O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2002 YIL BOShOQLI DON EKINLARI HOSILINI YIG‘IShTIRIB OLIShGA DOIR TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Boshoqli don ekinlari hosili o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olinishini hamda davlat resurslari uchun don sotish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Don hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olishni tashkil etish va amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi va uning mashina-traktor parklari hududiy birlashmalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, “O‘zagromashservis” uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
joriy yilning 15-mayigacha don o‘rish kombaynlari, don tashuvchi transport vositalari tayyorlanishini hamda ularning “O‘zdavtexnazorat” va Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi inspektorlarining dalolatnomalari bo‘yicha komissiya orqali qabul qilib olinishini, shuningdek xo‘jaliklardagi don xirmonlari tayyorlanishini tugallasinlar, donni qabul qilish maydonchalarini, don tozalash qurilmalari va boshqa donni dastlabki qayta ishlash vositalarini tuzatsinlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha kombaynlarning, shu jumladan yuqori unumli “Keys” va “Klaas”, “Nyu-Xolland” kombaynlari hosil o‘rim-yig‘imida 1-ilovaga muvofiq miqdorda qatnashishini ta’minlasinlar;
hamma joyda kombaynlarning guruh bo‘lib ishlashini tashkil etsinlar, har bir guruhga transport, texnik xizmat ko‘rsatish va yonilg‘i quyish vositalarini biriktirsinlar. Don yetilishi muddatlari hisobga olingan holda guruhlarning harakat qilish yo‘nalishlari ishlab chiqilsin;
texnikaning ishga yaroqli holda bo‘lishini ta’minlash uchun ehtiyot qismlar va tuzatish materiallarining zarur zaxirasini yaratsinlar;
don yanchib olinishi va uning kirim qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash uchun hosil ekspert baholanishini hamda har bir dala bo‘yicha tegishli dalolatnomalar tuzilishini boshoqli don ekinlarini yig‘ishtirib olish boshlangungacha tugallasinlar. Don hosildorligining prognoz va amaldagi ko‘rsatkichlari o‘rtasida asoslanmagan farq paydo bo‘lgan taqdirda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish chora-tadbirlari ko‘rilsin;
don xo‘jaliklar tomonidan albatta dastlab tozalangan, iflosligi va namligi standart normativlardan ortiq bo‘lmagan holda tayyorlov punktlariga yetkazib berilishini ta’minlasinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda operatorlar, transport vositalari haydovchilari va o‘rim-yig‘imda, donni tozalash va tashishda, texnikaga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan boshqa xodimlar mehnatiga ish unumiga va hosil o‘rim-yig‘imi sifatiga qarab haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqsinlar va xo‘jaliklarga yetkazsinlar;
mehnatga mahsulot bilan haq to‘lash hisobiga don berishni faqat “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi don qabul qilish korxonalariga don sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilgandan, urug‘lik fondi g‘amlangandan va mahsulot kirim qilingandan keyin amalga oshirsinlar.
3. “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi:
oziq-ovqatbop donning davlat zaxirasini 2002-yilga tasdiqlangan don balansiga qat’iy muvofiq miqdorda yangilasin, uning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-maydagi 209-33-son qarorida belgilangan don mahsulotlari korxonalarida alohida saqlanishini ta’minlasin;
elevatorlar va omborlar, shuningdek don mahsulotlari fumigantlar bilan o‘z vaqtida zararsizlantirilishini ta’minlasin.
4. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi va “O‘zagromashservis” uyushmasi kombaynlarga va boshqa texnikaga xizmat ko‘rsatishda amaliy yordam berish uchun donni yig‘ishtirib olish davrida 2-ilovaga muvofiq korxonalarni yirik don yetishtiruvchi tumanlarga shartnoma asosida biriktirib qo‘ysinlar.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi:
donning kombaynlardan xirmongacha va don qabul qilish punktlarigacha tashishning topshiriqda belgilangan hajmlari bajarilishini ta’minlaydigan miqdorda 3-ilovaga muvofiq donni tashish uchun yuk avtomobillari, tirkamali transport traktorlari qo‘yilishini ta’minlasinlar;
zarurat bo‘lganda don tashishga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning avtotransportini shartnoma asosida jalb etsinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, xo‘jaliklar tomonidan donni don qabul qilish punktlariga tashish bo‘yicha transport xarajatlari “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi tomonidan to‘lanadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zdavdoninspeksiya”, “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda xo‘jaliklarning o‘zlari yetishtirgan hosildan Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 14-sentabrdagi 373-son qarorida belgilangan miqdorlarda urug‘lik g‘amlashini tashkil etsin hamda urug‘lik tayyorlash sifati ustidan kundalik nazorat o‘rnatsin.
