O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIJORAT BANKLARI AVTOMATLAShTIRILGAN BANK TIZIMLARIDA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 9-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1552-2]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda) muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 17-yanvardagi 1/8-son qarori (ro‘yxat raqami 1552, 2006-yil 13-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Rais F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 13-noyabr,
37/3-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 13-noyabrdagi 37/3 sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Arxiv ishi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 192-modda), “Axborotlashtirish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2004-y., 6-son, 67-modda), “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 136-modda), “Bank siri to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami 2003-y., 19-son, 174-modda), “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 12-modda) va “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 112-modda) qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan.”.
2. 7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Avtomatlashtirilgan bank tizimida ma’lumotlar kiritish va o‘zgartirish vakolatiga ega bo‘lgan har bir mas’ul xodimning ishchi stansiyalari mazkur tizimga ulanishga ruxsat beruvchi apparat — dasturiy qurilmalar bilan jihozlanishi lozim.”.
3. Quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71.Tizimga ulanishga ruxsat beruvchi apparat – dasturiy qurilmalarni boshqa shaxslarga berish va qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.”.
4. 11-band quyidagi tahrirdagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Elektron to‘lov tizimi orqali jo‘natilayotgan yoki qabul qilinayotgan barcha elektron to‘lov hujjatlari so‘nggi bazaga ega antivirus dasturi tekshiruvidan o‘tkazilishi shart.”.
5. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori X. MUHITDINOV
2010-yil 15-noyabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 49-son, 463-modda)