O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI UCHUN RO‘YXATDAN O‘TKAZISH DAVLAT RAQAMI BELGILARINING YANGI NAMUNALARINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Avtomototransport vositalari milliy davlat raqami belgilarining xalqaro talablar va standartlarga muvofiqligini ta’minlash, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olishning elektron tizimi bilan birga olib borish, shuningdek ularni qalbakilashtirish va ulardan noqonuniy foydalanishning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish:
2008-yil va 2009-yilning birinchi choragi mobaynida — ishlab chiqarilgan yilidan qat’i nazar, avtomototransport vositalari uchun, ular egalarining yozma arizasi asosida ixtiyoriy ravishda, shuningdek yangidan ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan (qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan) barcha avtomototransport vositalari uchun majburiy tartibda;
Oldingi tahrirga qarang.
2009-yilning ikkinchi choragidan boshlab 2013-yil 1-yanvargacha — yangidan ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan (qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan), shuningdek foydalanilayotgan (ishlatilayotgan) barcha avtomototransport vositalari uchun majburiy tartibda amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-dekabrdagi 284-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 49-son, 453-modda)
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish eski davlat raqami belgilarini yangisiga ixtiyoriy ravishda almashtirish to‘g‘risida 2008-yil mobaynida murojaat qilgan avtomototransport vositalari egalari ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun yig‘imni to‘lashdan ozod qilinadilar, yaroqsiz va yo‘qolgan davlat raqami belgilarini va ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini majburiy almashtirish hollari bundan mustasno.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-sentabrdagi 211-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 37-38-son, 381-modda)
3. Quyidagilar:
avtomototransport vositalariga beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlari taqsimoti 1-ilovaga muvofiq;
avtomototransport vositalari va ularning tirkamalariga beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining tiplari 2-ilovaga muvofiq;
ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarida qo‘llanadigan raqamlar va lotin alifbosi harflarining namunalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xorijiy davlatlarning vakolatli organlarini O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun ro‘yxatdan o‘tkazish yangi davlat raqami belgilari joriy etilganligi to‘g‘risida xabardor qilish yuklansin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini tayyorlash yorug‘likni aks ettiruvchi qoplamalar, chidamli va korroziyaga qarshi metall qotishmalari qo‘llanishini, shuningdek qalbakilashtirishdan himoya qilishning yuqori darajasini ta’minlovchi tasdiqlangan maxsus texnologiyaga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini O‘zbekiston Respublikasi hududida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Qurilish-montaj boshqarmasida ishlab chiqarishga doir mutlaq huquq berilsin.
“O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini ishlab chiqarishda standartlar talablariga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat mexanizmini belgilasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Moliya vazirligi yangi namunadagi davlat raqami belgilarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun texnologik asbob-uskunalar xarid qilishga 333990,0 yevro ekvivalentida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan zarur mablag‘lar ajratsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-sentabrdagi 211-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 37-38-son, 381-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining texnik shartlarini tartibga soluvchi normativ hujjatni bir oy muddatda ishlab chiqsin va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “O‘zstandart” agentligiga taqdim etsin;
Oldingi tahrirga qarang.
ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi standart hamda ishlab chiqarish texnologiyasi asosida tayyorlanishini va 2008-yil 1-oktabrgacha chiqarilishini ta’minlasin;
(7-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining .2008-yil 18-sentabrdagi 211-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 37-38-son, 381-modda)
avtomototransport vositalari haydovchilari va aholi o‘rtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali zarur tushuntirish ishlari olib borgan holda ularga ushbu qaror talablarini yetkazsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda yangi namunadagi davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan yig‘im miqdorini bir oy muddatda tasdiqlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda:
Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud bilan birgalikda qalbakilashtirilgan va boshqa transport vositasiga biriktirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilaridan foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasida avtomotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ular hisobini yuritish, milliy davlat raqami belgilarini berish va almashtirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, ularda yaroqsiz, shikastlangan yoki buzilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini almashtirish va ta’mirlash tartibini puxta tartibga solsin;
idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” 1997-yil 26-maydagi 256-son qarorining 5-bandi, shuningdek qarorga 2, 3 va 4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M.Xanov va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A.Matlyubov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-iyun,
131-son
Avtotransport vositalariga beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlari
TAQSIMOTI
| Hududlar | Kod raqamlari |
| Toshkent shahri | 01—09 |
| Toshkent viloyati | 10—19 |
| Sirdaryo viloyati | 20—24 |
| Jizzax viloyati | 25—29 |
| Samarqand viloyati | 30—39 |
| Farg‘ona viloyati | 40—49 |
| Namangan viloyati | 50—59 |
| Andijon viloyati | 60—69 |
| Qashqadaryo viloyati | 70—74 |
| Surxondaryo viloyati | 75—79 |
| Buxoro viloyati | 80—84 |
| Navoiy viloyati | 85—89 |
| Xorazm viloyati | 90—94 |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 95—99 |
Avtomototransport vositalariga va ularning tirkamalariga beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari
Oldingi tahrirga qarang.
