30.11.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2159
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 30.11.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2159
Kuchga kirish sanasi
10.12.2010
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QAND-SHAKAR ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2159]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qand-shakar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 19-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 19-noyabrdagi 190-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qand-shakar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar qand-shakar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar qand-shakar ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Kasbiy tanlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tashkilotda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositasining eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 metrdan oshiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tasdiqlanadigan tadbirlar va dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda bir marta tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Yorugʻ tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) bilan toʻsib qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan (umumiy mahalliy bilan birgalikda) tizim orqali amalga oshiriladi. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Uchastkalarda va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 metr balandlikda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlkalarining enini kamaytirmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°S, oʻrta ogʻir ishda 17°S, ogʻir ishda 16°S dan past boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 metrdan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 metrdan koʻp boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(12-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi lozim.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 metrdan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Oqova suvlarini hosil qilish va suv havzalariga tushirish SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” va SHNQ 2.04.03-24 “Oqova suvlarni chiqarib yuborish. Tashqi tarmoqlar va inshootlar” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-§. Shovqin va tebranish xavfsizligiga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. GOST 12.1.003-83 muvofiq tashkilot hududida, xonalarda va ish joylarida shovqinning darajasi ruxsat etilgan meʼyorlardan oshmasligi lozim, tebranish darajasi esa GOST 12.1.012-90 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Past harorat sharoitida tebranma uskunalarini ishlatganda yopiq xonalarda harorat 220S, havo harakati 0,3 m/s dan koʻp boʻlmasligi kerak. Havoning nisbiy namligi 40 — 60% chegarasidan yuqori boʻlsa har 45 — 50 daqiqa ishdan soʻng 10 daqiqa davomida tanaffus qilish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Ish joylarida tebranish parametrlarini oʻlchash bir yilda kamida bir marta, ishlayotganlarni qoʻliga uzatiladigan lokal tebranishlarni nazoratdan oʻtkazish bir yilda kamida ikki marotaba amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Shovqin va tebranmaning ruxsat etilgan chegara bosqichidan oshishining noqulay taʼsirini bartaraf etish maqsadida xodimlar GOST 12.4.002-97, GOST 12.4.024-76, GOST 12.4.051-87 talablariga muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Shovqin darajasi 80 dBA dan ortiq boʻlgan hududlarda GOST 12.4.026-76 ga asosan xavfsizlik belgilari bilan belgilangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Shovqin darajasi 135 dBA dan ortiq boʻlganda xodimlarni ushbu hududda hatto qisqa vaqt mobaynida boʻlishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Texnologik jarayonlarga qoʻyiladigan umumiy xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Qand-shakar ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarining tegishli normativlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari soz uskunalarda, soz nazorat-oʻlchash asboblari, himoya toʻsiqlari, blokirovkalar, ishga tushiruvchi apparatlar, texnologik asbob va uskunalar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Texnologik jarayon qatʼiy ravishda texnologik hujjatga muvofiq olib borilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Texnologik jarayonda yangi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlari qoʻllanilsa, shuningdek xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga ega boʻlgan oraliq moddalar hosil boʻlsa xodimlarga oldindan oʻzini bexatar tutish qoidalari haqida maʼlum qilinishi va ular tegishli tartibda oʻqitilishi va himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Yangi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qoʻllashga faqat belgilangan tartibda tegishli gigiyenik meʼyorlar tasdiqlangandan soʻng ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Ishlab chiqarishda oʻrganilmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qoʻllash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan SHNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan xonalar, binolar va tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash” shaharsozlik normalari va qoidalari va TLTM 03-91 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
