1-ilova
| 1. | To‘laganov K. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisi |
| 2. | Karomatov H. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari |
| 3. | Husniddinov Z. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi (kelishuv asosida) |
| 4. | Husenov S. | — | Buxoro viloyati hokimi, tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari |
| 5. | Shodiyev B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksi bosh mutaxassisi, tashkiliy qo‘mita mas’ul kotibi |
| 6. | Abdullayev Sh. | — | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari |
| 7. | Azimboyev T. | — | “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni raisining o‘rinbosari |
| 8. | Baratov F. | — | O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirining o‘rinbosari |
| 9. | Bahromov A. | — | O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy |
| 10. | Zikriyoyev E. | — | “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi raisi |
| 11. | Yo‘ldoshev �. | — | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti |
| 12. | Ko‘chimov A. | — | “O‘zteleradio” kompaniyasi raisi |
| 13. | Minovarov Sh. | — | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi |
| 14. | Munavvarov Z. | — | Imom al-Buxoriy jamg‘armasi raisi |
| 15. | Oripov A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi |
| 16. | Solihov Q. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi |
| 17. | Subanov B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari |
| 18. | Tyan V.N. | — | “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori |
| 19. | To‘xtayev A. | — | Davarxitektqurilish qo‘mitasi raisi |
| 20. | Shog‘ulomov R. | — | O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori |
| 21. | Qurbonov B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri |
| 22. | Qudratov T. | — | G‘ijduvon tumani hokimi |
| 23. | Qo‘ziyev T. | — | O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
| 24. | Hazratqulov M. | — | O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
2-ilova
| № |
Bajariladigan ishlar |
Bajarish muddati |
Bajarish uchun mas’ullar |
| 1. Qurilish ishlari | |||
| 1. |
Abduxoliq G‘ijduvoniy majmuasini qayta ta’mirlash, obodonlashtirish, uning xiyobonini barpo etish |
2003-yil sentyabr |
Madaniyat ishlari vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya |
| 2. |
Bahovuddin Naqshbandiy majmuasini yangi loyiha asosida qayta ta’mirlash, hududini va qabristonni obodonlashtirish |
2003-yil, sentyabr | Buxoro viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi |
| 3. |
Abduxoliq G‘ijduvoniy shogirdlari (So‘fi Cho‘yan, Xo‘ja Langar) ziyoratgohlarini ta’mirlash va obodonlashtirish |
2003-yil avgust | O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Buxoro viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi |
| 4. |
Abduxoliq G‘ijduvoniy majmuasi hududidagi avariya holatidagi maktabni boshqa joyga ko‘chirib, yangi maktab binosini qurish va uning o‘rnida xiyobon barpo etish |
2003-yil avgust | Buxoro viloyati hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi |
| 5. |
G‘ijduvon paxta tozalash hissadorlik jamiyatini shahar tashqarisiga ko‘chirish |
2003-yil avgust | “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, Buxoro viloyati hokimligi |
| 6. |
G‘ijduvon paxta tozalash hissadorlik jamiyatining o‘rnida dehqon bozorini qurish |
2003-yil avgust | Buxoro viloyati hokimligi |
| 7. |
Buxoro o‘lkashunoslik muzeyi qurish va uning ekspozitsiyasini yaratish |
2003-yil sentyabr | Buxoro viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi |
| 8. |
Buxoro aeroportidan yubiley tadbirlari o‘tadigan G‘ijduvon shahrigacha bo‘lgan masofada M-37, A-380 yo‘lida qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish |
2003-yil sentyabr | Buxoro viloyati hokimligi, “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni |
| 9. |
Buxoro shahridagi yangi barpo etilayotgan xalqaro aerovokzal qurilishini tugallash |
2003-yil avgust | “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi |
| 2.Xalqaro tadbirlar | |||
| 1. |
“Abduxoliq G‘ijduvoniy va tasavvuf” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish |
2003-yil oktyabr | Fanlar akademiyasi, Buxoro viloyati hokimligi, Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi |
| 3. Nashr ishlari | |||
| 1. |
Abduxoliq G‘ijduvoniy qalamiga mansub hamda uning to‘g‘risida yozilgan arab va fors tillaridagi asarlar ro‘yxatini tuzish, ularni o‘zbek tiliga tarjima qilib chop etish |
2003-yil sentyabr | Fanlar akademiyasi, Matbuot va axborot agentligi, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi, Toshkent islom universiteti, Din ishlari qo‘mitasi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi |
| 2. |
Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligiga bag‘ishlangan pochta markasi, xat jildlari, plakat va albomlar, esdalik sovg‘alari, taqvim va shu kabilarni ishlab chiqarish |
2003-yil avgust | “O‘zbekyengilsanoat” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni, “O‘zbeksavdo” kompaniyasi |
| 3. |
“Abduxoliq G‘ijduvoniy va tasavvuf” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tezislarini nashrga tayyorlash |
2003-yil avgust | Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi |
| 4. |
Abduxoliq G‘ijduvoniy hayoti va faoliyati haqida ilmiy-ommabop asarlar yaratish |
| Fanlar akademiyasi, Matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni |
| 4. Ommaviy-ma’rifiy tadbirlar | |||
| 1. |
Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yilligiga bag‘ishlab “Orifona suhbatlar”, “Naqshbandiya hikmatlari” va “Tasavvuf” mavzuida maxsus teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uyushtirish |
2003-yil avgust —oktyabr | Matbuot va axborot agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Toshkent islom universitetining “Ziyo” studiyasi |
| 2. |
Abduxoliq G‘ijduvoniyning insonni halollik, poklik, ma’naviy komillik, mehnatsevarlik va adolatparvarlikka undovchi hikmatlari asosida ijtimoiy reklama roliklarini tayyorlash hamda televideniye orqali namoyish etib borish |
2003-yil davomida | “O‘zteleradio” kompaniyasi, Toshkent islom universitetining “Ziyo” studiyasi |
| 3. |
Abduxoliq G‘ijduvoniy hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi ilmiy-ommabop, hujjatli filmlar yaratish |
2003-yil sentyabr | “O‘zbekkino” kompaniyasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi, Toshkent islom universitetining “Ziyo” studiyasi |
| 4. |
Abduxoliq G‘ijduvoniy yashagan davr tarixi va madaniyatini o‘rganish hamda bu davr to‘g‘risida yangi ilmiy ma’lumotlar to‘plash maqsadida G‘ijduvon va G‘ishti qo‘rg‘onlarida arxeologik qazilma ishlarini olib borish |
2003 �il davomida | Fanlar akademiyasi arxeologiya instituti, Madaniyat ishlari vazirligi |