Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
NOTARIAT SOHASIDAGI AYRIM NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1521-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼatining 2005-yil 12-noyabrdagi 35-son “Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1521, 2005-yil 12-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 46-son, 351-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼatining 2010-yil 8-iyundagi 12/10-son “Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1521-1, 2010-yil 8-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 189-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 18-sentabrdagi 195-mh-son “Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1521-2, 2010-yil 18-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 38-son, 332-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 15-noyabrdagi 264-mh-son “Muayyan hududda (notarial okrugda) notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1521-3, 2010-yil 15-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-son, 424-modda).
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq 2011-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-dekabr,
302-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 497-modda)