Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI UCHUN ROʻYXATDAN OʻTKAZISH DAVLAT RAQAMI BELGILARINING YANGI NAMUNALARINI BOSQICHMA-BOSQICH JORIY ETISH MUDDATLARINI UZAYTIRISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarorining sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini bosqichma-bosqich joriy etish muddatlarini 2013-yil 1-yanvargacha uzaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi “2011-yil 1-yanvargacha” soʻzlari “2013-yil 1-yanvargacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-dekabr,
284-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 49-son, 453-modda)