Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.06.2003 yildagi 275-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RESPUBLIKA IQTISODIYOTI TARMOQLARINI 2003/2004 YIL KUZ-QISh DAVRIDA IShLAShGA TAYYORLASh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga o‘z vaqtida tayyorlashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari rahbarlik qiladigan shunday hududiy komissiyalar tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash bo‘yicha tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika komissiyasi (K.N. To‘laganov) respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha zarur kompleks tashkiliy chora-tadbirlarni ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 17-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
275-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 17-iyundagi 275-son qaroriga
1-ilova
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlarini 2003/2004-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash bo‘yicha respublika komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
To‘laganov K.N.‎ —‎ Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, komissiya raisi
Majidov Sh.X.‎ —‎ “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi raisi‎
Shoismatov E.R.‎ —‎ “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Xolmuhamedov O‘.O.‎ —‎ “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktori
Saidova G.K.‎ —‎ Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari‎
Abdurahmonov M.S.‎ —‎ Moliya vazirining o‘rinbosari‎
Akromov E.M.‎ —‎ “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi raisi‎
G‘ulomov S.S.‎ —‎ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri‎
Jo‘rayev R.H.‎ —‎ Xalq ta’limi vaziri‎
Jalolov A.A.‎ —‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari‎
Nazirov F.G‘.‎ —‎ Sog‘liqni saqlash vaziri‎
Amanboyev O.E.‎ —‎ “O‘zdavzaxira” bosh boshqarmasi boshlig‘i
Ramatov A.J.‎ —‎ “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat- aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Klimenko A.I. —‎ “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi bosh direktori‎
Niyozmatov B.I.‎ —‎ Respublika bosh davlat sanitariya vrachi, Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari‎
Qo‘ldoshev A.X. —‎ O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘indan saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i
Ramazonov N.S.‎ —‎ “O‘zdavneftgazinspeksiya” boshlig‘i‎
Teshaboyev B.M.‎ —‎ “O‘zdavenergonazorat” agentligining bosh direktori
Saidov R.T.‎ —‎ “Sanoatkontexnazorat” agentligi bosh direktori‎
Ahmedov O.Y. —‎ Vazirlar Mahkamasining bosh mutaxassisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Komissiya tarkibiga lavozimiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-iyundagi 275-son qaroriga
2-ilova
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2002/2003-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash bo‘yicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddatlari‎

Mas’ul bajaruvchilar‎

1.‎

Shaharlar, tumanlar, aholi yashash punktlari, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini, ijtimoiy soha muassasalarini tayyorlab qo‘yish tadbirlarini, shuningdek qozonxonalarni va muhandislik inshootlarini 2002/2003-yil kuz-qish davrida uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun ularni ta’mirlash jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash

2003-yil iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar

2.‎

Kuz-qish davrida energiya tizimi eng zo‘riqqan soatlarda elektr energiyasini iste’mol qilishni kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqish

2003-yil 1-sentabrgacha

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar bilan birgalikda

3.‎

Uy-joylar, binolar va inshootlar ahvolini ularning yong‘in xavfsizligi texnik normalariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib chiqish

2003-yil 1-sentabrgacha

Ichki ishlar vazirligi, “O‘zkommunxizmat”, “O‘zdavenergonazorat” agentliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar bilan birgalikda

4.‎

1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning umumiy foydalaniladigan joylarini va muhandislik kommunikatsiyalarini mukammal ta’mirlash yuzasidan 2003-yilga tasdiqlangan jadval, suv va gazni hisobga olish priborlari majburiy tartibda o‘rnatilgan holda bajarilishini ta’minlash, shuningdek ko‘p qavatli uylarning barcha yerto‘lalarini quritish, kanalizatsiya, kollektor va issiqlik tarmoqlarini tozalash ishlarini amalga oshirish

2003-yil 15-oktabrgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi

5.‎

Qozonxonalarni mukammal tuzatish hamda ularning kuz-qish davrida ishlashga tayyorligi to‘g‘risida tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirish va dalolatnomalar nusxalarini hududiy komissiyalarga taqdim etish

2003-yil 1-oktabrgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, “Sanoatkontexnazorat” agentligi

6.‎

Tabiiy gaz yoqilg‘isini aholi uchun bo‘shatgan holda barcha korxonalar va tashkilotlarda ularning qozonxonalari kuz-qish davrida yoqilg‘ining zaxira turlari bilan uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun suyuq va qattiq yoqilg‘ining zarur zaxiralarini yaratish‎

2003-yil 1-oktabrgacha

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va tashkilotlar

7.‎

Kuz-qish davriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ayrim tadbirlarni bajarishga mablag‘larni 2003-yil IV choragi o‘rniga III choragida oldindan ajratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlash va kiritish‎

