Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.09.2001 yildagi 368-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAVLAT BELGISI DAVLAT IShLAB ChIQARISh BIRLAShMASINING TOShKENT QOG‘OZ FABRIKASIDAGI QOG‘OZ TAYYORLASh MAShINASINI QAYTA TA’MIRLASh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot ishlab chiqarish, eksport hajmlarining yanada barqaror o‘sishini ta’minlash va maxsus himoyalangan qog‘ozning yangi turlarini joriy etish, shuningdek mavjud qog‘oz tayyorlash ishlab chiqarishlarini zamonaviylashtirish hamda texnologik jihatdan yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Davlat Belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasining Toshkent qog‘oz fabrikasida ishlab turgan qog‘oz tayyorlash mashinasini 2003-yilda foydalanishga topshirgan holda 1-ilovaga* muvofiq qayta ta’mirlash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Davlat Belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasiga “Bumajnaya Fabrika Luizental GmbX” (Germaniya) firmasi bilan ishlab turgan qog‘oz tayyorlash mashinasini qayta ta’mirlash uchun asbob-uskunalar yetkazib berish va montaj qilish yuzasidan umumiy qiymati 4,5 mln yevroga teng bo‘lgan kontrakt tuzishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mazkur kontraktni belgilangan tartibda ekspertizadan va ro‘yxatdan o‘tkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, loyihani mablag‘ bilan ta’minlash quyidagi tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3825 ming yevro miqdoridagi kontrakt qiymatining 85 foizi kredit mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalash yo‘li bilan “Germes” jamiyatining sug‘urta kafolati ostida “Bankgezelshaft Berlin AG” bankining krediti hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
675 ming yevro miqdoridagi kontrakt qiymatining 15 foizi kredit mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalash yo‘li bilan “Bankgezelshaft Berlin AG” bankining krediti hisobiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy qarzni, foizlar va mazkur loyihani amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy kreditlar bo‘yicha boshqa moliyaviy xarajatlarni qoplash 2-ilovaga* muvofiq “Davlat Belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moliya vaziri mazkur loyiha doirasida jalb etiladigan kreditlar yuzasidan “Bankgezelshaft Berlin AG” bankiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining majburiyatlari bo‘yicha va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Davlat Belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasining majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan kafolat berishga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining “Bankgezelshaft Berlin AG” bankiga kafolati yuzasidan yuridik xulosani kredit bitimiga ilovada nazarda tutilgan shakl bo‘yicha belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Davlat Belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi mazkur loyihani amalga oshirish doirasida olib kelinadigan moddiy resurslar, asbob-uskunalar, ishlar va xizmatlar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi belgilangan tartibda “Davlat Belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasining Toshkent qog‘oz fabrikasidagi qog‘oz tayyorlash mashinasini qayta ta’mirlash loyihasini O‘zbekiston Respublikasining 2001-2002-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturining Hukumat kafolati ostida xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb etilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 10-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
368-son