O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2003 YILDA G‘O‘ZANI PLYoNKA OSTIDA O‘STIRISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Chigitni plyonka ostiga ekkan holda Andijon texnologiyasi bo‘yicha hosil yetishtirish asosida paxtachilik samaradorligini oshirish, shuningdek 2003-yil hosili uchun xo‘jaliklarni polietilen plyonka bilan o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining chigitni plyonka ostiga ekish va 2003-yil hosili uchun xo‘jaliklarni polietilen plyonka bilan ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan taklifi 1-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
2. “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi 2003-yilda chigit ekish uchun polietilen plyonka ishlab chiqaruvchi zavodlarni xomashyo (granulalar) bilan 2-ilovaga muvofiq ta’minlasin.
3. “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi, Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari tayyor polietilen plyonkaning belgilangan sifat standartlariga muvofiq ravishda ishlab chiqarilishini tashkil etsinlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Anduslubpaxta” ilmiy-ishlab chiqarish tijorat markazi bilan birgalikda ularning ishlab chiqarilishiga qarab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga, keyinchalik respublika paxtachilik xo‘jaliklariga yetkazib berish uchun, 1-ilovaga muvofiq hajmlarda o‘z vaqtida yetkazib berilishini ta’minlasinlar.
5. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi granulalar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarga, polietilen plyonka ishlab chiqaruvchi zavodlarga xomashyo (granulalar)ni tashish, shuningdek tayyor mahsulotni paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga yetkazib berish uchun belgilangan tartibda temir yo‘l vagonlari uzluksiz berilishini ta’minlasin.
6. Quyidagilar:
Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksi 2003-yilda chigit ekish uchun polietilen plyonka ishlab chiqaruvchi zavodlarga xomashyo (granulalar) sotishda;
“Jizzaxplastmassa” aksiyadorlik jamiyati, “Andijonpolietileni” qo‘shma korxonasi va “Beshariq” korxonasi paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga 1-ilovaga muvofiq tayyor polietilen plyonkasi sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan istisno tariqasida ozod etilsin.
7. “O‘zagromashservis” uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi mashina-traktor parklari va xo‘jaliklardagi plyonka ostida chigit ekish uchun mavjud maxsus chigit ekish seyalkalari va moslamalarini va ularning texnik holatini o‘n kun muddatda xatlovdan o‘tkazsinlar va 2003-yil 20-fevralgacha ularni ishga to‘liq tayyorlab qo‘ysinlar.
“O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining buyurtmanomasiga binoan yetishmayotgan seyalkalarning 2003-yil 15-fevralgacha ishlab chiqarilishini va ularning xo‘jaliklarga yetkazib berilishini ta’minlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 24-yanvar,
44-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-yanvardagi 44-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2003-yil hosili uchun chigitni plyonka ostiga ekish va paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarni polietilen plyonka bilan ta’minlash bo‘yicha
TOPShIRIQ
|
tonn | |||||
| Ekin maydoni, ming ga | Polietilen plyonkaga ehtiyoj, 1 gektarga 57 kg hisobidan | “Andijon-polietileni” QKda | “Jizzax-plastmassa” AJda | “Beshariq” korxonasida | |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 5 | 285 | — | 285 | |
| viloyatlar: | | | | | |
| Andijon | 104,2 | 5939 | 5939 | — | |
| Buxoro | 15 | 855 | — | 855 | |
| Jizzax | 11 | 627 | — | 627 | |
| Qashqadaryo | 20 | 1140 | — | 1140 | |
| Navoiy | 2 | 114 | — | 114 | |
| Namangan | 37,8 | 2155 | 1856 | 299 | |
| Samarqand | 20 | 1140 | — | 1140 | |
| Surxondaryo | 10 | 570 | — | 570 | |
| Sirdaryo | 6 | 342 | — | 342 | |
| Toshkent | 24 | 1368 | — | 1368 | |
| Farg‘ona | 45 | 2565 | | 1891 | 674 |
| Xorazm | 20 | 1140 | — | 1140 | |
| JAMI: | 320 | 18240 | 7795 | 9771 | 674 |
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-yanvardagi 44-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Polietilen plyonka ishlab chiqarish uchun xomashyo (granulalar) bilan ta’minlash
JADVALI
|
tonna | ||||
| Oylar |
Jami |
shu jumladan zavodlar bo‘yicha: | ||
| “Andijon-polietileni” QK | “Jizzaxplastmassa” AJ | “Beshariq” korxonasi | ||
| yanvar | 3962,8 | 1895,9 | 1886,5 | 180,4 |
| fevral | 3962,8 | 1895,9 | 1886,5 | 180,4 |
| hammasi | 7925,6 | 3791,8 | 3773,0 | 360,8 |