Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IShLAB ChIQARILADIGAN ZARGARLIK BUYuMLARI BOʻYIChA AKSIZ SOLIGʻI STAVKASINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA”GI BUYRUGʻINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 2-sentyabrda 1447-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 52-son, 560-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2004-yil 31-dekabrdagi 133-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan zargarlik buyumlari boʻyicha aksiz soligʻi stavkasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2005-yil 31-yanvar, roʻyxat raqami 1447) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 5-6-son, 38-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-avgust,
72-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 307-modda)