LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Don yetishtirishni yanada oshirish, boshoqli don ekinlari navlarini oqilona joylashtirishni ta’minlash, kuzgi ekin ekishni maqbul agrotexnik muddatlarda sifatli o‘tkazishda fermer xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining g‘allakor xo‘jaliklar bilan don mahsulotlari korxonalari o‘rtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida tayyorlangan:
2011-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlar hamda navlar bo‘yicha ularning tezpishar va serhosil navlarini joylashtirish to‘g‘risidagi 1-ilovaga* muvofiq;
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan 2011-yilda yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urug‘ligi tayyorlash hajmlari to‘g‘risidagi 2-ilovaga* muvofiq;
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan sug‘oriladigan yerlar uchun 2011-yil hosilidan yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urug‘ligi yetkazib berish hajmlari to‘g‘risidagi 3-ilovaga* muvofiq;
boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish hamda sug‘oriladigan yerlarda Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari, shuningdek Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug‘chilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2011-yil hosilidan superelita urug‘ligini tayyorlash to‘g‘risidagi 4-ilovaga* muvofiq takliflari qabul qilinsin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi zimmasiga:
bahorgi ekishga yetarli hajmda sifatli, kalibrlangan, dorilangan va sertifikatlangan boshoqli don ekinlari urug‘larini, shuningdek qishloq xo‘jalik ekin texnikasini tayyorlash:
sug‘oriladigan yerlarda asosan birinchi va ikkinchi reproduksiyali birinchi-ikkinchi klassdan past bo‘lmagan urug‘lar va lalmi yerlarda uchinchi reproduksiyadan past bo‘lmagan urug‘lar ekilishi;
don yetishtiruvchilar mazkur Qaror bilan tasdiqlangan boshoqli don ekinlari navlarining joylashtirilishiga qat’iy amal qilishlari uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Tovarbop don, navlashtirilmagan, sifatsiz tayyorlangan va dorilanmagan urug‘larni ekish, respublika hududida ekish tavsiya qilinmagan navlarni joylashtirish, shuningdek boshoqli don ekinlarini ishlov berish qiyin bo‘lgan yerlarga ekish qat’iyan taqiqlansin.
boshoqli don ekinlari navlarining tasdiqlangan tarzda joylashtirilishi va moddiy resurslarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishi;
eng yaxshi fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘plangan ijobiy tajribaning umumlashtirilishi va tatbiq etilishi, navning biologik xususiyatlariga muvofiq ravishda boshoqli don ekinlariga ishlov berish bo‘yicha agrotexnika tadbirlariga rioya etilishi;
boshoqli don ekinlari ekishni har bir hudud uchun maqbul bo‘lgan muddatlarda – sug‘oriladigan yerlarda 2010-yilning 25-oktabrigacha va lalmi yerlarda 15-noyabrgacha tugallanishini ta’minlash ustidan tizimli nazoratni tashkil etsin.
4. 2011-yilgi boshoqli don hosilidan boshlab, urug‘chilik xo‘jaliklari va boshqa xo‘jaliklardan davlat resurslariga xarid qilinadigan urug‘lik don uchun amaldagi preyskurant xarid narxlariga 5-ilovaga* muvofiq miqdorda nav ustamalari belgilansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan birgalikda 2011-yil hosili doniga xarid narxlari tasdiqlangunga qadar 2010-yil hosili doniga o‘rtacha shakllangan narxlar bo‘yicha texnologiya kartalariga muvofiq muddatlar va kutilayotgan xarajatlar (shu jumladan urug‘lik qiymati)ga binoan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlari yetishtirishga kredit bersin.
7. “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi 2010-yilning 28-sentabrigacha respublikaning elita-urug‘chilik xo‘jaliklari buyurtmanomalari bo‘yicha 2010-yilda kuzgi ekish uchun xorijiy ilmiy muassasalardan 240 tonna hajmida boshoqli don ekinlarining superelita urug‘lari keltirilishini ta’minlasin.
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi olib kelinayotgan 240 tonna boshoqli don ekinlarining superelita urug‘lari uchun istisno tariqasida bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Boshoqli don ekinlarini xarid qilish narxlari to‘g‘risida” 2008-yil 15-maydagi PQ-867-sonli qarori 3-bandining uchinchi xatboshi va uning ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.