(85-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Ventilyatsiya tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinni oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻin vositalari va uskunalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Elektr tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Yoritish va quvvatli uskunalar va elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritgichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Yongʻin xavfi boʻlgan ishlab chiqarish va omborxonalardagi yoritqichlar yopiq chang oʻtkazmaydigan holda boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Elektr yoritqichlar binolarning yonuvchi konstruksiyalari va yonuvchi materiallari bilan tutashib turmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Elektr apparatlari va agregatlari nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Isitgichlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Isitgichlarni tozalashdan oldin, unga oʻrnatilgan barcha kommunikatsiyalar oʻchirilgan boʻlishi kerak. Isitgichlarni tozalash vaqtida uning pastki qopqoqlari tagida turish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Isitgichlar undan sharbat tushishini taʼminlovchi koʻchma voronkalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Isitgichlarni tozalash kimyoviy yoki mexanik usulda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Isitgich qopqogʻida issiqlik tutuvchini qoʻllash bilan isitgichni kimyoviy yoʻl bilan tozalashda isitgichda bosim mavjud boʻlganda ularning ochilib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan himoyaga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Isitgichlar montaj qilinganda kapital taʼmirlashdan soʻng yilda kamida ikki marta texnik koʻrik (ichki tekshiruv va gidravlik sinov)dan oʻtkazilishi kerak. Koʻrik natijalari maxsus jurnalda va isitgich pasportida qayd qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Defekatsiya va saturatsiya jarayoniga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Defekatsiyalangan sharbat yoki birinchi saturatsiya sharbati dastlabki va asosiy defekatsiya qilish uchun avtomatlashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Defekatsiya va saturatsiya apparatlari nazorat-oʻlchash moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Dastlabki va asosiy defekatsiya apparatlari tepa qismidan qopqoqlar bilan yopiladigan tuynuk, masofadan boshqarish mexanizmi hamda apparatda bosim mavjud boʻlgan paytda uni ochishga va germetizatsiyaning buzilishiga yoʻl qoʻymaydigan blokirovkaga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Sharbat va shiralarni filtrlashda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Vakuumli filtrlar tepa qismidan qoplama bilan yopilishi va mahalliy soʻrgʻichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Tushirish joʻmraklarini vakuum filtr maydonlarida boshqarish operator ish joyidan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Filtr matolarida mavjud qoldiqlarni ketkazish uchun qisilgan havo qoʻllanilishi lozim. Bugʻdan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Filtrlash barabanlarida filtrlovchi matolarni qayta tiklash uchun 3% li tuz kislotasi aralashmasidan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Vakuum filtrlariga xizmat koʻrsatish (forsunkalarni almashtirish va tozalashda) uchun ishchi maydon qulayligi taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Vakuum filtrlar maydoni quyiluvchi moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Diskli filtrlar quyidagilar bilan taʼminlanishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
filtr korpusining yuqori qismiga oʻrnatilgan, 0.20 MPA (2 kgs/sm2) toʻgʻrilangan himoya qopqoqlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sharbat qabul qiluvchi quticha tomonida filtr korpusiga oʻrnatilgan manometr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
puflash qutichasida belgilangan kattalikdan yuqori bosim yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaydigan uskuna.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Texnik koʻrik (ichki tekshiruv va gidravlik sinov) diskli filtrni montaj qilish hamda unda taʼmirlash ishlari bajarilganidan soʻng amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrik natijalari maxsus jurnalda va filtr pasportida qayd qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Filtrlarning tepa qismi toʻsiqli statsionar maydoncha bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Qorishmani tayyorlash uchun kizelgur yoki perlitning qorgʻichga yetkazilishi mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Xaltali filtrlardagi sharbat qabul qiluvchi tarnovlar yopiq qopqoqlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Xaltali filtrlarni tashish va ularni yuvish mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Filtr-press tarnovi va filtrlangan choʻkindilar qorgʻichi germetiklangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Filtr-pressga sharbatni yetkazib beruvchi quvurlarda manometr va himoya qopqoqlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Rom va filtr-press plitalarini yigʻish va siqishda tortib bogʻlab turuvchi vint holati davriy ravishda tekshirilib turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Gidravlik usulda rom va filtr-press plitalarini tortib bogʻlashda plunjer va unga bogʻliq boʻlgan rom va plitaning toʻsatdan chiqib ketishini oldini oluvchi moslama boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Tindirgichlar va bugʻga aylantirish apparatlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Tindirgichlarning quyuvchi qutilari yopiq holda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Dekantat va filtrator tizimlari sath koʻrsatkichlari va quyuvchi quvurlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Tindirgichlarni tozalash va taʼmirlash xavfsizlik talablariga amal qilingan holda bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Bugʻga aylantirish apparatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apparatlarni quvurlardan oʻchirib qoʻyuvchi qulflash organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bugʻ va sharbat muhitidagi bosimni oʻlchash uchun manometrlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