2003-yil 15-iyungacha Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi‎
8.‎

“O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi va “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi tomonidan yetkazib berilgan yoqilg‘i-energetika resurslari uchun korxonalar va tashkilotlar�ing qarzini to‘lash chora-tadbirlarini ishlab chiqish‎

doimo‎

Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

9.‎

Respublika korxonalari va tashkilotlarining mavjud qozonxona asbob-uskunalarining foydalanish tabiiy gazni qabul qilish bo‘yicha texnik talablariga muvofiqligini va ularning 2003/2004-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorligini tekshirish ishlarini amalga oshirish‎

2003-yil 15-oktabrgacha

“O‘zdavneftgazinspeksiya”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Sanoatkontexnazorat” va “O‘zkommunxizmat” agentliklari bilan birgalikda‎

10.‎

Kuz-qish davrida limit doirasida uzib qo‘yilmaydigan korxonalar ro‘yxatini, shuningdek 2003/2004-yil kuz-qish davrida elektr stansiyalarini va O‘zbekiston Respublikasining boshqa sanoat korxonalarini yoqilg‘ining zaxira turlariga o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish‎

2003-yil 1-sentabrgacha

“O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda‎

11.‎

Iste’molchilarga belgilangan limitlar doirasida hamda 2003/2004-yil kuz-qish davrida elektr stansiyalarini va O‘zbekiston Respublikasining boshqa sanoat korxonalarini yoqilg‘ining zaxira turlariga o‘tkazish jadvaliga muvofiq tabiiy gaz yetkazib berilishini ta’minlash. Gaz bilan ta’minlashni rivojlantirish mintaqaviy sxemalarini rivojlantirish yuzasidan tasdiqlangan tadbirlarni bajarish hamda isitish mavsumi boshlangunga qadar gaz quvurlari va tarmoqlarini bir-biriga xalqa sifatida ulash tizimini yakunlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish‎

doimo‎

“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

12.‎

Tabiiy gaz gaz taqsimlash stansiyalari tomonidan belgilangan limitlar doirasida yetkazib berilishi bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, 2003-yil iyun oyi — 2004-yil mart oyi davrida yonilg‘i mazuti yetkazib berilishini taqsimlashning tasdiqlangan jadvalini qat’iy bajarish‎

doimo‎ “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi‎
13.‎

Umumta’lim, davolash-profilaktika muassasalarini ularning buyurtmanomalariga to‘liq muvofiq holda sifatli ko‘mir bilan ta’minlash‎

2003-yil 15-oktabrgacha “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi‎
14.‎

Elektr stansiyalari va elektr-tarmoq obyektlarining eng ko‘p zo‘riqish davrida ishlaydigan asosiy texnologik asbob-uskunalarini mukammal ta’mirlashni hamda elektr stansiyalarida suyuq va qattiq yoqilg‘i jamg‘arishni tugallash‎

2003-yil 1-noyabrgacha “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi‎
15.‎

Neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, ko‘mir, tuz hamda xo‘jaliklarni 2003/2004-yil kuz-qish davrida ishlashga tayyorlab qo‘yish bilan bog‘liq boshqa yuklar uzluksiz tashilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish‎

2003-yil 1-iyulgacha “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:‎
16.‎

Mavjud asbob-uskunalarning qish oylarida tabiiy gaz, elektr va issiqlik energiyasi iste’molini kamaytirishni nazarda tutuvchi yuqori zo‘riqish va kechki maksimum davrida ishlash jadvalini, shuningdek asosiy asbob-uskunalarni ta’mirlash (ularni qish oylariga ko‘chirgan holda) jadvalini ishlab chiqish‎

2003-yil 1-sentabrgacha

“O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zqurilishmateriallari” kompaniyasi, kon-metallurgiya sanoati korxonalari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda‎

17.‎

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2003/2004-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishi ustidan belgilangan tartibda texnik va sanitariya nazoratini amalga oshirish‎

doimo‎

“Sanoatkontexnazorat” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi‎

18.‎

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini tuzilgan shartnomalarga muvofiq Xo‘jaikon tuz konidan texnik tuz bilan ta’minlash‎

doimo‎ Surxondaryo viloyati hokimligi‎
19.‎

2003/2004-yil kuz-qish davrida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanilishi ustidan nazoratni hamda iste’molchilar tomonidan limit intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash‎

doimo‎

“O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zdavenergonazorat” agentligi‎

20.‎

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini oldindagi 2003/2004-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bilan bog‘liq masalalarni keng yoritish‎

doimo‎

“O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi‎

21.‎

Obyektlarni 2003/2004-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishini hududiy komissiyalarning ko‘rib chiqishi va axborot taqdim etishi‎

har oyning 15-kuni

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‎

22.‎

Respublika komissiyasi tomonidan respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2003/2004-yil kuz-qish davriga tayyorlashning borishi ko‘rib chiqilishi‎

har oyda‎

Yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish departamen�i Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan birgalikda‎