Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2017 24.03.2005 yildagi 89-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.03.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

TOShKENT ShAHRIDA ChIGIRTKA VA BOShQA XAVFLI ZARARKUNANDALARGA QARShI KURAShISh MAXSUS IShChI GURUHINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 131-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-oktabrdagi PQ-2640-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida chigirtka va boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazining Toshkent viloyati chigirtkalarga qarshi kurashish xizmati tarkibida Toshkent shahrida chigirtka va boshqa xavfli zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini amalga oshiruvchi maxsus guruh tuzish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu guruhning respublikada chigirtkalarga qarshi kurashish xizmatlari uchun ajratilgan umumiy shtatlar sonidan oshmagan holda 6 shtat birligidan iborat etib tuzilishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi maxsus guruhning ish faoliyatini tashkil etish uchun ilovaga muvofiq texnika vositalarini sotib olishni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilovada ko‘rsatilgan texnika vositalari belgilangan tartibda tender yoki tanlov o‘tkazish yo‘li bilan, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlagan holda sotib olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqorida qayd etilgan maxsus guruh ta’minotini va texnika vositalari sotib olishni moliyalashtirishni Respublika o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi uchun 2005-yil budjetida nazarda tutilgan mablag‘larni qayta taqsimlash hisobiga ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 24-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-son

Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 24-martdagi 89-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus guruh faoliyatini amalga oshirish uchun sotib olinadigan texnika vositalari ro‘yxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Texnika vositalari turi‎

Soni‎

Traktor ‎

5‎

OVX purkagichi ‎

5‎

Bog‘ purkagichi ‎

2‎

Kichik hajmli aravachali bog‘ purkagichi ‎

2‎

Motorli osma qo‘l purkagichi ‎

8‎

Tirkama (pritsep) ‎

1‎

Sisterna ‎

1‎

Avtomashina ‎

1‎