Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 08.10.1992 yildagi PF-480-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

ILM-FAN SOHASI XODIMLARIGA IMTIYOZLAR BERISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilm-fan sohasi xodimlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularning moddiy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida, O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga ular qo‘shgan hissani e’tiborga olib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Barcha turdagi maktablarning o‘qituvchilariga, bolalar uylarining tarbiyachilariga qo‘shimcha imtiyozlar berish, yuqori sinflar o‘qituvchilarining ish haqini oshirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 13-noyabrdagi Farmonining quyidagi qismi respublika ilm-fan sohasi xodimlariga joriy etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— ular yashab turgan davlat va idoralarga qarashli uylar hamda kvartiralar shaxsiy mulk qilib bepul topshirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— yer uchastkalari va yakka tartibda uy-joylar qurishga sotib olish uchun binokorlik materiallari birinchi navbatda ajratib berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Farmon 1-bandining amal qilishi mehnat faoliyatining ana shu sohasida kamida 10 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ilmiy xodimlar jumlasiga kiruvchi nafaqaxo‘rlarga ham joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida mazkur Farmonni ro‘yobga chiqarishga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror loyihasini tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Farmon e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 8-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-480-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 12-son, 452-modda)