I tip — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari yuridik shaxslarning avtomobillariga beriladi (chet el investitsiyasi va kapitali ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno).
(I tipning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi, o‘ng tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
Oldingi tahrirga qarang.
I1 tip — “DAV” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining shaxsan biriktirilgan va navbatchi xizmat avtomobillariga beriladi (mudofaa, ichki ishlar, bojxona, favqulodda vaziyatlar organlarining avtomobillari hamda II tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami beriladigan avtomobillar bundan mustasno).
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi, o‘ng tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
(I1 tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
Oldingi tahrirga qarang.
I2 tip — STY seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari tez tibbiy yordam avtomobillariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi, o‘ng tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.

(I2 tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
IE tip — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari yuridik shaxslarning elektromobillariga va gibrid avtomobillariga (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) beriladi.
(IE tipning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son)
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, o‘ng tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
(I1 tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
IE2 tip — “STY” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari tez tibbiy yordam elektromobillariga va gibrid avtomobillarga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, o‘ng tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.

(IE2 tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
II tip — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari oliy davlat organlari, boshqaruv organlari va vazirliklarning avtomobillariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Chap tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i.
III tip — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari jismoniy shaxslarning avtomobillariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi, o‘ng tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
IIIE tip — ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari jismoniy shaxslarning elektromobillariga va gibrid avtomobillariga (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) beriladi.
(IIIE tipning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son)
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, o‘ng tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
(III tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
IV tip — “CMD” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xati asosida diplomatik vakolatxonalar rahbarlarining bitta xizmat avtotransport vositasiga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda.
V tip — “D” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida:
diplomatik va konsullik muassasalari boshliqlari (Favqulodda va Muxtor Elchi, Vakil, Bosh konsul) va ular oila a’zolarining shaxsiy avtotransport vositalariga;
diplomatik vakolatxonalar diplomatik agentlari va ular oila a’zolarining xizmat va shaxsiy avtotransport vositalariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda.
VI tip — “UN” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqam belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida:
BMT vakolatxonalari va BMT ixtisoslashtirilgan tashkilotlari boshliqlarining va Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila a’zolarining shaxsiy avtotransport vositalariga;
BMT vakolatxonalari va BMT ixtisoslashtirilgan tashkilotlari xodimlarining xizmat va shaxsiy avtotransport vositalariga hamda Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila a’zolarining shaxsiy avtotransport vositalariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni ko‘k rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda.
VII tip — “T” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida:
diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari ma’muriy-texnik tarkibi xodimlarining xizmat va shaxsiy avtotransport vositalariga hamda Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila a’zolarining shaxsiy avtotransport vositalariga;
Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari va uy xizmatchilarining xizmat avtotransport vositalariga;
BMT yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan boshqa vakolatxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan yirik muruvvat loyihalari va texnik ko‘maklashish dasturlarining avtotransport vositalariga;
ushbu loyihalarning Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xodimlari shaxsiy ehtiyojidagi avtotransport vositalariga;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, savdo vakolatxonalari boshliqlari hamda Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila a’zolarining shaxsiy ehtiyojidagi avtotransport vositalariga;
Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, savdo vakolatxonalari xodimlarining xizmat va shaxsiy ehtiyojidagi avtotransport vositalariga hamda ular oila a’zolarining shaxsiy avtotransport vositalariga;
Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan faxriy konsulliklar xodimlarining shaxsiy ehtiyojidagi avtotransport vositalariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda.
VIII tip — “X” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida:
konsullik muassasalari;
faxriy konsulliklar;
xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari;
hukumatlararo va xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan savdo vakolatxonalari rahbarlarining bitta xizmat avtotransport vositasiga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda.
IX tip — “M” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida:
muxbirlik punktlari (byurolar, ofislar) avtotransport vositalariga;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida doimiy ravishda akkreditatsiya qilingan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan xorijiy muxbirlar avtotransport vositalariga;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan vakolatxonalar hamda xalqaro va xorijiy hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar filiallari rahbarlari va xodimlarining xizmat ehtiyojidagi avtotransport vositalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
akkreditatsiya qilingan va O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarining va banklarning, shuningdek, chet el investitsiyasi va kapitali ishtirokidagi korxonalarning xizmat ehtiyojidagi avtotransport vositalariga beriladi.
(IX tipning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda.
Oldingi tahrirga qarang.
X tip — “H” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy, xizmat ishlari bo‘yicha, o‘qish yoki turizm maqsadida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha bo‘ladigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan ijaraga olingan transport vositalariga beriladi.
(X tipning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni sariq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda.
Oldingi tahrirga qarang.
XI tip — mototsikllar uchun ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari.
(XI tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng burchagining yuqori tomonida hududning kodi, quyi tomonida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
XIE tip — elektromototsikl uchun ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari.