richagli yoki prujinali himoya qopqoqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bugʻ va sharbat muhitidagi haroratni oʻlchash uchun termometrlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kondensatni yoʻq qiluvchi qurilma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apparatda bosim mavjud boʻlganda qopqoqlarning ochilishiga yoʻl qoʻymaydigan blokirovka bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Bugʻga aylantirish apparatlari kuzatish va sharbat miqdorini oʻlchash uchun oynalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Korpusning bosim ostida ishlovchi kuzatish oynalarida himoya toʻrlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Bugʻga aylantirish apparatlarini tuz kislotasi bilan qaynatish, shuningdek qaynatishdan soʻng korpuslarni tekshirish vaqtida portlashdan qochish maqsadida ochiq olov manbalaridan (chekish, gugurt yoqish, ochiq choʻgʻli sham va chiroqlardan va boshqalar) foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Reagentlarni tayyorlash uchun qorgʻichlar birinchi qavatda va tortish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan alohida xonaga oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Reagentlarni tashish va boshqa joyga oʻtkazish bilan bogʻliq ishlar maxsus kiyim va himoya koʻzoynaklari yordamida amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Vakuum apparatlar va kristalizatorlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Vakuum apparatlar nazorat-oʻlchash vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Vakuum apparatning tashqariga chiqaradigan va havoli shiberlari masofadan boshqarish mexanik uzatmasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Siyraklashishni boshqaruvchi qurilmaning joʻmragi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Vakuum apparatida ishlovchi xodimning ish joyi bugʻlash stansiyasi sentrifiga stansiyasi va tashkilot laboratoriyasi bilan aloqada (ovozli, telefonli va boshqalar) boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Vakuum apparatlarini tozalash va taʼmirlash xavfsizlik talablariga amal qilingan holda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Apparatlarning ulanish chizmasi apparatlarning vakuumli qismlarida bosimning yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Utfel qorgʻichlar va utfel taqsimlagichlar qopqoqlar bilan yopilgan va tuynuklar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Sentrifiga stansiyasi va quritish boʻlimiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147. Yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan tashkilotda dasturli boshqarish yoki toʻxtovsiz harakatli avtomatlashtirilgan sentrifiga oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148. Har yili sentrifigada ishlab chiqarish boshlanishidan oldin texnik tekshiruv amalga oshirilishi, bunda sentrifiga vali va barabanlari statik va dinamik muvozanatlagichda sinab koʻrilishi, barabanlardagi payvandli ulanishlarning sifati ustidan ikki yilda bir marta ultratovushli defekoskopiya yoki gammanurlari bilan tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149. Quritish barabanlari yopiq holda boʻlishi va havo soʻrgʻichlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Havo atmosferaga chiqarilishidan oldin changdan tozalanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150. Qand-shakarni quritish inshootlaridagi chang koʻtariluvchi barcha joylar (qand-shakarni baraban va elevatorlardan transportyorlarga toʻkish va boshqa joylari) aspiratsiya bilan qoplangan va jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Tarqaluvchi moslamalar (tebranishli va boshqa qurilmalar) aspiratsiya tizimiga ulangan va germetik qoplamasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152. Qand-shakar bunkerlari yopiq holda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153. Quritish boʻlimida oʻt chiquvchi mexanik va elektrik manbalar boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154. Quritish boʻlimida ochiq olovdan foydalanish va chekish taqiqlanadi. Koʻrinadigan joylarga ogohlantiruvchi plakatlar osilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155. Quritish boʻlimini changdan tozalash ishlari mexanizatsiya vositalarini (sanoat chang yutkichlari va boshqalar) qoʻllash orqali amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Ohaktoshlarni tayyorlashda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156. Ohaktoshlarni maydalash, saralash va uni kuydirish pechlariga yuklash mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157. Maydalagichlar mexanik taʼminlovchilar (tasmali, plastinkali, tebranishli va boshqalar) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158. Maydalagichning yuklovchi voronkalari undan otiluvchi mayda tosh boʻlaklaridan saqlovchi himoya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159. Maydalagichning vallari, uzatma va boshqa aylanuvchi qismlari yopiq qoplama va metall toʻrli qulflanadigan kuzatish (qarash) tuynuklari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160. Maydalagichni tozalash, taʼmirlash