Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2004 YILDA ChIGITNI NAVLAR BOʻYIChA JOYLAShTIRISh VA ChIGITNI PLYoNKA OSTIGA EKISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Chigit ekish uchun agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish chora-tadbirlari va 2004-yilda paxta yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-dekabrdagi 578-son qarorini bajarish hamda chigitning tez pishar va yuqori hosilli, tola sifati boʻyicha xalqaro standartlar va talablarga javob beradigan seleksiya navlarini respublika mintaqalarining tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda oqilona joylashtirish, paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni 2004-yil hosili uchun konditsiyali chigitlar va polietilen plyonkalar bilan taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Paxtachilikni rivojlantirish kengashining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan kelishilgan:
2004-yil paxta hosili yetishtirish hajmining maʼqullangan nazorat koʻrsatkichlaridan kelib chiqib chigitning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini 1-ilovaga muvofiq joylashtirish;
2-ilovaga muvofiq chigitni plyonka ostiga ekish va xoʻjaliklarni polietilen plyonkalar bilan taʼminlash;
2004-yil uchun chigitning asosiy seleksiya navlarini 3-ilovaga muvofiq istiqbolliligi va iqtisodiy ragʻbatlantirilishi boʻyicha guruhlarga ajratish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
2. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
2004-yil 10-fevralgacha urugʻlik paxtani tozalashni, 25-fevralgacha esa urugʻlik chigitni ehtiyot zaxirasini hisobga olgan holda tayyorlashni tugallasinlar, shuningdek urugʻchilik korporatsiyalari va kompaniyalarini tuksizlantirilgan chigitlar bilan 4-ilovaga muvofiq hajmlarda taʼminlasinlar;
xoʻjaliklarga yuqori sifatli urugʻlik chigitning faqat dorilangan, qoplarga joylangan va sertifikatlar mavjud boʻlgan holda, seleksiya navlarini joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga qatʼiy muvofiq ravishda berilishini taʼminlasinlar;
2004-yil 20-fevralgacha urugʻlik chigitni 5-ilovaga muvofiq hajmlarda viloyatlararo tashishni tugallasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
chigit navlarini joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar, tavsiya etilgan chigit navining tumanda ikkitadan ortiq, xoʻjaliklarda esa bittadan ortiq navi ekilishiga yoʻl qoʻymasinlar;
urugʻlik chigit ekish uchun shirkat va fermer xoʻjaliklari roʻyxatini bir oy muddatda tanlov asosida qayta koʻrib chiqsinlar.
Belgilab qoʻyilsinki, chigitning yangi navlarini sinash faqat ilmiy-tadqiqot institutlarining eksperimental bazalarida, bazaviy xoʻjaliklarda, chigit navlari oldindan koʻpaytiriladigan xoʻjaliklarda va davlat nav sinash uchastkalarida oʻtkaziladi.
4. “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi polietilen plyonka ishlab chiqaradigan korxonalarni va “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasini xomashyo (granulalar) bilan taʼminlasin. Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlari hokimliklari hamda “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi polietilen plyonkalar ishlab chiqarishni va ularning paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga zarur miqdorda yetkazib berilishini tashkil etsinlar.
