Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
BIRJA SAVDOLARIDA ShIFER SOTISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 16-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1679-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 26-avgustdagi 370-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1679-3, 26.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-oktabrdagi 222-sonli “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 5-fevraldagi 57-sonli qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2007-yil, 43-son, 429-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulkini boshqarish Davlat qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish Davlat qoʻmitasining 2007-yil 9-apreldagi 24, 51, 01/OʻzRTXB-18/10-sonli qarori bilan tasdiqlangan Birja savdolarida shifer sotish tartibi haqidagi nizomga (roʻyxat raqami 1679, 2007-yil 8-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 19-20-son, 206-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
23-banddagi “2” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
29-banddagi “2 foiz” soʻzi “10 foizigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzqurilishmateriallari” Aksiyadorlik kompaniyasi va “OʻzRMXB” OAJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-sentabr,
98-son
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-sentabr,
74-son
Davlat mulki qoʻmitasi raisi v.b. A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-sentabr,
01/19-18/07-son
Kelishilgan:
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2010-yil 25-avgust
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi J. ISMOILOV
2010-yil 25-avgust
“Oʻzqurilishmateriallari” AK raisi E. AKRAMOV
2010-yil 25-avgust
“OʻzRMXB” OAJ boshqaruv raisi T. TOʻXTABOYEV
2010-yil 25-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 326-modda)