O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK AYRIMLARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga 2011-yilning 1-yanvaridan boshlab 1-ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 2011-yilning 1-yanvaridan boshlab 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-dekabr,
PF-4261-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-dekabrdagi PF-4261-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 2011-yilning 1-yanvaridan boshlab kiritiladigan o‘zgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2003-yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga kompensatsiya pul to‘lovlarini joriy etish to‘g‘risida” 2003-yil 27-martdagi PF-3227-son Farmoni 2-bandidagi “mehnat haqi fondiga” so‘zlari “jismoniy shaxslarning jami daromadiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi PF-3594-son Farmonining 1-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. 2005-yilning 1-iyulidan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan va ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan soliq, mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinsin.”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmoni 3-bandidagi “besh yil muddatga” so‘zlari “2014-yilning 1-yanvarigacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-dekabrdagi PF-4261-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadigan ayrim farmonlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 20-maydagi PF-3076-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy shaxslarning jami daromadini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-sentabrdagi PF-3127-son Farmonining 4-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji savdo korxonalarini soliqqa tortishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 4-fevraldagi PF-3205-son Farmoni.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 511-modda)