Quyidagilar:
Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi — xomashyo (granulalar)ning jami hajmini polietilen plyonka ishlab chiqaruvchi zavodlarga 2004-yilda chigit ekish uchun sotishda;
“Jizzax plastmassa” aksiyadorlik jamiyati, “Andijon polietileni” qoʻshma korxonasi, “Shanxay-Namangan industriya LTD” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “Beshariq plyonka” korxonasi — tayyor polietilen plyonkalarni paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga 2004-yil hosili uchun 2-ilovaga muvofiq sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan istisno tariqasida ozod qilinsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 26-yanvar,
36-son
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 2004-yil hosili uchun chigitning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini joylashtirish
|
(ming ga) | ||||||||||
| |
Ekin maydoni, hammasi | shu jumladan navlar boʻyicha: | ||||||||
|
Tez pishar navlar | ||||||||||
| Oqdaryo-6 | An-Boyovut-2 | S-4727 | Namangan-77 | Omad | Toshkent-6 | Chimboy-3010 | Yulduz | Tez pishar navlar boʻyicha jami | ||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 80,0 | 17,3 | | 45,6 | | | | 5,1 | | 68,0 |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | |
| Andijon | 107,0 | 19,8 | | | | | | | | 19,8 |
| Buxoro | 115,4 | | | | | | | | | |
| Jizzax | 105,5 | 40,0 | 49,0 | 3,5 | | | | | | 92,5 |
| Qashqadaryo | 164,0 | | | | 4,8 | | | | | 4,8 |
| Navoiy | 39,4 | 6,5 | 15,0 | | | | | | | 21,5 |
| Namangan | 94,0 | 12,0 | | | | | | | | 12,0 |
| Samarqand | 103,4 | 87,4 | | | | 15,0 | | | | 102,4 |
| Surxondaryo | 120,0 | | | | 27,0 | | | | | 27,0 |
| Sirdaryo | 115,3 | | 78,6 | | | | | | 4,4 | 83,0 |
| Toshkent | 108,0 | | | | 12,2 | | 9,9 | | | 22,1 |
| Fargʻona | 115,3 | | | | | | 19,4 | | | 19,4 |
| Xorazm | 95,0 | 24,4 | | | | | | | | 24,4 |
| Jami | 1362,3 | 207,4 | 142,6 | 49,1 | 44,0 | 15,0 | 29,3 | 5,1 | 4,4 | 496,9 |
|
(ming ga) | ||||||||||
| |
shu jumladan navlar boʻyicha: | |||||||||
|
Oʻrta pishar navlar | ||||||||||
|
Buxoro-6 |
S-6524 |
Oqqoʻrgʻon-2 |
S-6530 |
Gulbahor |
Termiz-31 |
Armugʻon |
S-2609 |
Xorazm-127 |
Oʻrta pishar navlar boʻyicha jami | |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 10,0 | | | | | | | | | 10,0 |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | |
| Andijon | | 41,2 | | | | | 6,0 | 27,1 | | 74,3 |
| Buxoro | 104,9 | | | | | | | | | 104,9 |
| Jizzax | | | 10,0 | | | | | | | 10,0 |
| Qashqadaryo | 129,0 | | | 24,0 | | | | | | 153,0 |
| Navoiy | 16,2 | | | | | | | | | 16,2 |
