10.07.2006 yildagi PQ-406-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.07.2006 10 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“QARSHITERMOPLAST” DAVLAT KORXONASINI QAYTA TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish va tayyor mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha yagona texnologiya siklini taʼminlash, respublika iqtisodiyotining polietilenni qayta ishlash mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish hamda neft-gaz tarmogʻining eksport salohiyatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining “Qarshitermoplast” davlat korxonasini “Shoʻrtan GKK” shuʼba korxonasiga qoʻshish yoʻli bilan uni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Qarshitermoplast” davlat korxonasini qayta tashkil etish va uni davlatning mulkiy hissasi sifatida “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi ustav jamgʻarmasiga topshirish boʻyicha tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, “Shoʻrtan GKK” shuʼba korxonasi “Qarshitermoplast” davlat korxonasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi bir oy muddatda “Qarshitermoplast” korxonasining topshirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari majmuini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Ushbu chora-tadbirlarda xomashyo bilan barqaror taʼminlash, zarur aylanma mablagʻlarni ajratish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali loyiha quvvatiga erishish, uni eksport qilishni kengaytirish nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisida” 2005-yil 14-martdagi PQ-29-son qarori 1-ilovasining 431-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 10-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-406-son