O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIG‘INING
buyrug‘i
“YO‘LOVChILAR VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUG‘ULLANAYOTGAN YuRIDIK ShAXSLARNING XODIMLARIGA VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUG‘ULLANAYOTGAN XUSUSIY TADBIRKORLARGA QO‘YILADIGAN MALAKAVIY TALABLAR TO‘G‘RISIDA”GI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 18-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1626-4]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2021-yil 21-sentabrdagi 13-sonli ““Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1626-11, 30.09.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar tartibini takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2006-yil 6-sentabrdagi 98-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1626, 2006-yil 5-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 403-modda) bilan tasdiqlangan “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-noyabr,
178-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 51-son, 496-modda)