va toʻgʻrilash ishlari uni elektrodvigateli oʻchirilgan, himoyalagichlari yechilgan va ishga tushirish moslamasiga “Ishga tushirmang — odamlar ishlayapti!” ogohlantiruvchi belgi oʻrnatilgan holatda olib borilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Kukun shaklidagi va boʻlakli materiallarni maydalashda aspiratsiya yoki chang yutgich bilan taʼminlangan maydalagichni qoʻllash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162. Maydalagichni elektrodvigatel muftasi toʻsigʻi olingan holda ishlatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163. Maydalagichni yoʻl-yoʻlakay sozlash, tozalash va namlab artish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164. Taʼmirlash va tozalash ishlari navbatchi elektrik tomonidan elektr taqsimlagichlardan elektrodvigatellar oʻchirilganidan va “Ishga tushirmang — odamlar ishlayapti!” taqiqlovchi belgilar oʻrnatilganidan soʻng olib borilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165. Maydalagichda nosozliklar aniqlanganda zudlik bilan ishni toʻxtatish va bu haqda ustaga xabar berish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166. Ishlab turgan maydalagichning ichki korpusiga xom ashyo boʻlaklarini tushurish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Ohaktoshlarni kuydirish pechlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167. Ohaktoshlarni kuydirish pechlari va yordamchi moslamalar avtomatik nazorat va boshqarish qurilmalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168. Ohaktoshlarni kuydirish pechlari atrofi har bir kuzatish oynalari qatorida toʻsinli va zinali oraliq metall maydoncha bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bu maydonlarning poli kuzatish oynasining markazidan 1 metr past boʻlishi, maydon eni esa 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169. Ohaktoshlarni kuydirish pechlarida tashqariga chiqadigan kamida ikkita chiqish yoʻli boʻlishi kerak. Tunda bu chiqish yoʻllari mustaqil energiya manbasidan taʼminlanuvchi rangli chiroqlar bilan (yashil rang) jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170. Ohaktoshlarni kuydirish pechlarini boʻshatish xonalaridagi eshiklar faqat tashqariga ochilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Ohaktoshlarni kuydirish pechlari yuklash-taqsimlash uskunasi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Ohaktoshlarni kuydirish pechlarini taʼmirlash tashkilotning texnik xodimi kuzatuvi ostida ushbu Qoidalarga mos ravishda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-§. Ohak boʻlimiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Yetarli darajada kuydirilmagan yoki ortiqcha darajada kuydirilgan ohak toshlarni ohak soʻndirgich barabanlaridan tushirish va ularni ohak boʻlimida yoʻq qilish mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Ohak boʻlimida kerakli dori vositalari va koʻzga ohak kirganda yuvish uchun sovuq suv favvorasi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Apparatlar, qorgʻichlar va ohak suti yigʻgichlarni tozalash va taʼmirlash ushbu Qoidalarda keltirilgan talablarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-§. Klerovkalash qozonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. Klerovkalash qozonlari qopqoqlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177. Klerovkalash qozonlari qiyom darajasi va haroratini nazorat qilish hamda toʻgʻrilash moslamalari va quyuluvchi uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178. Klerovkalash qozonlaridan namunalarni olish joyi metall toʻsiq bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179. Klerovka nasosi quvurlarida himoya klapani va manometrlar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-§. Qand-shakar ishlab chiqarish laboratoriyasida xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180. Laboratoriya xonalari tortish javonlaridan havoni soʻrib olishi uchun venteliyatsiya uskunalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Elektr yoritish yoqqichlari va rozetka shtepsellari tortish javonlaridan tashqarida joylashishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182. Olov, yongʻin va portlash xavfi mavjud moddalar bilan ishlashga moʻljallangan stol va tortish javonlarining ishchi yuzasi yonmaydigan materiallar bilan qoplanishi, shuningdek kislota va ishqorlar bilan ishlash jarayonida ularning taʼsiridan himoyalovchi qoplama bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183. Laboratoriya xodimlari oʻzlari qoʻllayotgan reaktivlarni asosiy xususiyatlarini, ularning zaharlilik darajasi, yongʻin xavfini keltirib chiqaruvchi aralashmalarning yuzaga kelish xususiyatlarini bilishi va xavfsizlik talablariga rioya qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
184. Zaharli gaz va bugʻ ajralib chiqishi bilan bogʻliq ishlar albatta tortish javonlarida bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185. Oʻtkir suyuqliklarni shisha idishdan olish uchun maxsus naychalardan foydalanish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186. Kimyoviy modda joylashgan har bir idishga unda saqlanuvchi moddaning nomi, uning konsentratsiyasi va boshqa koʻrsatkichlari aniq qilib koʻrsatilgan yozuvlar yopishtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
187. Kislota saqlanuvchi joylarda yetarli miqdorda neytrallashtiruvchi vositalar (soda va ohakli qorishmalar) boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188. Oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga kislota, ishqorlar va boshqa zararli moddalarni zararsizlantirmasdan turib toʻkish taqiqlanadi.
