OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
IJTIMOIY TAʼMINOT BOʻLIMLARI TOMONIDAN YuRIDIK ShAXSLAR HAMDA ALOHIDA FUQAROLARGA NISBATAN QAYTA TALAB QILISh (REGRESS) TALABNOMALARI ASOSIDA ISh OLIB BORISh TARTIBI HAQIDAGI YOʻRIQNOMA VA UNGA KIRITILGAN OʻZGARTIRIShLARNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 10-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 330-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 562-modda) va 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 563-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirining 1997-yil 6-fevraldagi 23-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan yuridik shaxslar hamda alohida fuqarolarga nisbatan qayta talab qilish (regress) talabnomalari asosida ish olib borish tartibi haqidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 330, 1997-yil 17-aprel);
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son “Ijtimoiy taʼminot idoralari tomonidan yuridik shaxslar hamda alohida fuqarolarga nisbatan qayta talab qilish (regress) talabnomalari asosida ish olib borish tartibi haqidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 330-1, 2008-yil 13-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 51-son, 504-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 6-dekabr,
200-B-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 49-son, 468-modda)