O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT SUD EKSPERTLARINING HAYOTI VA SOG‘LIG‘INI DAVLAT TOMONIDAN MAJBURIY SUG‘URTA QILISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
“Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga muvofiq hamda davlat sud ekspertlari ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-dekabr,
321-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish (keyingi o‘rinlarda “davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish” deb ataladi) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
davlat sud eksperti — davlat sud-ekspertiza muassasasining o‘z xizmat vazifalarini bajarish tartibida sud ekspertizasini o‘tkazuvchi sud eksperti;
naf oluvchi — sug‘urtalangan shaxs o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda vafot etgan (halok bo‘lgan) taqdirda sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalangan shaxs — foydasiga sug‘urta amalga oshiriladigan va sug‘urta badali to‘langan davlat sud eksperti;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
sug‘urta qildiruvchi — sug‘urtalovchi bilan davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan va sug‘urtalovchi bilan sug‘urta munosabatlariga kirishgan tegishli sud-ekspertlik tashkilotlari;
sug‘urtalovchi — umumiy sug‘urta qilish sohasida majburiy sug‘urtalash uchun litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urta kompaniyasi;
sug‘urta summasi — davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi uning doirasida sug‘urta tovoni to‘lash majburiyatini olgan pul mablag‘lari summasi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta tovoni — har bir sug‘urtalangan shaxs uchun sug‘urta summasi doirasida ushbu Nizomda qayd etilgan holatlarda sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urtalangan shaxsga (naf oluvchiga) to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
sug‘urta mukofoti — ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga to‘lashi shart bo‘lgan pul mablag‘lari summasi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta hodisasi — davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi davrida o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan sug‘urtalangan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi;
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi — (keyingi o‘rinlarda “davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi” deb ataladi) sug‘urtalovchi u bo‘yicha sug‘urta hodisasi vujudga kelganda kelishilgan to‘lov (sug‘urta mukofoti) yuzasidan sug‘urtalangan shaxsga (naf oluvchiga) mehnatda mayib bo‘lganligi yoki u mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanganligi munosabati bilan sug‘urtalangan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini sug‘urta summasi doirasida qoplash majburiyatini oladigan sug‘urta shartnomasi;
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
mehnatda mayib bo‘lish — xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vaqtincha yoki turg‘un yo‘qotishi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sug‘urtalangan shaxsning hayoti va sog‘lig‘i davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish obyekti hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sug‘urta hodisasi munosabati bilan sug‘urtalangan shaxsga (naf oluvchiga) yetkazilgan ma’naviy zarar davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qoplanmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
5. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi va davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish polisi davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilishning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
II. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish va shartnoma shartlarini o‘zgartirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
6. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida bir yil muddatga tuziladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 706-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 09/21/706/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish uchun sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi arizani taqdim qiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
8. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urtalash muddati davomida amal qiladi.
9. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi sug‘urta qildiruvchiga sug‘urtalovchining hisob raqamiga davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti kelib tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay beriladi.
10. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qilish davrida davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish uchun taqdim qilingan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi har qanday o‘zgarishlar haqida sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga uch ish kunidan kechikmay xabar qilishi shart.
11. Sug‘urta qildiruvchidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasini tuzish uchun taqdim etilgan ma’lumotlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ariza olinganda sug‘urtalovchi, zarurat bo‘lganda, davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga qo‘shimcha bitimni tuzadi va sug‘urta polisini qaytadan rasmiylashtiradi.
12. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qilish davrida shartnoma shartlari o‘zgargan taqdirda o‘zgargan shartlarga ko‘ra sug‘urta mukofotiga tuzatish kiritiladi. Bunda sug‘urta mukofoti bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida tomonlarning majburiyatlari davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasiga tuzilgan qo‘shimcha bitim tuzilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida bajarilishi lozim.
III. Sug‘urta summasi, sug‘urta mukofoti va davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
13. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summasi har bir sug‘urtalangan shaxs uchun davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tuzilgan kunda O‘zbekiston Respublikasida amal qilgan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida belgilanadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti sug‘urtalangan shaxslar sonini sug‘urta summasiga va 3,4 foiz miqdorida belgilangan sug‘urta tarifiga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblab chiqiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Sug‘urta tariflarining davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qiladigan muddat mobaynida o‘zgarishi sug‘urta qildiruvchi tomonidan to‘lov vaqtida amalda bo‘lgan sug‘urta tariflari bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofotining o‘zgarishiga olib kelmaydi.
15. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti sug‘urta qildiruvchi tomonidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yo‘la to‘lanadi.
Sug‘urta qildiruvchining hisob raqamidagi pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lash ish beruvchining ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlarga mo‘ljallangan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
16. Agar sug‘urtalovchi davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi amal qilish davrida sug‘urta tovonini to‘lagan bo‘lsa, davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta summasi to‘langan sug‘urta tovoni summasi miqdoriga kamaytiriladi. Bunda sug‘urta qildiruvchi to‘langan sug‘urta tovoni summasiga hamda davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining qolgan amal qilish muddatiga mutanosib ravishda sug‘urta mukofotini yetti ish kuni mobaynida qo‘shimcha ravishda to‘lashi shart.