(188-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
189. Zararli modda va suyuqliklarni omborxonadan laboratoriyaga yetkazishda yopiq sinmaydigan maxsus savatlarga oʻrnatilgan shisha idishlardan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190. Zararli modda va suyuqliklar laboratoriyada zichlab yopiladigan qalin devorli suyuqlik nomi yozilgan shisha idishlarda saqlanishi kerak. Shisha idishlar mustahkam yopiluvchi maxsus metall javonlarga yoki qutilarga qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Laboratoriyada saqlanuvchi zararli moddalarning umumiy miqdori ularga boʻlgan kunlik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
192. Laboratoriyada hamda yengil yonuvchi suyuqliklar saqlash joylari (10 metrdan kam oraliq masofada) yaqinida tamaki mahsulotlarini chekish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-§. Tasmali konveyerlar uchun xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193. Tasmali konveyerlardan foydalanish, ularni montaj qilish, sozlash va taʼmirlashda yongʻin xavfsizligi talablariga amal qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
194. Tasmali konveyerlarni montaj qilish ularning texnik pasporti asosida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
195. 60°S dan katta nishablikda oʻrnatilgan tasmali konveyerlarni harakatlantiruvchi mexanizmlari (dvigatel) oʻchirilganda, tasmali konveyerlar ishonchli avtomatik tarzda ishlovchi tormoz qurilmasi hamda toʻxtatgichlar (siljimaydigan qurilma) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
196. Konveyerning barcha metall qismlari statik elektr toklaridan himoyalash vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-§. Kurakli va shnek transportyorlar uchun xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
197. Kurakli transportyorlar butun uzunligi boʻyicha zich joylashgan temir qopqoqlar bilan yopilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198. Kurakli transportyorlarni ishga tushirishdan oldin unda himoya toʻsinlari va reduktorida moy borligi tekshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
199. Kurakli transportyorlardan foydalanishda ularning podshipniklari qizishini kuzatish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200. Kamarlarni taʼmirlash, tozalash, moylash va tarang qilib tortish ishlari transportyor elektrodvigateli oʻchirilgan va “Yoqmang! Odamlar ishlayapti!” taqiqlovchi belgilar bor boʻlganda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201. Transportyorlarni avariyali holatda oʻchirish uchun ularda trosli oʻchirgich oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-§. Mahsulotlarni qadoqlash va oʻrashda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202. Mahsulotlarni qadoqlash va oʻrash ishlarini amalga oshirishda xodim uchun quyidagilar asosiy xavf hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyining toʻzib ketishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaroqsiz texnologik uskunalardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transportyor tasmasi, oʻlchov stakanlari va qistirish romlarini qoʻl bilan ushlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
payvandlash gubkasiga tegish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya qobigʻi yaroqsiz holda boʻlgan tok oʻtkazgichlardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda himoya vositasi va aspiratsiyasiz ishlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203. Oʻrash tizimi nosoz boʻlganda uni ishga tushirish taqiqlanadi. Oʻrash tizimini ishlatish qoidalariga rioya qilgan holda toza va yaroqli holatda saqlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204. Mis quvurlardagi teshiklarni tozalash ishlari payvandlash gubkasi va transportyor tasmasi sovuganidan keyin olib borilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205. Qadoqlash apparati ishchi yuzasi va mahsulotlarni oʻrash stolining balandligi 930 mm ni tashkil etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-§. Nasoslar uchun xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206. Nasos agregatlarini montaj qilish, tekshirish va qabul qilish standartlashtirish normalari talablarga mos ravishda olib borilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207. Nasos va nasos agregatlar tegishli sertifikatga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208. Nasoslar korpusi qopqogʻi yuzasi qizil rangga boʻyalgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
209. Porshenli, shesternyali va plunjerli nasoslarning havo haydovchi quvurlarida davriy tekshirilib turiladigan himoya klapanlari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
