Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.02.2002 yildagi 72-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLASh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikamizda barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, iste’dodli yoshlarning milliy istiqlol g‘oyalari va madaniy-ma’naviy qadriyatlarni hayotga tatbiq etishdagi ibratli faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1999-yil 10-iyundagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflariga binoan, a’lo xulqi, zukkoligi, izlanuvchan va tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari bilan noyob iste’dodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, san’at, fan va ta’lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning iqtidorli qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlansin (taqdirlanganlar ro‘yxati ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 Mart xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanada sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “O‘zteleradio” kompaniyasi (A.Ko‘chimov) hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (M.Hazratqulov)ga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D.G‘ulomova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 28-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 28-fevraldagi 72-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Artikova Anifa Kalilayevna‎ —‎‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi tasviriy va amaliy san’at litseyining 9-sinf o‘quvchisi‎
Dadaxo‘jayeva Nilufar Rafuqjanovna‎ —‎‎ Andijon viloyati Andijon shahridagi Biznes-maktabning 3-kurs talabasi‎
Xamroyeva Orzigul Jalolovna‎ —‎‎ Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 5-o‘rta maktabning 9-sinf o‘quvchisi‎
Mo‘minova Shohida Yoqubovna‎ —‎‎ Jizzax viloyati Jizzax shahar tibbiyot kollejining 1-kurs talabasi‎
Raxmonova Shahnoza Muxitdinovna‎ —‎‎ Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidagi 4-maktabning 9-sinf o‘quvchisi‎
Temirova Muhabbat Temirovna‎ —‎‎ Navoiy davlat konchilik institutining 4-kurs talabasi‎
Ulug‘xo‘jayeva Muqaddasxon Naimxonovna‎ —‎‎ Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 42-o‘rta maktabning 9-sinf o‘quvchisi‎
Ulashova Mamlakat Ahmadovna‎ —‎‎ Samarqand viloyati Madaniyat kollejining 1-kurs talabasi‎
G‘aybiyeva Malika Movlonovna‎ —‎‎ Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi 2-o‘rta maktabning 7-sinf o‘quvchisi‎
Xolmirzayeva Manzura Abdumuratovna‎ —‎‎ Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 2-o‘rta maktabning 9-sinf o‘quvchisi‎
Umarova Mastura Mo‘ydinboyevna‎ —‎‎ Toshkent davlat agrar universitetining aspiranti‎
O‘sarova Nafosat Xomidovna‎ —‎‎ Farg‘ona davlat universitetining 3-kurs talabasi‎
Ro‘zmetova Mo‘’tabar Qurbonbayevna‎ —‎‎ Xorazm viloyati Xazorasp tumanidagi pedagogika kasb-hunar kollejining 1-kurs talabasi‎
Berdiyeva Dilorom Bobomurodovna‎ —‎ 1-Toshkent davlat tibbiyot institutining 7-kurs talabasi‎