| Namangan | | 71,3 | 5,0 | | | | | 3,4 | | 79,7 |
| Samarqand | | | | | | | | | | |
| Surxondaryo | 36,7 | | 22,0 | | | 11,6 | | | | 70,3 |
| Sirdaryo | | 13,8 | | | 17,5 | | | | | 31,3 |
| Toshkent | | 83,1 | | | | | | | | 83,1 |
| Fargʻona | | 27,2 | | | | | | 50,0 | | 77,2 |
| Xorazm | | 17,0 | | | | | | | 49,8 | 66,8 |
| Jami | 296,8 | 253,6 | 37,0 | 24,0 | 17,5 | 11,6 | 6,0 | 80,5 | 49,8 | 776,8 |
|
(ming ga) | |||||||
| | Shu jumladan navlar boʻyicha: | Istiqbolli navlar boʻyicha jami | Yangi navlar | ||||
| istiqbolli navlar | |||||||
| Buxoro-8 | An-512 | Buxoro-7 | Denov | S-4910 | |||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | | | | | | 2,0 | |
| viloyatlar: | | | | | | | |
| Andijon | | | | 8,7 | 8,7 | 4,2 | |
| Buxoro | 9,9 | | | | | 9,9 | 0,6 |
| Jizzax | | | | | | 3,0 | |
| Qashqadaryo | | 3,7 | | 3,7 | 2,5 | ||
| Navoiy | | | | | | 1,7 | |
| Namangan | | | | | 2,3 | ||
| Samarqand | | | | | | | 1,0 |
| Surxondaryo | | 18,6 | | 18,6 | 4,1 | ||
| Sirdaryo | | | | | 1,0 | ||
| Toshkent | | | | | | 2,8 | |
| Fargʻona | | 11,9 | | | | 11,9 | 6,8 |
| Xorazm | | | | | | 3,8 | |
| Jami | 9,9 | 11,9 | 3,7 | 18,6 | 8,7 | 52,8 | 35,8 |
2004-yil hosili uchun chigitni plyonka ostiga ekish va paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarni polietilen plyonka bilan taʼminlash
|
tonna | ||||||||||
| |
Ekin maydon, ming ga |
Gektariga 57 kg hisobidan polietilen plyonkaga boʻlgan ehtiyoj |
Viloyatlarda mavjud (2003-yildan qoldiq) | Ishlab chiqarish zarur |
ulardan: quyidagi korxonalar tomonidan taʼminlanadi: | |||||
| Hammasi |
shu jumladan: | “Andijon- polietileni” qoʻshma korxonasi |
“Jizzax-plastmassa” aksiyadorlik jamiyati |
“Beshariq plyonka” korxonasi |
“Shanxay-Namangan industriya LTD” MChJ | |||||
| xoʻjaliklarda | “Anduslubpaxta” ilmiy-ishlab chiqarish tijorat markazi omborlarida | |||||||||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 10,0 | 570,0 | | | | 570,0 | | 570,0 | | |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | |
| Andijon | 107,0 | 6099,0 | | | | 6099,0 | 6099,0 | | | |
| Buxoro | 10,0 | 570,0 | 145,0 | 145,0 | | 425,0 | | 425,0 | | |
| Jizzax | 5,0 | 285,0 | 373,4 | 373,4 | | | | | | |
| Qashqadaryo | 16,0 | 912,0 | 677,8 | 559,7 | 118,1 | 234,2 | | 234,2 | | |
| Navoiy | 2,0 | 114,0 | 11,0 | 11,0 | | 103,0 | | 103,0 | | |
| Namangan | 38,0 | 2166,0 | | | | 2166,0 | | 1666,0 | | 500,0 |
| Samarqand | 14,0 | 798,0 | 376,1 | 246,0 | 130,1 | 421,9 | | 421,9 | | |
| Surxondaryo | 10,0 | 570,0 | 21,0 | 21,0 | | 549,0 | | 549,0 | | |
| Sirdaryo | 4,0 | 228,0 | | | | 228,0 | | 228,0 | | |
