O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “MAHSULOTLAR, XOM AShYo VA MATERIALLARNING YUQORI LIKVIDLI TURLARINI SOTIShNING BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY ETIShNI DAVOM ETTIRISh TO‘G‘RISIDA” 2004 YIL 5 FEVRALDAGI 57-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Birja savdolarida moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishda shartnoma majburiyatlari bajarilishi uchun javobgarlikni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) 2-bandining yettinchi xatboshidagi “2” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 23-oktabr,
222-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 43-son, 429-modda)