(XIE tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng burchagining yuqori tomonida hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, quyi tomonida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
(XI tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
XIE1 tip — skuterlar uchun ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng burchagining yuqori tomonida hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, quyi tomonida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.

Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
(XIE1 tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
XI1 tip — mopedlar uchun ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng burchagining yuqori tomonida hududning kodi, quyi tomonida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.

Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
(XI1 tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
XI2 tip — “NN” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy, xizmat ishlari bo‘yicha, o‘qish yoki turizm maqsadida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha bo‘ladigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tegishli bo‘lgan mototsikl va elektromototsikllarga beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni sariq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
XI3 tip — “NNN” seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy, xizmat ishlari bo‘yicha, o‘qish yoki turizm maqsadida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha bo‘ladigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga tegishli bo‘lgan moped va skuterlarga beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni sariq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
(XI2 va XI3 tiplar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
XII tip – yuk va yengil avtomobillarga tirkamalar va yarim tirkamalar uchun ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyi burchakda hududning kodi, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
XIII tip – yo‘l harakatida qatnashishga vaqtincha qo‘yilgan transport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (tranzit uchun, qog‘ozda yozilgan bir martalik belgi).
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng tomonda hududning kodi.
Avtomobillar uchun ikkita ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami beriladi (orqa va old tomonda mahkamlash uchun).
XIIIA tip – yo‘l harakatida qatnashishga vaqtincha qo‘yilgan tirkamalar, mototransport uchun ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (tranzit uchun, qog‘ozda yozilgan bir martalik belgi).
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida hududning kodi.
Tirkamalar va mototsikllar uchun bitta ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
IA tip – ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari orqa tomonga mahkamlash uchun yuridik shaxslarning mahkamlash joyi I tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan yengil avtomobillariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida hududning kodi, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
Oldingi tahrirga qarang.
IA1 tip — “DAV” seriyali ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari orqa tomonga mahkamlash uchun davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahkamlash joyi I1 tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan shaxsan biriktirilgan va navbatchi xizmat avtomobillariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida hududning kodi, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
(IA1 tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
IAE tip — ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari orqa tomonga yoki old va orqa tomonga mahkamlash uchun yuridik shaxslarning mahkamlash joyi IE tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan yengil elektromobillariga va gibrid avtomobillariga (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) beriladi.
(IAYE tipning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son)
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
(IA1 tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
IIA tip — ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari orqa tomonga mahkamlash uchun oliy davlat organlari, boshqaruv organlari va vazirliklar (yuridik shaxslar)ning mahkamlash joyi II tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan avtomobillariga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i.
IIIA tip – ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari yuk avtomobillari va avtobuslarga, shuningdek jismoniy shaxslarning mahkamlash joyi III tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan yengil avtomobillariga orqa tomonga mahkamlash uchun beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida hududning kodi, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
IIIAE tip — ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari elektr yurgizgichli yuk avtomobillar va avtobuslarga, shuningdek jismoniy shaxslarning mahkamlash joyi III tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan yengil elektromobillariga va gibrid avtomobillariga (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) orqa tomonga yoki old va orqa tomonga mahkamlash uchun beriladi.
(IIIAE tipning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son)
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va “UZ” harflari.
(IIIA tip O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
IVA tip — “CMD” seriyali ikki qatorli maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari diplomatik vakolatxonalar rahbarlarining mahkamlash joyi IV tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan bitta xizmat avtotransport vositasiga orqa tomonga mahkamlash uchun beriladi.
VA tip – “D” seriyali orqa tomonga mahkamlanadigan ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari:
diplomatik va konsullik muassasalar boshliqlari (Favqulodda Muxtor Elchi, Vakil, Bosh konsul) va ular oila a’zolarining mahkamlash joyi V tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan shaxsiy avtotransport vositalariga;
diplomatik vakolatxonalarning diplomatik agentlari va ular oila a’zolarining mahkamlash joyi V tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan xizmat va shaxsiy avtotransport vositalariga beriladi.
VIA tip – “UN” seriyali orqa tomonga mahkamlanadigan ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari BMT vakolatxonalarining mahkamlash joyi VI tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan avtomobillariga beriladi.
VIIA tip – “T” seriyali orqa tomonga mahkamlanadigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari VII tipda ko‘rsatilgan, mahkamlash joyi VII tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan avtomototransport vositalariga beriladi.
VIIIA tip – “X” seriyali orqa tomonga mahkamlanadigan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari VIII tipda ko‘rsatilgan, mahkamlash joyi VIII tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan avtomototransport vositalariga beriladi.
IXA tip – “M” seriyali orqa tomonga mahkamlanadigan ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari mahkamlash joyi IX tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan avtomobillarga beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarida qo‘llanadigan raqamlar va lotin alifbosi harflarining namunalari
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 25-26-son, 264-modda; 2008-y., 37-38-son, 381-modda; 2010-y., 49-son, 453-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son; 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son; 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son; 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)