210. Nasosda undagi mahsulotlarni butunlay yoʻq qilish uchun joʻmrak yoki tiqin koʻzda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-§. Xom ashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni saqlash va transport vositalarida tashishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. Omborxona inshootlari QMQ 2.09.12-98 “Omborxona binolari” talablariga mos kelishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212. Omborlar va yuk saqlash uchun maydonchalardagi qurilma va uskunalar ularning qurilishi, sanitariya va yongʻinga qarshi meʼyorlar va qoidalar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
214. Ombor va yuk saqlash maydonchalarida yuklarni ortish-tushirish va ogʻir mehnat kategoriyasiga tegishli yukni harakatlantirish jarayoni mexanizatsiyalashgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215. Ombor yoki yuk saqlash uchun maydonchalar hududiga kiraverishda harakat yoʻnalishi, yuk ortish-tushirish joyi va transport vositalarining toʻxtab turish joyini koʻrsatuvchi chizma osilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
216. Sochilib ketadigan xom ashyo bir-biridan alohida holda saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
217. Sochilib ketadigan xom ashyoni uyum qilib saqlashda omborxona inshootlari maxsus qurilmalar (bunker, silos) bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218. Suyuq xom ashyolarni saqlash uchun maxsus idishlar sanoat oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan suv oʻtmaydigan taglikka oʻrnatilishi va sath oʻlchagichi boʻlishi kerak.
(218-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
219. Barcha xom ashyo maydonlari erkin kirish imkoniyati bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220. Xom ashyo va mahsulot omborxonalari umumiy hajmdagi ventilyatsiyaga, silos saqlagichlar esa aspiratsiya tizimiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221. Xom ashyo, yarim mahsulot va tayyor mahsulotlarni saqlash maydonlari havo yogʻinlaridan va quyosh nurining toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsiridan himoya qilinishi, suyuqliklarning erkin oqib ketishini chegaralovchi qurilma bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
222. Kislota va ishqorlarni saqlash omborlari boshqa materiallar saqlanadigan omborlardan alohida boʻlishi kerak. Kislotalarni yertoʻlalarda saqlash taqiqlanadi. Kislotalar saqlanadigan omborlarni shamollatishda tabiiy shamollatishni qoʻllash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
223. Oʻtkir ishqorli baraban va bochkalar yopiq va quruq inshootlarda saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
224. Kislotalar sisternalarda, konteynerlarda, bochkalarda va kichik miqdorda shisha idishlarda saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
225. Neft va neft mahsulotlarini saqlash omborlari QMQ 2.09.19-97 “Neft va neft mahsulotlari omborlari” talablariga javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
226. Qand-shakar omborlarida ushbu Qoidalar talablariga mos ravishda jihozlangan statsionar yoki qoʻyma zina boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
227. Qand-shakar saqlash omborxonalari telefon, baland ovozda gapirgich va aloqaning boshqa turi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
228. Qand-shakar omborlarida yon tomondan sunʼiy yoritish koʻzda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
229. Qand-shakarni qopga joylash, tarozida tortish, uni omborxonaga tashish, shtabellarga joylash, shtabellarni qismlarga ajratish, transport vositalariga yuklash mexanizatsiyalashtirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230. Ombordagi chang chiqishi mumkin boʻlgan barcha joylar toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
231. Siloslardagi tuynuk va teshiklar zichlab yopiluvchi qopqoq bilan jihozlanishi kerak. Filtrli-aspiratsion qurilmaning yaroqliligi va ishonchliligi ishlab chiqaruvchi tomonidan tizimli tekshirib turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-§. Nazorat-oʻlchash asboblari, avtomatlashtirish vositalari va himoya qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232. Barcha nazorat-oʻlchash asboblari ishga yaroqli holatda boʻlishi, tashkilot bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan maxsus yoʻriqnoma va jadval asosida tekshirib turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
233. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hajmi texnologik loyihalashtirish meʼyorlariga mos kelishi va tasdiqlangan texnologik reglament asosida xavfsiz ish jarayonini olib borishni taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
234. Foydalanishdagi nazorat-oʻlchash asboblari va avtomatlashtirish vositalari GOST 8.002-86 “Oʻlchash vositalari ustidan davlat va tarmoq nazorati”ga mos ravishda majburiy tekshiruvdan oʻtkazilib turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
