini) berish uchun asos bo‘lgan hujjatlar (ariza, eski haydovchilik guvohnomasi (taloni), to‘lov qog‘ozlari va boshqalar) hamda o‘quv guruhlaridagi o‘quvchilarning ro‘yxati alohida ish hujjatlari sifatida tikiladi va belgilangan tartibda ikki yil saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilik guvohnomasi (taloni)ning o‘rniga yangisi berilganida eski haydovchilik guvohnomasiga “Bekor qilinadi” shtampi qo‘yilib, boshqa asos bo‘luvchi hujjatlar bilan birga tikiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Imtihon komissiyasi bayonnomalari — 10 yil, haydovchilik guvohnomalarini berish kitobi — 60 yil hududiy YHXB RIB (TRIB)larida belgilangan tartibda saqlanadi.
(87-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ulardan imtihon olish, haydovchilik guvohnomalari va talonlarini berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ish yuritish hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunalar asosida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha barcha (yangi ochilayotgan) ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb ataladi) uchun yagona va rioya etilishi majburiy hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish
(II bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash quyidagi ta’lim tizimidan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “A”, “V”, “S” toifalaridagi avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish uchun shaxslarni tayyorlash, “S”, “D” va “E” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun shaxslarni qayta tayyorlash o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sog‘lig‘ining holati bo‘yicha maxsus tibbiy talablarga javob beradigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’lumoti umumiy o‘rta ma’lumotdan kam bo‘lmagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘quv muddati yakunida “A” toifasidagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 16 yoshga, “V” va “S” toifalari uchun — 18 yoshga, “D” toifasi hamda tramvay va trolleybuslarni boshqarish uchun — 21 yoshga to‘lgan shaxslar bilan olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “V”, “S”, “VS”, “VD” va “VSD” toifasidagi, boshqa toifadagi avtotransport vositalarini boshqaruvchi haydovchilarni qayta tayyorlash tegishli o‘quv rejasi va dasturiga muvofiq tashkil qilinadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan yengil avtomobillarni boshqarishga layoqatli deb topilgan nogiron shaxslarni haydovchilikka tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlari vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda YHXBB) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan maxsus o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. Kar, kar-soqov shaxslarni haydovchilikka tayyorlash umumiy o‘quv dasturi asosida surdotarjimon bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tramvaylarni, trolleybus va bo‘g‘imli trolleybuslarni boshqarish uchun haydovchilarni tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi va YHXBB bilan birgalikda ishlab chiqilib tasdiqlangan yagona o‘quv rejasi va dasturi asosida amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 545-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ayollarni “VS” va “D” toifalariga tayyorlashni tashkil qilishda yuk avtomobillarining yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan va avtobuslarning yo‘lovchilar tashish uchun ruxsat etilgan soni 14 kishidan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ta’lim muassasalarida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yagona o‘quv rejasi va dasturlariga asosan olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash muddatlari tasdiqlangan rejalar va o‘quv dasturlariga muvofiq belgilanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar ularning rahbarlari tomonidan nazorat qilib boriladi, ular tomonidan nazariy va amaliy mashg‘ulot darslari tashkil etiladi, qayta tuziladi va tasdiqlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan ta’lim muassasalari hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda YHXB) RIB (TRIB)larida hisobga olingan bo‘lishlari shart.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “A”, “V”, “S” toifalaridagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda “S”, “D” va “E” toifalaridagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlash uchun nomzodlarni ta’lim muassasalariga qabul qilish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tashkilotlar yo‘llanmasi (ular tomonidan o‘qishga yuborilgan shaxslar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sog‘lig‘i va tegishli toifalardagi transport vositalarini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3 x 4 santimetrli 3 dona fotosurat (haydovchilikka nomzod fuqaro kiyimida suratga tushgan bo‘lishi kerak);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Haydovchilarni “S” yoki “E” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun qayta tayyorlashda, ular tomonidan ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari, tegishli ravishda “V”, “VC”, “VD” yoki “VDE” toifalaridagi haydovchilik guvohnomasi ham taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilarni “D” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga qayta tayyorlashda 9-bandda ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari, “V”, “VS” yoki “VSE” toifalaridagi haydovchilik guvohnomasi hamda uzluksiz uch yillik staji mavjudligini tasdiqlovchi hujjat ham taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilikka nomzodlarni o‘qishga qabul qilish, guruhdan guruhga o‘tkazish, ro‘yxatdan chiqarish va o‘qishni tugatganlik ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalari guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlar soni 25 kishidan oshmasligi kerak. Ta’lim muassasalarining rahbarlari guruhlarda mashg‘ulotlar boshlangungacha o‘quvchilar ro‘yxatini tuzishlari va hududiy YHXBga taqdim etishlari lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘quv-tarbiya jarayoni nazariy hamda laboratoriya-tajriba mashg‘ulotlaridan, avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish bo‘yicha amaliy mashqlardan va ishlab chiqarish tajribalarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv-tarbiya jarayonining tuzilishi va mazmuni o‘quv rejasi hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturi bilan belgilanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘quv rejasi va dasturlarida nazarda tutilgan barcha darslar tasdiqlangan dars jadvaliga asosan, avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish mashg‘ulotlari esa belgilangan jadval bo‘yicha hududiy YHXB bilan kelishilgan yo‘nalishlarda o‘tkaziladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nazariy tayyorgarlik bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘quv jurnallarida qayd etiladi, avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar esa — yo‘l varaqalarida qayd etiladi. Avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, avtotrenajyorlarda o‘tkazilgan mashqlar haydovchilikka nomzodning mashg‘ulotlarni hisobga olish shaxsiy kitobchasida ham qayd etiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ta’lim muassasalarining avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ishlarini tashkil etish va faoliyatini nazorat qilish
(III bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi barcha ta’lim muassasalarining faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi barcha ta’lim muassasalari va ularning tegishli muvofiqlashtiruvchi va yuqori tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchi kadrlarni o‘qitish sifatini yaxshilash va ta’lim-tarbiya tadbirlarini amalga oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasalarining o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash, avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini tuzatish va texnik qarovini ta’minlash ishlarini nazorat qiladilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashni mukammallashtirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va tavsiyanomalar tayyorlashda ishtirok etadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasalarida xodimlarni, muhandis-o‘qituvchilar, amaliy boshqaruv ustalari va boshqa mutaxassis xodimlarning malakalarini oshirish, attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasalarining haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashda erishilgan yutuqlarini o‘rganadilar va targ‘ib qiladilar.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Rahbar xodimlar, o‘qituvchi-muhandislar va ishlab chiqarish ustalarining asosiy vazifalari malaka tavsifnomalarida aks ettirilib, tasdiqlangan qoida va yo‘riqnomalarda ifoda etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Laboratoriya-tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun ishlab chiqarish ustalari lavozimiga oliy va o‘rta maxsus avtomototransport mutaxassisligiga va amaliy ishlab chiqarish tajribasiga ega shaxslar tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori lavozimiga bilimi o‘rta ma’lumotdan kam bo‘lmagan, tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish bo‘yicha uzluksiz besh yil (“D” toifasidagi transport vositasi bo‘yicha — uzluksiz yetti yil) stajga, shuningdek avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transporti vositasini boshqarishni o‘rgatish uslubi bo‘yicha kurslarni tugatganligi haqidagi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Avtomototransport vositalarining va shahar elektr transporti vositalarining tuzilishi va ularni tuzatish, texnik qarovini o‘tkazish fanlaridan dars beruvchilar avtotransport mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Yo‘l harakati qoidalari, avtotransportni boshqarish asoslari va yo‘l harakati xavfsizligi fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchilar, qo‘shimcha ravishda, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishlari shart.