Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2017 10.11.2010 yildagi PQ-1432-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2017
Hujjat 10.11.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAʼLIM MUASSASALARINI REKONSTRUKSIYA QILISh, MUKAMMAL TAʼMIRLASh VA JIHOZLASh BOʻYIChA BUDJETDAN TAShQARI JAMGʻARMANI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib oʻtilsinki, Qadrlash tayyorlash milliy dasturini va maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish natijasida respublikada xalqaro standartlarga mos keladigan uzluksiz majburiy umumiy hamda oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimining 12 yillik tizimi vujudga keltirildi. 1536 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, amalda barcha umumtaʼlim maktablari, taʼlim muassasalari qoshidagi 1817 ta sport zallari namunaviy loyihalar asosida barpo etildi, mukammal rekonstruksiya qilindi hamda zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, mebel va oʻquv asbob-anjomlari bilan jihozlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarining barpo etilgan moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish va muttasil yangilab borishni taʼminlash, ularni tizimli asosda eng zamonaviy kompyuter texnikasi, oʻquv-laboratoriya uskunalari, mebel va asbob-anjomlar bilan qayta jihozlashni, shuningdek ilgʻor taʼlim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya tizimlarini oʻquv jarayoniga keng tatbiq etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2011-yil 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasini tugatib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmani tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaga kelib tushayotgan mablagʻlarni keyinchalik ulardan taʼlim muassasalari — umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini jihozlash (toʻliq jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shu jumladan, zarur hollarda oʻquv korpuslarini oʻquv ustaxonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, taʼlim muassasalarini eng yangi oʻquv-laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter texnikasi hamda axborot-kommunikatsiya taʼlim texnologiyalarining boshqa elementlari bilan, shuningdek oʻquv mebeli va asbob-anjomlari bilan tizimli qayta jihozlash hamda toʻliq jihozlashni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, tugatilayotgan budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasining barcha aktiv va passivlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmaga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmaning daromadlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan Jamgʻarmaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy ajratmalarni toʻlashdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari hamda boshqa xorijiy donorlarning grantlari va imtiyozli kreditlari (qarzlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xayriya qiluvchilar — yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasini boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 4 nafarga koʻpaytirgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati tarkibida boshqaruv xodimlari soni 7 nafardan iborat Jamgʻarma Ijroiya direksiyasining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy moliya boshqarmalarining tuzilmasida moliya organlari boʻyicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida 2 nafar xodimdan iborat Jamgʻarma mablagʻlarini hisobga olish, ulardan foydalanishni tahlil va monitoring qilish shuʼbasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining belgilangan xodimlar soni doirasida 3 nafar xodimdan iborat Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat shuʼbasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining operatsion boshqarmasi tuzilmasida 2 nafar xodimdan iborat hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmalarining operatsion boʻlimlarida moliya organlari uchun belgilangan xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida 1 nafar xodimdan iborat shuʼba;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tuzilmalarida boshqaruv xodimlari soni markaziy apparatlarda 3 nafardan iborat boʻlgan taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari hamda ularning hududiy boshqarmalarida mazkur tuzilmalarning belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida 2 nafardan iborat tegishli shuʼbalar tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining tuzilmasiga tuman (shahar) moliya boʻlimlaridagi tegishli lavozimlarni qisqartirish hisobiga taʼlim muassasalari binolarining texnik holati, infratuzilmasi va jihozlanishi masalalari boʻyicha 1 nafardan mutaxassis (muhandis) lavozimini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasining mablagʻlaridan, ayniqsa, taʼlim muassasalarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va anjomlar bilan toʻliq jihozlash boʻyicha aniq maqsadni koʻzlab va oqilona foydalanish ustidan tizimli asosda doimiy monitoring olib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ishtirokida hududlar boʻyicha taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashga oid takliflarni shakllantiradilar hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini tasdiqlash uchun belgilangan muddatdan uch oy oldin mana shu takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga kiritadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga kelib tushadigan mablagʻlar doirasida Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash Dasturining uzil-kesil parametrlarini shakllantiradilar hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining loyihasi kiritiladigan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash Dasturi har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturiga mustaqil boʻlim sifatida kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda ikki hafta muddatda Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizomni hamda Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning har yilgi Dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Tartibini tayyorlasin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati zimmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha buyurtmachi vazifasi, berilgan vakolatlar doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, boshqa ommaviy axborot vositalari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni, taʼlim muassasalarining barpo etilgan moddiy-texnika bazasi negizida zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan oʻquv jarayonida foydalanishning ijobiy tajribasini keng yoritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni, taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning har yilgi Dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Tartibini, shuningdek, taʼlim standartlarining talablarini hisobga olgan holda, umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, mebel va anjomlar bilan jihozlashning yangilangan normativlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 10-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1432-son