Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.04.2006 yildagi 66-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IJTIMOIY-IQTISODIY TADQIQOTLAR MARKAZINING SAMARALI FAOLIYATI UChUN ZARUR ShART-ShAROITLAR YaRATIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy tadqiqotlarni tashkil qilishni takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 2-avgustdagi PQ-143-son qaroriga muvofiq va Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazining samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yilda Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markaziga Markazning asoslangan hisob-kitoblariga binoan uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va bitta yengil avtomashina sotib olish uchun Davlat budjetidan mablag‘lar ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yildan boshlab har yili Davlat budjetidan Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazining Toshkent shahar, A.Qayumov ko‘chasi, 2-uyda joylashgan binosining joriy ta’minoti uchun Markazning asoslangan hisob-kitoblariga binoan zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markaziga ikkita yengil xizmat avtomashinasi ta’minoti uchun limit belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazini uning buyurtmanomasiga binoan zarur telefon aloqasi, shu jumladan Hukumat telefon aloqasi bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 21-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66-son