| Toshkent | 24,0 | 1368,0 | 997,5 | 581,8 | 415,7 | 370,5 | | 370,5 | | |
| Fargʻona | 50,0 | 2850,0 | 117,0 | | 117,0 | 2733,0 | | 2133,0 | 600,0 | |
| Xorazm | 30,0 | 1710,0 | | | | 1710,0 | | 1710,0 | | |
| Jami | 320,0 | 1824,0 | 2718,8 | 1937,9 | 780,9 | 15609,6 | 6099,0 | 8410,6 | 600,0 | 500,0 |
Chigitning asosiy seleksiya navlarini istiqbolliligi va iqtisodiy ragʻbatlantirilishi boʻyicha guruhlarga ajratish
| Asosiy guruhlar | Seleksiya navlari | Belgilangan xarid narxlariga tuzatish koeffitsiyentlari |
| I guruh | Buxoro-6, S-6524, Namangan-77, Termiz-31, S-6530 | 1,01 |
| II guruh | S-4727, Toshkent-6, Yulduz, Oqdaryo-6, An-Boyovut-2, Armugʻon, Omad, Gulbahor, Xorazm-127, Oqqoʻrgʻon-2, C-2609, yangi navlar | 1,0 |
| III guruh | Chimboy-3010 | 0,96 |
2004-yil hosili uchun urugʻlik chigitlarni tozalash va tayyorlash hajmlari
|
ming tonna | ||||
| |
Tozalash va navlarga ajratish |
Tuksizlantirish |
Dorilash | |
|
hammasi |
shu jumladan kam tuksizlantirish | |||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 8,0 | 0,3 | | 5,8 |
| viloyatlar: | | | | |
| Andijon | 13,0 | 8,0 | | 8,0 |
| shu jumladan “Andijon chigit” urugʻchilik korporatsiyasi | | 3,0 | | 3,0 |
| Buxoro | 12,0 | 0,3 | 0,1 | 9,5 |
| shu jumladan Buxoro urugʻchilik korporatsiyasi | | 0,2 | | 0,2 |
| Jizzax | 7,0 | 3,4 | | 7,0 |
| Qashqadaryo | 16,0 | 0,3 | 0,2 | 12,0 |
| Navoiy | 5,0 | 0,2 | 0,1 | 3,5 |
| Namangan | 10,0 | 4,5 | | 7,0 |
| shu jumladan “Mirishkor” urugʻchilik korporatsiyasi | 1,0 | 2,0 | | 2,0 |
| Samarqand | 14,0 | 1,0 | | 7,5 |
| Surxondaryo | 12,0 | 2,0 | | 9,0 |
| shu jumladan “Oltin chigit” qoʻshma korxonasi | | 2,0 | | 2,0 |
| Sirdaryo | 9,0 | 5,0 | 2,0 | 8,0 |
| shu jumladan Markaziy Osiyo urugʻchilik kompaniyasi | 0,3 | 0,15 | | 0,15 |
| Toshkent | 10,0 | 2,5 | 1,0 | 7,5 |
| shu jumladan Markaziy Osiyo urugʻchilik kompaniyasi | 0,3 | 0,1 | | 0,1 |
| shu jumladan “Xakipet” urugʻchilik korporatsiyasi | | 1,0 | | 1,0 |
| Fargʻona | 11,5 | 4,0 | 0,5 | 8,5 |
| shu jumladan “Yaypan” urugʻchilik korporatsiyasi | | 3,5 | | 3,5 |
| Xorazm | 11,0 | 1,0 | 0,5 | 7,0 |
| Jami | 138,5 | 32,5 | 4,4 | 100,3 |
2004-yil hosili uchun urugʻlik chigitni viloyatlararo tashish hajmlari
| Joʻnatuvchi (viloyatlar) | Oluvchi (viloyatlar) | Seleksiya navlari | Reproduksiya | Urugʻlik miqdori (tonna) |
| Andijon | Qoraqalpogʻiston | Oqdaryo-6 | elita | 5 |
| | -/- | 1 | 30 | |
| Jizzax | S-2609 | 3 | 95 | |
| Namangan | S-2609 | 2 | 50 | |
| Surxondaryo | S-2609 | 3 | 10 | |
| Sirdaryo | Armugʻon | 1 | 10 | |
| | S-2609 | 3 | 8 | |