7. 2002-yil boshoqli don ekinlari hosilini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olish ishlarini tashkil etish uchun 4-ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi komissiya tuzilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyat hokimlari rahbarligida respublikaning barcha mintaqalarida shunday komissiyalar tashkil etilsin.
Ishchi komissiya (I.H. Jo‘rabekov):
boshoqli don ekinlari hosili uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olinishi ishlarining bajarilishini muntazam o‘rganib borsin;
Ishchi komissiya majlislarida hududiy shtablar, respublika vazirliklari va idoralari rahbarlarining hosilni uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olish bo‘yicha ular tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitishni amaliyotga kiritsin.
8. 2002-yilda boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olish davrida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlar kelib chiqishining oldini olish hamda donning talon-toroj qilinishi va nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi joriy yilning 1-iyunidan boshlab Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining tinglovchilari va kursantlaridan 2200 kishini 5-ilovaga muvofiq viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari ixtiyoriga yuborsin;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmanomalari bo‘yicha tinglovchilar va kursantlarni vaqtincha bo‘lish joyiga olib borish hamda hosil yig‘ishtirib olingandan keyin ularni qaytarib olib kelish uchun zarur miqdordagi transport vositalari ajratilishini ta’minlasinlar. Tinglovchilar va kursantlarni tashish bilan bog‘liq transport xarajatlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi hisobidan qoplanadi;
Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hokimliklari tinglovchilar va kursantlarni vaqtincha yashash joylari, oziq-ovqat, ularni tashish uchun transport va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlasinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda donni o‘rib-yig‘ib olish joylarida, don xirmonlarida va donni qabul qilib olish punktlarida kecha-kunduz ishlaydigan nazorat postlari tashkil qilsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi yuborilayotgan tinglovchilar va kursantlarga tibbiy xizmat ko‘rsatilishini, ular yashayotgan joylardagi sanitariya holati kundalik nazorat qilinishini ta’minlasin. “Dori-darmon” davlat-aksiyadorlik jamiyati Ichki ishlar vazirligiga sotish uchun zarur miqdorda dori-darmonlar va boshqa davolash vositalari ajratsin.
9. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi hosilni yig‘ishtirib olish davrida xo‘jaliklarga, mashina-traktor parklariga va hosilni yig‘ishtirib olish va tashish bilan band bo‘lgan boshqa tashkilotlarga yonilg‘i-moylash materiallari belgilangan limitlar bo‘yicha uzluksiz berilishini ta’minlasinlar, “Keys”, “Klaas” va “Nyu-Xolland” kompaniyalarida ishlab chiqarilgan kombaynlar va traktorlar uchun moy yetkazib berilishiga alohida e’tiborni qaratsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi:
2002-yil don hosili uchun hisob-kitob qilish uchun mablag‘ ajratishda hosilni yig‘ishtirib olish uchun respublikaning boshqa mintaqalaridan jalb qilingan “Keys” va “Klass” kombaynlari xizmati, don tashish bo‘yicha avtotransport xizmatlari, shuningdek “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi, “O‘zagromashservis” uyushmasi va donni o‘rib-yig‘ib olish mavsumiga texnik yordam ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlarning korxonalari xizmatlari uchun haq to‘lash xarajatlarini nazarda tutsin;
“O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi bilan birgalikda topshirilgan don uchun xo‘jaliklar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishini ta’minlasin.
11. “Paxta-bank”, “G‘alla-bank” va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklariga xo‘jaliklar va mashina-traktor parklari, avtoxo‘jaliklarning don o‘rish-yig‘ish mavsumi qatnashchilariga har 5 kunda ish haqi to‘lash uchun naqd pulga bo‘lgan ehtiyojini Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan mablag‘lar hisobiga to‘liq hajmda ta’minlash tavsiya qilinsin.
12. Don tashishni amalga oshiruvchi temir yo‘l va avtomobil transporti xizmatlari uchun o‘z vaqtida hisob-kitob qilishni ta’minlash maqsadida 2002-yil don hosilini tashish davri uchun joriy yilning 1-noyabrigacha “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi tizimi korxonalari uchun, transport xarajatlarini hisobga olgan holda bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq dolzarb ehtiyojlarga pul tushumidan ajratmalar stavkasi, istisno tariqasida, 15 foizgacha miqdorda belgilansin.