IV. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi tomonlarining huquqlari va majburiyatlari
17. Sug‘urta qildiruvchi:
sug‘urtalovchidan davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalangan shaxslarning soni kamayganda sug‘urta mukofotining sug‘urtalangan shaxslarning kamaygan soniga va davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish huquqiga ega.
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta qildiruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(17-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
18. Sug‘urta qildiruvchi:
davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda sug‘urta mukofotini to‘lashi;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalangan shaxslarni davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, mazkur shartnoma bo‘yicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalangan shaxs (naf oluvchi) yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishi;
(18-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalangan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi borasida o‘ziga ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran yigirma ish kunidan kechiktirmay, sug‘urtalovchiga yozma yoki elektron shaklda ma’lum qilishi shart.
(18-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urta qildiruvchi qonunchilikka muvofiq o‘z zimmasiga boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
(18-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Sug‘urtalovchi:
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalangan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi holatlarini tekshirishda ishtirok etish va zarur bo‘lgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
sug‘urtalangan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi holatlariga doir axborotlarni tekshirish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Sug‘urtalovchi:
sug‘urta qildiruvchini davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida sug‘urta qildiruvchi va (yoki) sug‘urtalangan shaxs (naf oluvchi) to‘g‘risida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi;
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, sug‘urta qildiruvchi sug‘urta tovonini to‘lash uchun murojaat etganidan keyin o‘n besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sug‘urta qildiruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslagan holda yozma yoki elektron shaklda xabar qilishi;
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n besh ish kunidan kechikmay qaror qabul qilishi va sug‘urta tovonini to‘lashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalovchi qonunchilikka muvofiq o‘z zimmasiga boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
(20-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Sug‘urtalangan shaxs:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urtalovchiga sug‘urta tovonini to‘lash haqida yozma yoki elektron shakldagi ariza bilan murojaat qilish;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urta tovoni olish;
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlari to‘g‘risida sug‘urta qildiruvchi yoki sug‘urtalovchidan bepul axborot olish;
hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi sharoitlarini tekshirishda, zaruriyat bo‘lganda, o‘zining ishonchli shaxsini jalb etgan holda belgilangan tartibda ishtirok etish;
sug‘urta qildiruvchidan sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni olish huquqiga ega.
22. Naf oluvchi:
sug‘urta tovonini olish haqidagi talab bilan sug‘urtalovchiga murojaat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urta tovonini olish;
(22-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasining shartlari to‘g‘risida sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalovchidan bepul axborot olish;
sug‘urtalangan shaxs o‘z mehnat vazifalarini bajarayotganda halok bo‘lganligi (vafot etganligi) haqida sug‘urta qildiruvchiga xabar qilish;
sug‘urta hodisasini tekshirishda belgilangan tartibda ishtirok etish;
sug‘urtalovchi haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni sug‘urta qildiruvchidan olish huquqiga ega.
V. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lash tartibi va shartlari
23. Sug‘urtalovchi quyidagi holatlarda:
Oldingi tahrirga qarang.
a) sug‘urtalangan shaxs ishlagan davrda yoki ishdan bo‘shagandan keyin bir yil ichida o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan halok bo‘lgan (vafot etgan)da sug‘urta summasining 100 foiz miqdorida;
(23-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) sug‘urtalangan shaxsga o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan nogironlik berilgan bo‘lsa:
(23-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — sug‘urta summasining 80 foizi miqdorida;
(23-band “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — sug‘urta summasining 65 foizi miqdorida;
(23-band “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — sug‘urta summasining 50 foizi miqdorida;
(23-band “b” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
v) sog‘lig‘iga boshqacha yo‘l bilan zarar yetkazilsa — ushbu Nizomga 3-ilovaga* muvofiq miqdorda sug‘urta tovoni to‘laydi.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Sug‘urtalangan shaxs (naf oluvchi) sug‘urtalovchiga sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risidagi talab bildirilgan arizani:
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
sug‘urta polisini (mavjud bo‘lsa);
Oldingi tahrirga qarang.
o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan sug‘urtalangan shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ishlab chiqarishda yuzaga kelgan baxtsiz hodisa maxsus tergovining dalolatnomasi, Tibbiy mehnat ekspert komissiyasining xulosasi, nizo vujudga kelganda — sud qarorini);
(24-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
naf oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda ham sug‘urtalangan shaxsning vafot etganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi ilova qilinadi.
(24-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Sug‘urta hodisasi tan olinganda sug‘urta hodisasi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi, u har qaysi tomon uchun bir nusxadan — uch nusxada, sug‘urtalovchi, sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalangan shaxs (naf oluvchi) tomonidan imzolanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta tovonini to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bu haqda sug‘urtalangan shaxsga (naf oluvchiga) uning sug‘urta tovonini to‘lash talabidan iborat bo‘lgan ariza bilan yozma yoki elektron murojaatidan keyin o‘n besh ish kunidan kechikmay, rad etish asoslari ko‘rsatilgan holda xabar qilingan bo‘lishi kerak.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
VI. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
27. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha zimmasiga olingan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun tomonlar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish shartnomasidan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Davlat tomonidan majburiy sug‘urta qilish qonunchiligi buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 706-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 09/21/706/1080-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-iyuldagi 458-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 522-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 09/21/706/1080-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)