Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIGA NOTARIAL FAOLIYAT BILAN ShUGʻULLANISh HUQUQINI BERUVChI LITSENZIYA BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI HAYʼAT QARORINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 18-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1637-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2010-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-255-son Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 18-19-son, 137-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-avgustdagi 370-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 138-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼatining 2006-yil 8-noyabrdagi 28-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1637, 2006-yil 8-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 45-son, 450-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 18-sentabr,
196-mh-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 38-son, 333-modda)