13. “O‘zagromashservis” uyushmasi korxonalari qishloq xo‘jaligi texnikasini boshoqli don ekinlari hosilini yig‘ishtirib olishga tayyorlash uchun ta’mirlash materiallari olib kelishda bojxona to‘lovlari to‘lashdan 6-ilovaga muvofiq (bojxonada rasmiylashtirilganlik yig‘imlaridan tashqari), shuningdek ularni ta’mirlash korxonalari va mashina-traktor parklariga sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi xo‘jaliklar tomonidan don yetishtirish va uni sotish to‘g‘risidagi statistika hisobotlarining to‘g‘riligini don qabul qilib olish korxonalari darajasida muntazam ravishda tekshirib borsin, aniqlangan buzilishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga darhol axborot bersin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 23-aprel,
136-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-apreldagi 136-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2002-yilda boshoqli don ekinlari hosili o‘rim-yig‘imida g‘alla kombaynlarining qatnashishi
| | | | |
(dona) |
| |
G‘alla kombaynlari, jami |
shu jumladan, “Keys”, “Klaas”, “Nyu-Xolland” kombaynlari |
ulardan: | |
|
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-apreldagi 112-son qaroriga muvofiq olib kelinadigani |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan jalb etiladigani | |||
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | | | ||
|
58 |
58 | | | |
| Viloyatlar: | | | | |
| Andijon | 327 | 146 | 12 | |
| Buxoro | 193 | 98 | 10 | |
| Jizzax | 487 | 215 | 10 | 25 |
| Qashqadaryo | 960 | 246 | 12 | 25 |
| Navoiy | 112 | 44 | 2 | |
| Namangan | 355 | 103 | 10 | 5 |
| Samarqand | 448 | 190 | 10 | 25 |
| Surxondaryo | 400 | 164 | 5 | 25 |
| Sirdaryo | 230 | 171 | 5 | 27 |
| Toshkent | 476 | 185 | 12 | 13 |
| Farg‘ona | 395 | 148 | 12 | 10 |
| Xorazm | 68 | 68 | | |
|
Hammasi: |
4509 | 1836 | 100 | 155 |
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-apreldagi 136-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
2002-yil don hosilini o‘rib-yig‘ib olish davrida “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi va “O‘zagromashservis” uyushmasi korxonalarini don ekuvchi yirik tumanlarga biriktirib qo‘yish
|
Tumanlar |
Korxonalar |
|
Jizzax viloyati | |
| Baxmal | “Toshkent agregat zavodi” OAJ |
| Zomin | “Toshkent traktor zavodi” DAB |
| Yangiobod | Jizzax shahridagi “Ta’mirlash zavodi” AJ |
| G‘allaorol | “Chirchiqqishloqmash” OAJ |
|
Qashqadaryo viloyati | |
| G‘uzor | “Toshqishloqmash” OAJ |
| Koson | “Qarshi ta’mirlash zavodi” AJ |
| Qamashi | “Gidravlika” AJ |
| Chiroqchi | “Uskunaquruvchi” AJ |
| Yakkabog‘ | “Kimyoqishloqmash” OAJ |
|
Navoiy viloyati | |
| Nurota | Navoiy kon-metallurgiya kombinatining “Ta’mirlash-mexanika zavodi” AJ |
|
Samarqand viloyati | |
| Bulung‘ur | Samarqand shahridagi “Ta’mirlash zavodi” AJ |
| Nurobod | “Qug‘ayta’mirlash” AJ |
|
Surxondaryo viloyati | |
| Boysun | “Termiz ta’mirlash mexanika zavodi” AJ |
| Denov | “Denov ta’mirlash mexanika zavodi” AJ |
| Sherobod | “Sho‘rchi ta’mirlash zavodi” AJ |
|
Sirdaryo viloyati | |
| Oqoltin | “O‘zbekqishloqmash” OAJ |
|
Toshkent viloyati | |
| Ohangaron | “Tosh OR” AJ |
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-apreldagi 136-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
2002-yilgi boshoqli don ekinlari hosilini tashish uchun jalb qilinadigan transport vositalari soni
| | | | | | | | |
(dona) |
| Jami | Shu jumladan: | Ulardan: | ||||||
| avtomobillar | tirkamali traktorlar | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi xo‘jaliklari va korxonalari | Umumiy foydalanishdagi avtokorxonalar (avtomobillar) | “O‘zagromashservis” uyushmasi (avtomobillar) | boshqa tashkilotlar (avtomobillari) | |||
| avtomobillar | tirkamali traktorlar | |||||||
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | | | | | | | | |
|
298 |
98 | 200 | 80 | 200 | | 18 | ||
| viloyatlar: | | | | | | | | |
| Andijon | 2385 | 1285 | 1100 | 650 | 1100 | 220 | 165 | 250 |
| Buxoro | 1803 | 1163 | 640 | 490 | 640 | 230 | 93 | 350 |
| Jizzax | 1421 | 921 | 500 | 320 | 500 | 425 | 56 | 120 |
| Qashqadaryo | 3671 | 1371 | 2300 | 920 | 2300 | 320 | 81 | 50 |
