Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 24.12.2010 yildagi 312-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASI VA SENATINING “SURXONDARYo VILOYATINING BANDIXON TUMANINI TUGATIB, UNING HUDUDINI QIZIRIQ TUMANIGA BIRLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA”GI QARORLARINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini tugatish hamda uning hududini Qiziriq tumaniga birlashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 3-noyabrdagi 181–II-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini tugatib, uning hududini Qiziriq tumaniga birlashtirish to‘g‘risida” 2010-yil 4-dekabrdagi 134–II-sonli qarorlarining amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini tugatib, uning hududini Qiziriq tumaniga birlashtirish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etish bo‘yicha Respublika komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika komissiyasi (B.A.Xo‘jayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini tugatib, uning hududini Qiziriq tumaniga birlashtirish bilan bog‘liq zarur tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qiziriq tumani davlat boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari xodimlarining cheklangan umumiy sonini, tuzilmasi va mehnatga haq to‘lash fondlarini aniqlashga doir tashkiliy masalalarni hal etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Qiziriq tumani budjetining va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda tashkiliy davrda iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 18 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda Surxondaryo viloyati Bandixon tumanini tugatib, uning hududi Qiziriq tumaniga birlashtirilishi munosabati bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari tugatilishi va ular sonining qisqarishi natijasida bo‘shab qolayotgan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin, zaruriyat bo‘lganda ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qiziriq tumanini yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanining ma’muriy hududi kengayishi munosabati bilan statistika ko‘rsatkichlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanining ma’muriy hududi kengayishi munosabati bilan yer hisobotlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani tugatilib, uning hududi Qiziriq tumaniga birlashtirilishi munosabati bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandixon tumani ichki ishlar bo‘limlarining amaldagi xodimlari soni, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani ichki ishlar organlarining tegishli bo‘linmalariga berilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandixon tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va davlat notarial idoralari ularga tartib raqami berilgan holda hamda Bandixon tumani sud ijrochilarining amaldagi soni, Qiziriq tuman sud ijrochilari bo‘limiga berilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tugatilayotgan Bandixon tumani prokuraturasi, shu jumladan Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bo‘limlari xodimlarining shtatdagi sonini Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanining tegishli bo‘linmalarga berish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A.Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 24-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
312-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-dekabrdagi 312-son qaroriga
2-ilova
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hokimligi apparati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 516-modda)