OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA ASOSIY VOSITALARNING BUXGALTERIYA HISOBI TOʻGʻRISIDA”GI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 15-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1434-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-sonli “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3336, 26.11.2021-y.) asosan 2022-yil 27-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 315-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 27-noyabrdagi 25/8-sonli qarori (roʻyxat raqami 1434, 2004-yil 17-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 50-son, 510-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 23-oktabr,
34/6-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-son, 422-modda)