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ta’lim muassasalarining xodimlari, muhandis-o‘qituvchilari, amaliy boshqaruv ustalari hamda boshqa mutaxassis xodimlari ta’lim muassasalarining muvofiqlashtiruvchi va yuqori tashkilotlari tomonidan kasbiy yaroqliligi bo‘yicha kamida 3 yilda bir marta attestatsiya sinovlaridan o‘tkaziladi va natijalari hududiy YHXB RIB(TRIB)larga taqdim etiladi. Xususiy mulk asosida tashkil etilgan va muvofiqlashtiruvchi yoki yuqori tashkilotlari mavjud bo‘lmagan ta’lim muassasalarining tegishli mutaxassis xodimlari kasbiy yaroqliligi YHXB RIB(TRIB)lari tomonidan belgilangan tartibda har yili o‘tkaziladigan tekshirishlar davomida aniqlanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar (yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida avtotransport vositalarini boshqarayotgan jismoniy shaxslar bundan mustasno) ikki yilda bir marta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar ma’muriy jazo ijro etilganidan keyin va haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon topshirishdan oldin malaka oshirishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka oshirish yakuni bo‘yicha haydovchiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan shaklda tegishli sertifikat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslarning avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirishlari ish beruvchining, boshqa shaxslarning esa — o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ta’lim muassasalarining o‘quv-metodik bazasi
(IV bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Transport vositalari haydovchilarini tayyorlovchi va qayta tayyorlovchi ta’lim muassasalari nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uchun mulkiy huquq bilan jihozlangan o‘quv kabinetlariga, o‘quv-texnik uskunalarga, ko‘rgazmali o‘quv qo‘llanmalariga, transport vositalarini boshqarish mashqlarini o‘tkazish uchun o‘quv avtodromiga yoki yopiq maydonga, o‘quv transport vositalariga ega bo‘lishlari kerak. Ta’lim muassasasining unga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan o‘quv xonalari, ulardagi jihozlar va mashq avtomobillaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ta’lim muassasalari zamonaviy avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari, yonilg‘i-moylash materiallari, uskunalar, avtomobil ehtiyot qismlari va asboblari bilan ta’minlash ishlarini amalga oshiradilar.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasining namunaviy normativlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan belgilanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ta’lim muassasalariga qarashli barcha avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari belgilangan tartibda YHXB RIB(TRIB)da ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Ta’lim muassasalarini bitirish imtihonlari
(V bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ta’lim muassasalarining ichki sinovlaridan o‘tgan haydovchilikka nomzodlar YHXB RIB (TRIB)larda imtihon topshiradilar. Imtihon olish vaqti YHXB RIB (TRIB) tomonidan o‘quv tashkilotining murojaatiga asosan oldindan belgilanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Ta’lim muassasasida imtihon qabul qilish uchun rahbar buyrug‘i bilan rais va ikki kishidan iborat imtihon komissiyasi tuziladi. Qo‘shimcha ravishda komissiya a’zolari tarkibiga muhandis-o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, agar haydovchilar tashkilot uchun tayyorlanayotgan bo‘lsa, shu tashkilotning vakili ham kiritilishi mumkin.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Imtihonga qo‘yiladigan haydovchilikka nomzodlar tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturini to‘liq o‘qib tugatgan va barcha fanlardan ijobiy yakunlovchi baho olgan bo‘lishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilikka nomzodlarning nazariy fanlardan olgan bilimi besh ballik baho mezoni bilan, amaliy egallagan mahorati va tajribasi “topshirdi” yoki “topshirmadi” mezoni bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Barcha toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv guruhlarining nazariy imtihonlari YHXBB ruxsat bergan va tasdiqlagan imtihon biletlariga asosan o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Imtihonlardan o‘ta olmagan o‘quvchilar, ta’lim muassasasida qo‘shimcha tayyorgarlik ko‘rgach, qaytadan imtihon topshiradilar.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan bayonnoma to‘ldiriladi, so‘ngra ta’lim muassasasi rahbari tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ta’lim muassasasining imtihon va sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga imtihon komissiyasi protokoliga asosan o‘qishni bitirganlik haqida yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yagona namunadagi guvohnoma bosmaxona usulida tayyorlangan bo‘lishi, hududiy kodga, seriya va tartib raqamiga ega bo‘lishi kerak. O‘qishni tugatganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar blankalari O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan ta’lim muassasalari buyurtmanomalariga binoan tarqatiladi hamda qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Avtomototransport vositalari hamda shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturi bo‘yicha o‘qishni tugatganlik haqidagi guvohnoma avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini bermaydi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. O‘quv guruhlarining hujjatlari va imtihon komissiyasi bayonnomasi belgilangan muddatgacha ta’lim muassasasida saqlanadi. Guvohnoma yo‘qolib qolgan hollarda ta’lim muassasasi ariza va imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan guvohnomaning dublikatini beradi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 317-modda; 2010-y., 52-son, 525-modda; 2013-y., 41-son, 545-modda; 2017-y., 36-son, 958-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447, 23.01.2018-y., 09/18/35/0606-son, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)