| Navoiy | 742 | 442 | 300 | 160 | 300 | 155 | 62 | 65 |
| Namangan | 2783 | 1283 | 1500 | 600 | 1500 | 100 | 143 | 440 |
| Samarqand | 2587 | 1787 | 800 | 1410 | 800 | 280 | 97 | |
| Surxondaryo | 2731 | 1731 | 1000 | 1400 | 1000 | 150 | 106 | 75 |
| Sirdaryo | 1473 | 873 | 600 | 300 | 600 | 300 | 43 | 230 |
| Toshkent | 1859 | 849 | 1010 | 560 | 1010 | 150 | 124 | 15 |
| Farg‘ona | 2357 | 1557 | 800 | 1075 | 800 | 250 | 132 | 100 |
| Xorazm | 1646 | 296 | 1350 | 270 | 1350 | | 26 | |
|
Jami |
25756 | 13656 | 12100 | 8235 | 12100 | 2580 | 1146 | 1695 |
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-apreldagi 136-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
2002-yil boshoqli don ekinlari hosilini o‘rib-yig‘ib olishni uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha Ishchi komissiya
TARKIBI
| Jo‘rabekov I.H. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Ishchi komissiya rahbari |
| Yusupov N.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Ishchi komissiya rahbarining o‘rinbosari |
| Qalibekov I.J. | — | Vazirlar Mahkamasi Agrosanoat kompleksi kotibiyatining mudiri |
| Nurmurodov M.B. | — | Moliya vaziri |
| Mullajonov F.M. | — | Markaziy bank raisi |
| Polvon-zoda A.A. | — | Adliya vaziri |
| Parpiyev B.R. | — | Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari |
| Bobojonov P. | — | Bosh prokuror o‘rinbosari |
| Begaliyev S.B. | — | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari |
| Salimov A.H. | — | Makroiqtisodiyot va statistika vazirining o‘rinbosari |
| Najmiddinov I.H. | — | “O‘zdonmahsulot” korporatsiyasi raisi |
| Mutalov H.N. | — | “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi raisi |
| Nishonov Sh.N. | — | “O‘zagromashservis” uyushmasi raisi |
| Bobomirzayev A.B. | — | Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi raisi |
| Zohidov R.Q. | — | “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi raisi |
| Hasanov U.X. | — | “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi boshqaruvi raisi |
| Ahmedov A.A. | — | “O‘zneftmahsulot” kompaniyasi bosh direktori |
| Saydahmedov Sh.M. | — | “O‘zneftniqaytaishlash” kompaniyasi raisi |
| Axmetov A.A. | — | “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari |
| Matchonov R.D. | — | “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi boshqaruvi raisi |
| Ayupov A.M. | — | “O‘zmevasabzavotu�umsanoat-xolding” kompaniyasi boshqaruvi raisi |
| Yusupov F.A. | — | “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” kompaniyasi boshqaruvi raisi |
| Zufarov R.E. | — | “O‘zdoninspeksiya” boshlig‘i |
| Toshmatov Q.F. | — | “Paxta-bank” boshqaruvi raisi |
| O‘rinboyev I.I. | — | “G‘alla-bank” boshqaruvi raisi |
| Abdullayev S.S. | — | Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi direktori |
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-apreldagi 136-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
2002-yil boshoqli don ekinlari hosili o‘rim-yig‘imiga jalb etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ta’lim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari
TAQSIMOTI
| T/r |
Ichki ishlar boshqarmalari ixtiyoriga |
Ta’lim muassasasining nomi |
Soni |
| 1. | Qashqadaryo viloyati | IIV Akademiyasi | 600 |
| 2. | Surxondaryo viloyati | IIV Akademiyasi | 400 |
| 3. | Samarqand viloyati | IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti | 200 |
| 4. | Sirdaryo viloyati | IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti | 300 |
| 5. | Toshkent viloyati | IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti | 300 |
| 6. | Jizzax viloyati | IIV Yong‘inga qarshi xavfsizlik oliy maktabi | 400 |
| | Hammasi | | 2200 |
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-apreldagi 136-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
2002-yilda boshoqli don ekinlari hosili o‘rim-yig‘imiga qishloq xo‘jaligi texnikasini tayyorlash uchun keltiriladigan ta’mirlash materiallari
RO‘YXATI
| T/r |
Ta’mirlash materiallarining nomi |
Miqdori (tonna) |
| 1. | Quyuv koksi (GOST 3340-86) | 400 |
| 2. | Maxsus konstruksiyali metallar | 500 |
| 3. | Payvandlash elektrodlari (ANO-4) | 480 |
| 4. | Eritish simlari | 130 |