| Toshkent | S-2609 | 3 | 100 | |
| Xorazm | S-2609 | 3 | 10 | |
| | Oqdaryo-6 | 2 | 100 | |
| | -/- | 3 | 134 | |
| | | Jami | 552 | |
| Buxoro | Qoraqalpogʻiston | Buxoro-102 | 1 | 1 |
| | Buxoro-6 | 2 | 720 | |
| Andijon | Buxoro-102 | 2 | 50 | |
| Qashqadaryo | Buxoro-8 | 2 | 12 | |
| | Buxoro-8 | 3 | 20 | |
| | Buxoro-102 | 2 | 4 | |
| Navoiy | Buxoro-8 | 2 | 40 | |
| | Buxoro-102 | 2 | 1 | |
| Namangan | Buxoro-6 | 2 | 10 | |
| | Buxoro-102 | 2 | 1 | |
| Surxondaryo | Buxoro-6 | elita | 10 | |
| | -/- | 1 | 100 | |
| | -/- | 2 | 190 | |
| | Buxoro-8 | 2 | 10 | |
| | Buxoro-102 | 2 | 1 | |
| Xorazm | Buxoro-8 | 3 | 8 | |
| | Buxoro-102 | 3 | 1 | |
| | | Jami | 1179 | |
|
Qashqadaryo |
Navoiy | S-6530 | 2 | 15 |
| | | Jami | 15 | |
| Namangan | Fargʻona | Oqdaryo-6 | elita | 5 |
| | -/- | 1 | 10 | |
| | -/- | 2 | 40 | |
| | | Jami | 55 | |
| Samarqand | Qoraqalpogʻiston | Omad | 2 | 50 |
| Jizzax | Oqdaryo-6 | elita | 3 | |
| | -/- | 1 | 20 | |
| | -/- | 2 | 2000 | |
| | -/- | 3 | 577 | |
| Qashqadaryo | Omad | 2 | 30 | |
| Samarqand | Navoiy | Omad | 3 | 15 |
| Sirdaryo | Omad | 2 | 45 | |
| | Oqdaryo-6 | 3 | 8 | |
| Xorazm | Oqdaryo-6 | elita | 3 | |
| | -/- | 1 | 20 | |
| | -/- | 2 | 500 | |
| | -/- | 3 | 1000 | |
| | | Jami | 4271 | |
| Surxondaryo | Qoraqalpogʻiston | Denov | 2 | 2 |
| Andijon | Oqqoʻrgʻon-2 | 1 | 70 (tuksizlantirilgan) | |
| | -/- | 2 | 100 (tuksizlantirilgan) | |
| | Denov | 2 | 2 | |
| Jizzax | Oqqoʻrgʻon-2 | 1 | 30 (tuksizlantirilgan) | |
| | -/- | 2 | 470 (tuksizlantirilgan) | |
| Qashqadaryo | Oqqoʻrgʻon-2 | 2 | 20 (tuksizlantirilgan) | |
| | -/- | 2 | 10 | |
| | Namangan-77 | elita | 5 | |
| | -/- | 1 | 10 | |
| | -/- | 2 | 130,6 | |
| | -/- | 2 | 200 (tuksizlantirilgan) | |
| | Denov | 2 | 2 | |
| | Fan-1 | 2 | 22 | |
| | Fan-2 | 2 | 22 | |
| Navoiy | Denov | 2 | 2 | |
| Namangan | Surxon-9 | 1 | 20 | |
| | Denov | 2 | 10 | |
| Toshkent | Denov | 2 | 2 | |
| Fargʻona | Denov | 2 | 2 | |
| Xorazm | Denov | 2 | 2 | |
| | | Jami | 1133,6 | |
| Toshkent | Andijon | S-6524 | 1 | 20 |
| | -/- | 2 | 230 | |
| | S-4910 | elita | 5 | |
| Fargʻona | S-6524 | 1 | 20 | |
| | -/- | 2 | 1200 | |
| | -/- | 3 | 738,4 | |
| | | Jami | 2213,4 | |
| Fargʻona | Namangan | S-2609 | elita | 5 |
| | -/- | 1 | 10 | |
| | -/- | 2 | 70 | |
| | -/- | 3 | 50 | |
| Toshkent | S-2609 | 1 | 5 | |
| | -/- | 2 | 10 | |
| | -/- | 3 | 85 | |
| | | Jami | 235 | |
| Xorazm | Qoraqalpogʻiston | Mehnat | 2 | 20 |
| Jizzax | Mehnat | 1 | 10 | |
| | -/- | 2 | 60 | |
| | -/- | 3 | 51 | |
| | | Jami | 141 | |
| Hammasi | | | | 9795 |