Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“QARSHITERMOPLAST” DAVLAT KORXONASINI QAYTA TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish va tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha yagona texnologiya siklini ta’minlash, respublika iqtisodiyotining polietilenni qayta ishlash mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish hamda neft-gaz tarmog‘ining eksport salohiyatini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining “Qarshitermoplast” davlat korxonasini “Sho‘rtan GKK” shu’ba korxonasiga qo‘shish yo‘li bilan uni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Qarshitermoplast” davlat korxonasini qayta tashkil etish va uni davlatning mulkiy hissasi sifatida “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi ustav jamg‘armasiga topshirish bo‘yicha tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
3. Belgilansinki, “Sho‘rtan GKK” shu’ba korxonasi “Qarshitermoplast” davlat korxonasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
4. “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi bir oy muddatda “Qarshitermoplast” korxonasining topshirilayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari majmuini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. Ushbu chora-tadbirlarda xomashyo bilan barqaror ta’minlash, zarur aylanma mablag‘larni ajratish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali loyiha quvvatiga erishish, uni eksport qilishni kengaytirish nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-iyul,
PQ-406-son