235. Ishlab chiqarish uskunalari montaj qilish, foydalanish va taʼmirlash paytida ishlarning xavfsizligini taʼminlashi, yongʻin va portlash xavfidan xoli boʻlishi, ulardan foydalanish jarayonida atrof muhitni zararli moddalar bilan sanitariya meʼyorlaridan ortiq miqdorda ifloslantirmasligi va namlik, quyosh radiatsiyasi, mexanik tebranishlar, bosim va haroratning oʻzgarishlari natijasida xavf-xatar yuzaga keltirmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
236. Ishlab chiqarish uskunalarining harakatlanuvchi qismlari toʻsilgan yoki GOST 12.2.062-81 talablariga muvofiq blokirovkalash, toʻxtatish, xabardor qilish tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
237. Ishlab chiqarish uskunalarining elementlari (elektr oʻtkazgichlari, oʻtkazish quvurlari, kabellari va boshqalar) ularning shikastlanishiga imkon bermaydigan holatda tayyorlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
238. Barcha nazorat moslamalari (termometr, monometr, hisoblagich va boshqalar), shuningdek signal beruvchi chiroqlarning joylashuvi ishlab chiqarish uskunalarini ishlatish va sozlash paytida qulay kuzatish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
239. Katta oʻlchamli (gabaritli) ishlab chiqarish uskunalari va ularning qismlariga xizmat koʻrsatish, tekshirish, taʼmirlash va sozlash uchun qulay hamda yerdan 2 metr va undan balandda joylashganda toʻsiqlari va zinalari bor maydonlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
240. Uskunalarni boshqarish organlarida ularning vazifasi koʻrsatilgan aniq yozuvlar yoki shartli belgilari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Ishlab chiqarish uskunalari tarkibiga kiruvchi himoya vositalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻchirib qoʻyilgan yoki nosoz ishlab chiqarish uskunasining ishlashini cheklab qoʻyishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf tugʻilgan yoki odam xavfli hududga yaqinlashgan holatlarda ishlab ketishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining taʼsiri tugagandan soʻnggina oʻzining himoya vazifasini tugatishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarining ayrim elementlari ishdan chiqqan taqdirda, qoʻshimcha xavf-xatarni yuzaga keltirmagan holda boshqa himoya vositalarining himoyalash vazifasini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatish va nazorat qilish uchun qulay boʻlgan joyda oʻrnatilgan boʻlishi, ayrim hollarda ularning ishlashini avtomatik ravishda nazorat qiluvchi qurilmalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242. Ishlab chiqaruvchi uskunalar oʻtkir uchli, qirrali va boshqa jarohatlashi mumkin boʻlgan elementlarga, shuningdek toʻsilmagan issiq yoki juda ham sovutilgan qism va detallarga ega boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
243. Ishlab chiqaruvchi uskunalarning tuzilishi va joylashishi montaj qilish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda qulaylik va xavfsizlikni taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
244. Ishlab chiqaruvchi uskunalarning barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari butunlay yoki toʻr parda bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
245. Tez-tez tekshirilib turiladigan toʻsiqlar tez yoki oson yechiladigan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda xavfsizlikning umumiy talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
246. Tashkilotning taʼmirlash xizmati uskunalarning mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
247. Uskunalarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejaviy-oldini oluvchi taʼmirlashni qatʼiy bajarilishi va taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
248. Ishlayotgan sexlarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
249. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
250. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan holatda boʻlishi va u yerda xavfsizlik plakati va belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251. Taʼmirlash ishlari boshlanishidan avval, taʼmirlashda band boʻlgan barcha xodimlar ishlarni tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
252. Ogʻir yuklarni joyidan koʻchirish ishlari yuk ortish va tushirish ishlari uchun javobgar shaxslarning ruxsati bilan bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
253. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek shahodatlangan muddati tugagan mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
254. Yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
255. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256. Taʼmirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta toʻshamalarning oʻrnatilishi amaldagi qoidalarning talabiga javob berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257. Xodimlarning qizigan uskunaning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarini olib borilishiga uskunani shamollatib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va havoning harorati koʻpi bilan 40°S gacha pasaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258. Barcha taʼmirlash ishlari sex, tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
259. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan boʻlishi va ular tushib ketmaydigan usulda bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
260. Taʼmirlash olib borilayotgan joy va barcha oʻtish joylari belgilangan meʼyorlarga muvofiq yoritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
261. Taʼmirlash tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, uskunalar, materiallar, asboblar va chiqindilar sexdan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar, blokirovkalar oʻz joyiga oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Apparatlar, rezervuarlar va quduqlar ichida ish olib borishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
262. Apparat, rezervuarlar va quduqlar ichida har qanday koʻrinishdagi ishni olib borish uchun sex boshligʻining yozma ruxsati bilan masʼul muhandis-texnik xodimlardan biriga ruxsat beriladi. Ishlar kunduzgi vaqtda olib borilishi kerak, faqatgina favqulodda (avariya) holatlardagina kechasi ishlashga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
263. Apparat, rezervuar va quduqlar ichida ishlash uchun oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlmagan, jismonan sogʻlom va tibbiy koʻrikdan oʻtgan xodimlarga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
264. Ishlar uch yoki undan koʻp xodimlardan iborat jamoalarda olib boriladi (bir kishi ishlaydi, dublyor va ularni kuzatib turuvchilar). Kuzatuvchisiz ishni olib borishga ruxsat berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
265. Apparat yoki rezervuarlar ichida ishni boshlashdan oldin quyidagilar taʼminlanishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apparat yoki rezervuarlarni suv bilan yaxshilab yuvish orqali mahsulotlardan tozalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apparat yoki rezervuarlarga suv, bugʻ, mahsulot keluvchi quvurlarni joʻmraklari va quvurlarga qopqoq oʻrnatish yoʻli bilan ishonchli berkitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori va pastki tuynuklarni taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin shamollatish uchun va shuningdek butun ish davomida ochib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Taʼmirlash — odamlar ishlayapti!” ogohlantiruvchi yozuvni osib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin xavfi mavjud yoki vujudga kelish ehtimoli boʻlgan rezervuarlarda ishlashda oʻt chiqishining oldini oluvchi asbob-uskunalardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12 V kuchlanishli koʻchma elektr chiroqlaridan (yoki shaxta turidagi akkumulyatorlar fonusi) foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarining mavjudligi va yaroqliligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shlangli yoki kislorodli gazniqoblari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
266. Xodimning apparat yoki rezervuarga kirishga ruxsat berishdan oldin shaxsan sex boshligʻi yoki navbatchi rahbarning oʻzi mazkur Qoidalarning tegishli boʻlimlarida koʻrsatilgan ish qurollari, moslamalar, himoya qilish va saqlash vositalarining mavjudligi va yaroqliligini tekshirib koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
267. Shlangali gazniqob taqqan holda apparat yoki rezervuarning ichida uzluksiz ravishda 15 daqiqadan ortiq boʻlmagan vaqt oraligʻida boʻlishga ruxsat beriladi, shundan keyin xodimga ochiq havoda 15 daqiqalik tanaffus beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
268. Shlangning erkin oxiri toza havo kirishini taʼminlovchi joyga qotirilgan boʻlishi kerak. Uzunligi 20 metrdan uzun shlankaga havo uzatilishi havo uzatuvchi moslama yordamida amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
269. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
270. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(270-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
271. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzstandart” agentligi va “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 17-noyabr

Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 17-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 17-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 17-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 17-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 17-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 17-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati” uyushmasi raisi R. BOʻRIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 17-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 449-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)